• 9.2. Tovarning raqobatbardoshligini baholash
  • -jadval  Iste‟mol mahsulotlari ishlab chiqarish




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet91/195
    Sana10.01.2024
    Hajmi3,14 Mb.
    #134246
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   195
    Bog'liq
    1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

    9.1-jadval 
    Iste‟mol mahsulotlari ishlab chiqarish
    24
     
    Hududlar 
    2010 
    2011 
    2012 
    2013 
    2014 
    2015 
    2016 
    Qoraqalpog‗iston 
    Respublikasi 
    109,2 
    119,9 
    110,6 
    113,0 
    112,0 
    118,8 
    111,5 
    Viloyatlar: 
    Andijon 
    109,0 
    102,7 
    109,3 
    121,9 
    101,0 
    92,4 
    114,2 
    Buxoro 
    109,0 
    108,7 
    103,6 
    102,8 
    110,9 
    113,4 
    116,8 
    Jizzax 
    118,7 
    117,6 
    110,3 
    114,2 
    113,3 
    113,9 
    116,0 
    Qashqadaryo 
    11,1 
    120,6 
    108,0 
    113,0 
    105,8 
    110,1 
    112,6 
    Navoiy 
    115,1 
    119,3 
    110,5 
    111,1 
    105,1 
    113,7 
    112,0 
    Namangan 
    115,5 
    125,2 
    113,1 
    113,9 
    113,7 
    119,4 
    113,9 
    Samarqand 
    120,5 
    109,2 
    103,1 
    114,3 
    117,3 
    108,2 
    112,1 
    Surxondaryo 
    105,5 
    109,1 
    105,3 
    10,0 
    114,0 
    116,0 
    113,3 
    Sirdaryo 
    107,7 
    141,1 
    106,7 
    110,2 
    110,8 
    108,7 
    117,7 
    Toshkent 
    119,5 
    116,8 
    113,0 
    114,6 
    109,8 
    122,69 
    111,0 
    Farg‗ona 
    110,7 
    109,8 
    101,3 
    109,2 
    107,0 
    113,1 
    109,2 
    Xorazm 
    112,6 
    115,4 
    112,5 
    108,7 
    186,7 
    124,8 
    110,3 
    Toshkent sh, 
    110,0 
    111,7 
    106,1 
    110,7 
    115,5 
    116,9 
    114,3 
    O‗zbekiston 
    Respublikasi 
    112,0 
    111,0 
    107,6 
    114,1 
    109,4 
    109,7 
    112,9 
    Aholi jon boshiga iste‘mol mahsulotlari ishlab chiqarish indeksi Buxoro
    Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpog‗iston Respublikasida o‗sdi. 8 ta hududda ushbu 
    ko‗rsatkich respublika o‗rtacha ko‗rsatkichidan past bo‗ldi. Eng yuqori ko‗rsatkich 
    24
    O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi ma‘lumotlari. 


    192 
    Toshkent 
    shahrida 
    (3,013) 
    kuzatilib, 
    asosan 
    sanoat 
    korxonalarini 
    modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirish hisobiga oshdi. Hududiy iste‘mol 
    bozorining rivojlanishidagi ijobiy siljishlar oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini 
    barqaror rivojlanishini ta‘minlash, shuningdek mahalliy xom-ashyo asosida 
    lokalizatsiya dasturi kabi maqsadli dasturlarni amalga oshirish bilan bog‗liq. 
    Ammo hududlar orasida iste‘mol mahsuloti ishlab chiqarish bo‗yicha yuqori 
    darajadagi hududlararo farqlanish saqlanib qolmoqda. Surxondaryo viloyatida 
    ushbu ko‗rsatkich Navoiy viloyati ko‗rsatkichidan 6 marta kamdir. 
    9.2. Tovarning raqobatbardoshligini baholash 
    Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‗tish sharoitida mamlakatimizni iqtisodiy 
    salohiyatini mustahkamlash va rivojlanishda, dunyo bozorida faol qatnashishda 
    tovarlar sifatini ko‗tarib, ularni raqobatbardosh tovarlarga aylantirish eng dolzarb 
    muammolardan biridir. 
    Har bir xaridor o‗ziga yoqqan tovarni sotib oladi, iste‘molchilar esa raqiblar 
    tovariga nisbatan ko‗proq ijtimoiy ehtiyojlariga mos keluvchilarini tanlashadi. 
    SHuning uchun raqobatbardoshlik (tanlangan bozorda tovarni sotish imkoniyati)ni 
    faqat raqiblar tovarni solishtirish orqali aniqlash mumkin. Raqobatbardoshlik 
    nisbiy tushuncha, aniq bozorga va unga kirish vaqtiga bog‗liqdir. 
    Tovar raqobatbardoshligini o‗rganish murakkab va o‗z ichiga quyidagi 
    bosqichlarni oladi: 
    - tovarni sotish bozorini o‗rganish; 
    - raqiblar haqida ma‘lumotlar yig‗ish; 
    - iste‘molchilar talablarini o‗rganish; 
    - raqobatbardoshligini oshirish bo‗yicha tadbirlar ishlab chiqish; 
    - ishlab chiqarish va bozorga sinov sotishlari bilan chiqish haqidagi qaror. 
    Bu masalalarni hal qilish korxonada tovar raqobatbardoshligi darajasini 
    baholashning uzluksiz tizimini yaratishni talab qiladi. 
    Har qanday tovar bozorga chiqishi bilanok o‗z raqobat qobiliyatini yo‗qota 
    boshlaydi, bu jarayonni sekinlatish mumkin, bu iqtisodiy foyda va oldingi buyum 


    193 
    raqobat qobiliyatini to‗la yo‗qotish paytigacha bozorga yangi tovar bilan chiqish 
    imkoniyatini beradi. 
    Tovar raqobatbardoshligini asosiy sharti quyidagi ko‗rinishga ega bo‗lgan 
    xuddi shunday tovarga nisbatan eng katta yalpi foydali samaradan iborat: 
    K = R / S
    max 
    bu erda: R-tovarning foydali samarasi; 
    S-tovarni xarid qilish va foydalanishga oid xarajatlar (sotib olish xarajatlari); 
    Tovarning raqobatbardoshligini baholash quyidagi bosqichlarni o‗z ichiga 
    oladi: 
    - bozorni tahlil qilib, o‗zimizning tovarimizga o‗xshash namunasini topib 
    olish; 
    - bizning tovar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy ko‗rsatkichlarni 
    belgilash; 
    - o‗zimizning tovarimizdagi integral raqobatbardoshlik xususiyatini aniqlash. 
    Raqobatning asosiy quroli bo‗lib, talabni shakllantirish va sotishni 
    rag‗batlantirish vositalari xizmat qiladi. Asosiy axborotni xaridorlar tovar ishlab 
    chiqaruvchilardan olishadi. Xaridorlarni asosan tovarning iste‘mol qiymati 
    qiziqtiradi. Raqobat asosan quyidagi ko‗rinishlarda bo‗lishi mumkin: tovarlarning 
    xizmatlari bo‗yicha, bir xil ehtiyojni qondirishga qaratilgan raqobat, bir xil tovarni 
    har xil firmalar ishlab chiqarish orqali bo‗ladigan raqobat; yoki bir xil firma 
    tomonidan har xil modifikatsiyada tovar ishlab chiqarish. 
    Hozirgi davrda raqobat o‗ziga xos qiyofa kasb etmokda. Narxlar sohasida 
    raqobat ishlab chiqarishni xarajatlar eng kam bo‗ladigan mamlakatlarda yo‗lga 
    qo‗yishni talab qiladi. 
    Narx bilan raqobat o‗tmishda erkin bozor raqobati bo‗lgan, bozorda bir xil 
    tovarlar har xil narxlar bilan sotilgan davrlarda paydo bo‗lgandi. Ishlab chiqaruvchi 
    narxni pasaytirish bilan o‗z tovarini ajratib ko‗rsatishga, unga e‘tiborni qaratishga 
    va pirovard natijada o‗zi istagan bozor hissasini egallashga erishgan. Hozirgi 
    zamon bozor sharoitlarida narx bilan ochiq raqobat amal qilmaydi, chunki ishlab 


    194 
    chiqaruvchilardan biri narxni pasaytirishi bilan uning raqibi ham shu ishni qiladi, 
    bu esa firmaning bozordagi mavqeini o‗zgartirmaydi, balki, umuman tarmoqdagi 
    foydaning pasayishiga, asosiy fondlarni yangilash va kengaytirish uchun 
    investitsiyalarning kamayishiga olib keladi. Natijada kutilgan yutuq va raqiblarni 
    surib chiqarish o‗rniga kutilmagan sinish yuz beradi. SHu sababli sanoat 
    monopoliyalari narxlarni iloji boricha uzoqroq ushlab turishga, tannarxni hamda 
    marketing xarajatlarini tobora pasaytirib, foydani ko‗paytirishga intiladi. Fan-
    texnika taraqqiyoti yutuqlari tufayli raqobatning narx bilan bog‗liq bo‗lmagan 
    usullaridan foydalanishning qulay sharoitlari yuzaga keldi. 
    Narxsiz raqobatda tovarning narxi emas, balki uning yuqori sifat, past 
    iste‘mol narxi, zamonaviy dizayn, servis xizmati, ishlab chiqargan firma shuxrati 
    raqobat kurashining asosiy omiliga aylanadi. 
    Narxni pasaytirib bozorni egallash strategiyasini o‗rganishda quyidagi 
    savollarga javob topiladi: 
    -boshqa tovarlarni raqobatbardoshligini belgilovchi omillar qaysilar? 
    -raqobatchi-firmalarning reklama vositalari va sotishni rag‗batlantirish 
    usullari qanday? 
    -qaysi savdo belgilari ishlatilmokda? 
    -raqobatchilar tovarlarining o‗ramasi-bezaklari, dizaynida nimalar ko‗zga 
    tashlanmokda? 
    -tovarni kafolatli va undan keyingi ishlatish davrlarida qanday servis taklif 
    qilinmokda? 
    -milliy savdo tarmoqlari orqali tovar sotilmokdami yoki firma o‗z 
    shahobchasini ochganmi? 
    -raqobatchilar qo‗llayotgan tovar harakati (transport, zahiralar hajmi, 
    omborlari va ularning joylanishi. 
    Rossiyalik olim P.S.Zavyalov fikricha «Raqobatbardoshlik deganda, 
    tovarning bozorda xaridorgirligini ta‘minlaydigan iste‘mol va qiymat tavsiflari 
    majmuini, ya‘ni o‗xshash raqobatchi tovarlarni ayirboshlashga taklif katta bo‗lgan 
    sharoitlarda xuddi shu tovarni pulga ayirboshlanish qobiliyatini tushunmok lozim». 


    195 
    Xaridorning xarajatlari ikki qismdan tashkil topadi, uning bir qismini xarid 
    xarajatlari (tovar narxi), ikkinchi qismini uni iste‘mol etish bilan bog‗liq xarajatlar 
    tashkil etadi. 
    Raqobatbardoshlik keng tushuncha bo‗lib, unga ko‗plab omillar ta‘sir etadi. 
    Firmaning raqobatbardoshligi darajasini baholashda tarmoq bozorida raqobat 
    kurashi jadalligini belgilaydigan omillar tahlil uchun asos sifatida xizmat qiladi. Bu 
    omillarga quyidagilar kiradi: 
    1. Raqobatchi firmalar soni, va ularni qiyosiy quvvati; 
    2. Raqiblar harakatlarining diversifikatsiyalashuvi darajasi;
    3. Bozordagi talab hajmini o‗rganish; 
    4. Mahsulotni tabaqalashuvi darajasi; 
    5. Iste‘molchining bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga ko‗chish harakatlari; 
    6. Bozordan chiqib ketish to‘siqlari va ularning darajasi. 
    7. Bozorga kirib kelish va uning darajasi. 
    8. Yondosh tarmoq bozorlaridagi vaziyat. 
    9. Raqiblar strategiyasidagi farqlar. 
    Ushbu bozorda raqobat uchun alohida sabablarning bo‗lishi, raqobat darajasi 
    bozorning alohida bir jalb etuvchanlik yoki aksincha bezdiruvchanlik xususiyatlari 
    bilan ham belgilanadi. 
    J.J.Lamben raqobatli ustunliklarni ikkita keng kategoriyalarga guruhlaydi – 
    tashqi va ichki raqobatli ustunliklar, ya‘ni firma va tovarni raqobatdoshligini 
    tavsiflovchi raqobatli ustunliklardir
    25
    . Tashqi raqobatli afzallik tovarni «bozor 
    kuchini ifodalaydi, ya‘ni u bozorni imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqoriroq 
    sotish narxlarini qabul qilishga majbur qila oladi va mavjud tovarlardan norozi 
    bo‗lgan xaridorlarning istaklarini aniqlash va qondirishdagi afzalliklarga tayanadi. 
    Ichki raqobatli afzallik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, raqobatchidan ko‗ra 
    kamroq tannarxga erishishga imkon beruvchi va ishlab chiqaruvchi uchun qiymat 
    hosil qiluvchi tovarga asoslangan hamda sotish narxlarining bozor yoki raqobat 
    25
    Ламбен Жан Жак Стратегический менеджмент: стратегияческий и операционнқй маркетинг. –СПб.: 
    Питер, 2006. 


    196 
    tomonidan pasaytirilishiga ko‗proq darajada bardoshli qiluvchi yuqoriroq 
    unumdorlik oqibatidir». 
    Tovarni jalb etuvchanligi va raqobatbardoshligini ifodalovchi omillar 
    klassifikatsiyasi sxemasini zanjir ko‗rinishida ko‗rsatish mumkin: narx – sifat – 
    servis – marketing muhiti. 
    Raqobatbardoshlik sifat va qiymat omillari bilan bog‗liqdir. Ular sifat, 
    iqtisodiyot va marketing ko‗rsatkichlari yordami bilan to‗liq tavsiflanishi mumkin. 

    Download 3,14 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   195




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval  Iste‟mol mahsulotlari ishlab chiqarish

    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish