• Nazorat savollari
  • 6-ma’ruza: Tarmoqning administrativ boshqaruv tizimining vazifalari va tuzilishi. Reja




    Download 1.99 Mb.
    Sana14.02.2023
    Hajmi1.99 Mb.
    #42166
    Bog'liq
    6-ma’ruza Tarmoqning administrativ boshqaruv tizimining vazifalari va tuzilishi
    1. Anketa (talabalar), 3-mavzu, conference, 12 labaratoriya ishi, Маълумотлар тузилмаси ва алгоритмлар узб, Abduvositaka, Saralash algoritmlari, Akademik yozuv 2 Omonboyev Rashidbek 12, kontakt hodisalar, golosariy, Operatsion tizimlar uz, 1 - lesson (internet), 2-маруза мавзуси Симулятор, dars tahlili, 6666666666666666666666666666666666666

    6-ma’ruza: Tarmoqning administrativ boshqaruv tizimining vazifalari va tuzilishi.
    Reja:

    1. Telekomunikatsiya tarmoqlari boshqaruvi.


    2. TM Forum.
    3. E-TOM prinsiplari va ularni telekomunikatsiya tarmoqlari boshqaruvi va xizmatlarida qo’llash.

    Telekommunikatsiya dunyosi fundamental o’zgarishlarni boshdan o’tkazyapti.


    Bu yangilik emas.
    Dunyoning ko’pgina rivojlangan davlatlariga telekommunikatsion biznesini yuritishning yangi huquqiy va iqtisodiy shakllariga o’tishning telekomunikatsion infratuzilmalarining aytib bo’lmaydigan va nazorat qilib bo’lmaydigan o’sishiga olib keldi. Bu o’sish sifatli bo’lish bilan birga salmoqli hamdir: tezkor templar bilan telekommunikatsion resurslarning umumiy soni ko’payib bormoqda va shu bilan birga, ko’pincha yangi telekommunikatsion texnologiyalar paydo bo’lyapti va rivojlanmoqda.
    Bo’lib o’tgan (yuz bergan) o’zgarishlar tufayli “telekommunikatsion” so’zining ma’nosi biroz o’zgaradi. Bugungi o’sib borayotgan texnologiya sifatiga, zamonaviy etapda o’z ichiga zamonaviy jamiyatga multimediya ma’lumotlarini saqlash, qayta ishlash va almashtirishni ta’minlovchi uzun texnoligik zanjirlarning biri sifatida an’anaviy telekomunikatsiya tuzilmasini kirituvchi “Informatsion texnologiyalar” ko’rsatilmoqda. Yuqorida ko’rsatilgan zanjirning o’ta yuqori darajadagi avtomatizatsiyasini baholash zarur. Hozirgi kunda telekommunikatsion va kompyuter qurilmalari ko’p hollarda maqtovga loyiq tushunchalardir.
    Masalan, zamonaviy SDH multipleksori ma’lumotini qayta ishlovchi, ba’zi intellektual vositalar bilan to‘ldirilgan aloqa vositasi sifatida hamda aniq telekommunikatsion vazifalarni bajarishga moslashtirlgan kompyuter sifatida ham ko‘rish mumkin. Boshqaruvning ma’muriy usuli (telekommunikatsion bozorning mutloq liberalizatsiyasi sifatida)ni tez o‘zgartirish, telekommunikatsion vositalarning intellektualizatsiya va avtomatizatsiyasining sakrovchi jarayonlari, telekommunikatsion provayderlar hayot faoliyatini bir tekisda ushlab turishga qaratilgan organlariga yuklangan vazifalarni bajara olmayotganiga olib keldi. Birinchi navbatda, bu telekommunikatsiya sohasida standartizatsiya bo‘yicha xalqaro organlar va “milliy telekommunikatsion to‘g‘rilovchi” deb atalmish organlarga taalluqlidir.
    U yoki bu telekommunikatsiya bozorlarida faqat yuridik savollarni tashkil etishni bir chekkaga surib, telekommunikatsiya resurslari boshqaruv tizimi va standartizatsiya usullari masalasiga e’tiborimizni qaratamiz. Rasman, telekommunikatsiyalarni boshqarishda standartizatsiya masalalari bilan, beshtacha turli tashkilotlar shug‘ullanadi. Ulardan uchta: ITU, ETSI va ANSI institutlarini alohida qo‘yish mumkin. Rasmiy tashkilotlardan tashqari tizimlarni qurish texnologiyalari va prinsiplarini reglamentlovchi alternative hujjat va kelishuvlarni ishlab chiqish bilan shug’ullanuvchi yana ko‘plab notijorat birlashma va sanoat konsorsiumlari mavjud. TM Forum (TeleManagement Forum)ni alternativ tizimlar qatoriga qo‘shish mumkin. TMN g‘oyasining rivojlanishi uchun TM Forum (TMF) katta hissa TMF qo‘shmoqda. TMFning yangi sanoat standartlari biznes jarayonning joriy qilishiga qaratilgan. Telemanagement Forum yoki TMF-bu asosiy vazifasi tarmoq resurslaridan foyalanish va telekommunikatsion xizmatlar boshqaruvi samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida, amaliy yechimlar qabul qilish va strategik rahbarlikni amalga oshirish, hisoblangan global nodavlat va notijorat tashkilotdir.
    TMF faolligi quyidagi tadqiqot va ishlab chiqishlar bo‘yicha taqsimlanadi:
    • Biznes jarayonlarni modellashtirish va avtomatizatsiyasi:
    • Keying avlod tarmoq texnologiyalari boshqaruvi;
    • Apparat tizimlarining integratsiyasi va amaliy joriy qilinishi;
    • Xizmatlar boshqaruvi;
    • Web bazasida “customer-care” tizimini tashkil qilish;
    • Elektron tijorat boshqaruvi;
    • Xizmat iste’molchilari bilan birgalikda harakatlarni reglamentlash.

    • Shuni ta’kidlash lozimki, TMF telekommunikatsiya boshqaruv masalalari bilan shug‘ulanuvchi alternative tashkilotlar orasida, to‘rt asosiy sabab bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallaydi:
    • TMF boshqa biror tashkilot a’zo bo‘lishi mumkin bo‘lgan notijorat tashkilotdir;
    • TMF hujjatlarini ishlab chiqishda TMFning barcha a’zolarining bevosita ishtirokida, hamda keng jamoat bilan birgalikda amalga oshiriladi;
    • TMFning hujjatlari telekommunikatsion provayderlarning bevosita amaliy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
    • TMF o‘z faoliyatida ratsional ravishda, boshqa tashkilotlar tomonidan ishlangan hujjat va texnologiyalardan foydalanadi. Tashkilotning qolgan barcha faoliyatini belgilovchi TMFning asosiy amaliy hujjati, Telecom Operations Map (TOM) hisoblanadi. (telekommunikatsion operatsiyalar sxemasi).

    Qisman TMForum quyidagi masalalarni bajaradi:
    -Biznes-jarayon doirasida operatsion qo‘llanmalarni ishlab chiqish;
    -Bir biznes operatsiyadan boshqasiga ma’lumot ”jo‘natish” zarurligi haqida kelishuv qabul qilish;
    -Operatsion quvvatlash tizimining birgalikdagi harakatini ta’minlash maqsadida, realistik tizim shartlarini identifikatsiyalash;
    -Bozorni rivojlantirish va real mahsulotlar integratsiyalashni va telekommunikatsion operatsion jarayonlarni avtomatizatsiyalashni ishlab chiqish.
    TMForum a’zolari bo‘lib telekommunikatsion sanoat uchun apparat va dastur ta’minoti yetkazib beruvchilari, tarmoq operatorlari va servis provayderlar hisoblanadi. Operatsion ta’minot tizimining yetkazib beruvchilari va iste’molchilarining mana shunday birgalikda harakati tufayli, TMFmahsulotlari (TM Forum kompaniyalari-a’zolari) va ularnng spetsifikasini (o‘ziga xosligi) qog‘oz shaklida bo‘lishiga olib boruvchi pragmatik natijalarga erishishga loyiqdir.
    TM-Forum faoliyati-CPO operatsiyalar ta’minoti tizimining yangi avlodi (Sistem of Support Operation,OSS) va DT(Software , SW)dastur ta’minoti OSS yangi avlodini (New Generation Sistem of support Operations, NGOSS) o‘z ichiga oladi. 4-qismda ko‘rsatilgan model, TMN konseptual qismining qolganini davom ettirishini namoyish qiladi va shu bilan birga, TMN rivojlantiradi. Ishni davom ettirish, tarmoq elementlari boshqaruv bosqichlarini (“tarmoq elementlari boshqaruvi jarayonlari”), tarmoq boshqaruvi bosqichi (“tarmoq boshqaruvi jarayonlari”) va xizmat ko‘rsatish boshqaruvi bosqichini (xizmat ko‘rsatish va shakllantirish jarayonlari” va abonentlar bilan ishlash jarayonlari”) ajratgan holda, ko‘p bosqichli abstraksiyani boshqarishni taqdim etishdan iborat. Xizmat ko‘rsatish boshqaruvi bosqichini ajratish jarayonlari orasidagi farqni aks ettiradi, ular mijozlarning alohida murojaat natijasida va biror xizmat yoki xizmatlar guruhiga yozilgan mijozlar guruhiga aloqador jarayonlar natijasida harakatga keladi
    Mazkur modelning TMNda reglamentlangan umumiy yondashuvidan asosiy farqi, quyidagilardan iborat;
    TOM-model, provayderda bo‘lib o‘tadigan real jarayonlar bilan yaxshi munosabatda bo‘ladigan jarayonlar to‘plami sifatida, har bir bosqichda boshqaruvchi taqdim etgan holda, faqatgina funksiya yoki funksional to‘plamni e’lon qilmagan holda, boshqaruvga jarayonli yondashuvni namoyish qiladi;
    TOMni ishlab chiqishda, TMNdan farqli o’laroq, “tepadan-pastga” yo’li ishlatiladi (ya’ni, tarmoq boshqaruvi texnologik tarkibiga operatorning biznes extiyojlaridan). TMNda esa, boshqaruvni ko’rib chiqishi, “pastdan-tepaga” prinsipi bo’yicha olib boriladi, ya’ni avval tarmoq elementlari bosqichida boshqarib funksiyalari va texnologiyalari reglamentlanadi, so’ng tarmoq bosqichida va hokazo;
    TOM-modelida alohida bosqich sifatida, telekommunikatsion provayderning zamonaviy ish spetsifikasini ko’rsatuvchi abonentlar (mijozlar) bilan birgalikda ishlash bosqichi ajratilgan;
    Model o’zining ko’rgazmaliligi, oddiy va katta detalizatsiyasi bilan tahsinga loyiq, bu esa, uni TMN taqdim etishi usullaridan ancha farqliligini ko’rsatadi.
    TOMning ramkali modeli, aniq tashkilot, texnologiya yoki xizmatlar mazmuniga bog’liq emas. Shuningdek, u nafaqat joriy sharoitlarni, balki keyingi sharoitlarni ta’riflanishi uchun ishlatilishi mumkin. Tarmoqdagi operatsiyalar boshqaruvi, qiyin ko’p o’lchovli bo’shliqni hosil qiladi. Gb 910-hujjati, o’z jarayonlarini ishlab chiquvchi va joriy qiluvchi aniq servis provayder sifatida, to’ldirilishi kerak bo’lgan, faqat umumiy rama modelini belgilovchi hujjatdir. Har bir xizmatlar provayderi o’z biznes va strategiyalari maqsadiga muvofiq, o’z jarayonlarini belgilaydi va o’zgartirishadi.
    TOM-biznes-jarayon tuzilmasi joyini aniqlaydi va biznes-jarayon boshqalarini qo’llovchi obektlarni identifikatsiyalaydi. Har bir xizmatlar provayderi, TOM-model aniqlovchi jarayonlar tuzilmasini tahlil qilish va ular tomonidan ishlatiladigan biznes-qoida va siyosatini kiritgan holda, har bir jarayonni qanday shakllantirishni ichidan(xizmatlar provayderining o’zi) tushunib yetishi zarur.
    TOM-modelining asosiy qo’llanishi shundan iboratki, telekommunikatsiya doirasida xizmatlar ko’rsatish jarayonlarining oraliq integratsiya va avtomatizatsiyasini amalga oshirish uchun umumiy tuzilmani taqdim etish yetadi. Bu xizmatlar provayderi tomonidan ichki maqsadlarda va tashqi harakatda ishlatilishi mumkin. U yetkazib beruvchilar tomonidan mahsulot ishlab chiqaruvchilarni identifikatsiyalash uchun ishlatilishi mumkin. TOM-o’z protsessor arxitekturasini ko’rish va avtomatizatsiya talablari va ularning interfeyslarini aniqlashni o’z ichiga olgan, o’z jarayonlarini loyixalashtirish va yoki qayta loyihalashtirish imkoniyatini beruvchi, xizmatlar provayderi uchun boshlang’ich nuqtadir.
    Hozirgi vaqtda ba’zi Rossiyalik aloqa operatorlari, biznes-jarayonlar avtomatizatsiyasi masalalalarining qanchalik muhim va aktualligini aniqlagan holda jarayon harakatlanishi shakllanishiga yordam beradigan, biznes yuritishning mavjud modellarini ko‘rishga, (injiniringini amalga oshirishga BPR) yordam beradigan texnologik kartalarni ishlab chiqishni boshlamoqdalar. BPR kompaniyalarga eski fikrlash usullaridan voz kechish (jarayonlar, biznes qoidalar, ish, texnologiya va boshqalarni qo‘llashda) va funksional, hamda tashkiliy cheklovlar chegarasidan chiqish imkonini beradi. Texnologik kartalarni ishlab chiqish- bu boshqaruvning avtomatlashgan tizimining qurilishi va joriy etilishiga qaratilgan birinchi etapdir.
    Tizimli yondashuv nuqtai nazaridan, mijozlarga xizmat ko‘rsatishda zarur bo‘lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirish va reinjiriningini amalga oshirish to‘g‘riroq bo‘lar edi, lekin provayder va operatorlar ASU dasturiy mahsulotining to‘liq tayyor variantlarini sotib olishga tayor emaslar. Shuning ushun TOM model ramkasida ko‘rsatilgan barcha jarayonlar avtomatizatsiyaning bir xil prioritetiga ega emas. shubhasiz, avtomatizatsiyaning ba’zi bosqichi barcha jarayonlarda zarurdir, ammo ushbu jarayonlarning bir qismi bozorda raqobatbardoshlik ta’minoti uchun tanqidiy hisoblanadi. Shuning uchun avtomatizatsiya quyidagi doirada mavjud:
    • Asosiy jarayonlarda tez-tez qaytarish kuzatilganda;
    • Reaksiya tezligiga yuqori talablar mavjudligida;
    • Yuqori sifat talab qilinganda (aniqlik va to‘liqlik).

    6.1-rasm. Telekommunikatsiya sohasi uchun biznes-jarayonlarning ramkali TOM modeli.


    Summada TOM xizmat ko‘rsatish provayderlaridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilarga taqaladi:
    • Ichki va tashqi diskussiyalarni to‘g‘rilash;
    • Biznes jarayonalarni boshqarish uchun ishlab chiqish va reinjiniring;
    • Ehtiyojlar identifikatsiyasi, talablarni ishlab chiqish;
    • Interfeys va information modellar talablarini ishlab chiqish;
    • Interfeyslarni avtomatizatsiyalash haqida sheriklar bilan kelishuvlar yuritish;
    • TOM –model tizimida yetkazib beruvchilar o‘rnini aniqlash.

    • Faqat TOM-yo‘nalishlarning ba’zi kalit provayderlari ishlatilgan va ba’zilari quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
    • Xizmatlar provayderi mijozlar ehtiyojlariga muvofiq keladigan mahsulot va yechimlar yetkazishni, hamda ishlab chiqishni amalga oshirayotganlarini yaxshiroq tushunish;
    • Interfeyslar identifikatsiyasi;
    • Mijozlar muvofiqligi belgilarini aniqlash;
    • Bir tilda mijozlar bilan muloqot qilish.

    Nazorat savollari:

    1. NGOSSning asosiy prinsiplari qanday?


    2. NGOSS qisqartmasini ta’riflang. NGOSS qo‘llanishini tushuntiring.
    3. TOM-modeldan foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini sanab bering.
    4. TOM-modelning TMNdan asosiy farqlarini sanab o‘ting.
    Download 1.99 Mb.




    Download 1.99 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-ma’ruza: Tarmoqning administrativ boshqaruv tizimining vazifalari va tuzilishi. Reja

    Download 1.99 Mb.