• 9-BOB. TOVAR SIYOSATI 9.1. Tovar – ehtiyojni qondirish vositasidir
  • Nazorat va mulohaza uchun savollar




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet89/195
    Sana10.01.2024
    Hajmi3,14 Mb.
    #134246
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   195
    Bog'liq
    1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

     
    Nazorat va mulohaza uchun savollar 
    1. Raqobat deganda nimani tushunasiz? 
    2. Raqobatbardoshlikning mohiyatini tushuntirib bering? 


    185 
    3. Raqobatning qanday turlari mavjud va ularning mazmunini izohlang? 
    4. Qanday raqobat strategiyalari mavjud? 
    5. Kengaytirilgan raqobat konsepsiyasini izohlang? 
    6. Tovarlar raqobatbardoshligini ta‘minlovchi unsurlar nimalardan iborat? 
    7. Mahsulot raqobatbardoshligini ta‘minlovchi unsurlar nimalardan iborat? 
    8. Raqobatning rivojlanishiga ta‘sir omillarni tahlil qiling? 
    9. 
    Raqobatli ustunlik tushunchasiga izoh bering?
    10. O‗zbekiston Respublikasining ―Raqobat‖ to‗g‗risidagi qonunini 
    muhokama qiling? 
     
    Adabiyotlar ro„yxati 
    1. Котлер Ф., Армстронг Г., Вонг В., Сондерс Дж. Основы
    маркетинга.–М.: ООО ―И.Д.Вильямс‖, 2012.- 752 с. 
    2. Котлер Ф., Келлер К.Л. Маркетинг. Менежмент. 14-с издание. -
    СПБ.: 2015. 800 с. 
    3. Беляев В.И. Маркетинг: основы теории и практики: учебник / В.И.
    Беляев. – 4-е изд., перераб. и доп. – М.: КНОРУС, 2010. – 680 с. 
    4. Эргашходжаева Ш.Д. Халқаро рақобат. Ўқув қўлланма. Т.: ТДИУ, 
    2013 й. 252 бет. 
    5. Юсупов М.А., Абдурахмонова М.М. Маркетинг. – Т.: Иқтисодиѐт, 
    2012.-190 б. 
    6. www.gov.uz - O‗zbekiston Respublikasi hukumat portali 
    7. www.stat.uz - O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‗mitasi
     
     


    186 
    9-BOB. TOVAR SIYOSATI 
    9.1. Tovar – ehtiyojni qondirish vositasidir 
     
    Tovar – bu ehtiyojni yoki hohishni qondira oladigan va bozorga e‘tiborni 
    tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste‘mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha 
    narsalardir. Bular fizik ob‘ektlar, xizmatlar, shaxslar, joylar, korxonalar va 
    g‗oyalar bo‗lishi mumkin. 
    Xizmat – bu sotuvga taklif etiladigan, foydalilik yoki ehtiyojlarni qondirish 
    usullari bo‗lib, u har qanday turdagi foydali faoliyatdir. 
    Servis xizmati deganda tovarni sotish va uni ishlatish(foydalanish) davrida 
    ko‗rsatiladigan xizmatlar kompleksi tushuniladi. 
    Ishlab chiqaruvchi tovarni yaratishda, uning uch turli darajasini e‘tiborga 
    olgan holda baholashi kerak. Bu tovarning uch darajali klassik modeli deb 
    nomlanib, AQSH marketologi Filipp Kotler tomonidan tavsiya etilgan. 
    Maqsadli tovar (1-daraja) – bu qandaydir muammoni echish usuli yoki asosiy 
    foyda bo‗lib, shu tufayli iste‘molchi tovarni sotib oladi. 
    Real bajarilgan tovar (2-daraja) – bu maqsadli tovarni sotib olishni 
    foydaliligini belgilovchi sifat darajasi, tavsifnomalar to‗plami, tashqi bezatilishi 
    (dizayni), marka nomi, o‗rash, upakovka qilish va boshqa xususiyatlar 
    yig‗indisidir. 
    Yordamchi kuch berilgan tovar (3-daraja) – bu iste‘molchiga qo‗shimcha 
    xizmatlar va ustunlikni, maqsadli hamda real bajarilgan tovar asosida yaratilishidir. 
    Ammo XX – asrning oxirida marketolog olimlar bu klassik modelga 4 – darajani, 
    ya‘ni tovarni prestijligi, modasi, raqobatchilar tovariga nisbatan ustunligi va 
    boshqa xususiyatlarni qo‗shib to‗liq tovar yoki brend deb nomlashni tavsiya 
    etdilar. 
    Tovarning uch darajali klassik modeli 9.1-rasmda keltirilmoqda. 


    187 

    Download 3,14 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   195




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish