• 10.2. Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari
  • -rasm. Narxni tashkil etish uslublari




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet99/195
    Sana10.01.2024
    Hajmi3,14 Mb.
    #134246
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   195
    Bog'liq
    1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

    10.1-rasm. Narxni tashkil etish uslublari 
    Birlamchi narxni aniqlashga vaqt bo‗yicha narx darajasini aniq hisoblash 
    ta‘sir qiladi. Bu hisoblash bozor segmentiga, tovarning yashash davriga, talab va 
    taklifning potensial miqdoriga bog‗liq bo‗ladi. Marketingda tovar siyosati ijtimoiy 
    tovar ishlab chiqarishning barcha bosqichlari, yangi ishlab chiqarishning, 
    taqsimlashning, almashuv va iste‘molchining o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga 
    olgan holda yuritiladi. 
    Narx bajaradigan ba‘zi bir vazifalarni ko‗rib o‗tamiz: avvalo narxlar ishlab 
    chiqarish va iste‘moldagi o‗zgarishlardan xabar beradi. 
    Narxlar faqat iste‘moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o‗zgarishlardan 
    ham darak beradi. 
    Narxlarning 
    boshqa 
    muhim 
    vazifasi 
    ishlab chiqaruvchilar va 
    iste‘molchilarni rag‗batlantirishdir. 
    Narxlar 
    mexanizmi 
    ishlab 
    chiqarilayotgan 
    mahsulot 
    miqdorini 
    ko‗paytirishgina emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni 
    ham rag‗batlantiradi. 
    Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog‗liq. Bu 
    daromadlarnig taqsimlanishiir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo‗jalik faoliyati 
    Narxni tashkil etish 
    uslublari 
    Xarajatlar asosida 
    Raqobat asosida 
    mo'ljallangan 
    Talabga 
    mo'ljallangan 
    Kombinasiya-
    lashgan 


    214 
    ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o‗z shaxsiy yoki ishlab chiqarish 
    iste‘mollarini ko‗plab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning 
    narxlariga bevosita bog‗liq bo‗ladi. 
    Narxlarning to‗rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo‗jalik sohalariga 
    ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir. 
    10.2. Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini
    hisoblash uslublari 
    Narx bilan iste‘molchilar o‗rtasida juda chambarchas aloqadorlik mavjudki
    uni iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi, bozor 
    segmentasiyasi bilan izohlash mumikn. Talab qonuni iste‘molchilar odatda qimmat 
    narxlarga qaraganda arzon narxlarda ko‗proq tovarlar sotib olishini ifodalaydi. 
    Ammo har qanday tovar ham «narx-miqdor» aloqadorligiga to‗g‗ri kelavermaydi. 
    Ayrim mahsulotlarga talab shundayki, muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar 
    ko‗proq tovar aylanmasi hajmini ta‘minlaydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim 
    segmentlariga mo‗ljallangan – bular qimmatbaho avtomobillar, kemalar, zeb-
    ziynat buyumlari, mo‗yna va boshqalar. 
    Ikki narx segmenti yaqqol ko‗zga tashlanadi: «narx» xaridori va «sifat» 
    xaridori bor. Ko‗pincha xaridorlar sifatga nisbatan ishonch bildirib, ortiqcha pul 
    sarflaydilar. YUqoriroq narxlar go‗yo ularga sifatga nisbatan ishonch bildirib, bu 
    ayniqsa, noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‗lgan mahsulotlar xaridida ko‗p 
    kuzatiladi. 
    Narx ravonligi iste‘molchilarning xarid qilinadigan tovarlar miqdori nuqtai 
    nazaridan narx o‗zgarishlariga o‗ta sezuvchanligini belgilaydi. 
    Amalda talab ravonligini uch ko‗rinishi, ya‘ni ravon talab, noravon talab 
    hamda yakka (unitar) talabga bo‗lish mumkin. 
    Bozor ravon talab vaziyatida narxlardagi o‗zgarishlarga o‗ta sezuvchan 
    bo‗ladi. 
    Bozor noravon talab vaziyatida narxlardagi o‗zgarishlarga etarli darajada 


    215 
    sezgirlik ko‗rsatmaydi. 
    Yakka ravonlik vaziyatida sotuvchilar ko‗p bo‗lgan, ularning bir mahsulot 
    o‗rnini ikkinchisining mahsuloti bosa oladigan joylarda ko‗zga tashlanadi. 
    Ko‗pgina qishloq xo‗jaligi mahsulotlariga talab yakka ravonligi aks ettiradi. 
    SHunday qilib, narxlardagi o‗zgarishlar talab va taklifga muvofiq ko‗tarilib-
    pasayib turadi, mahsulot ishlab chiqaruvchilar xohishi bilan narx belgilanmaydi. 
    Azaldan talab darajasi narxlarning eng yuqori chegarasini ko‗rsatadi, ya‘ni bu 
    chegaradan yuqorida tovar ayirboshlash umuman mumkin bo‗lmaydi. Ammo 
    iste‘molchilar mahsulotni xayolidagi yagona qat‘iy narxda izlaydi. Marketologning 
    vazifasi ham bozor belgilaydigan chegaralar doirasida maqbul narxlarni topish 
    hisoblanadi. Ko‗pgina firmalar bozorlardagi turli narxlarni tadqiq etish, tekshirish, 
    o‗rinbosar tovarlar narxi darajasini raqiblar narxni o‗rganish yo‗li bilan statistik 
    tahlil qilish usuli, grafik ekspert baholovchi usullaridan foydalanib, talab 
    o‗zgarishini o‗lchashni o‗tkazishga intiladi. 
    Ma‘lumki, xarajatlar ishlab chiqarish hajmining ko‗payishi yoki kamayishi 
    bilan bog‗liq holda o‗zgarish-o‗zgarmasligiga qarab doimiy, shartli-doimiy
    o‗zgaruvchan turlarga bo‗linadi. Doimiy xarajatlar chiqarilgan mahsulot hajmiga 
    qarab o‗zgarmaydi. Bu xarajatlar tarkibiga qurilma va asbob-uskunalar 
    amortizatsiyasi, mulk solig‗i (daromad solig‗i), qo‗shimcha xarajatlar va boshqa 
    chiqim turlari kiradi. 
    O‗zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog‗liq holda o‗zgarib 
    boradi, unga xom-ashyo, materiallar, ish haqi va boshqalar kiradi. SHartli-doimiy 
    xarajatlar boshqarish bilan bog‗liq ayrim xarajatlar, yordamchi materiallar olishga 
    ketadigan chiqimlar va boshqalar kiradi. 
    To‗liq xarajatlar jami doimiy va o‗zgaruvchan xarajatlar yig‗indisidan tashkil 
    topadi. Shuningdek, ishlab chiqarishning chegaralangan (marjinal) xarajatlar ham 
    hisoblanadi. Bu xarajatlar ishlab chiqarish hajmi ko‗paygan (kamaygan) hollarda 
    bir mahsulot birligiga to‗liq xarajatlarning ko‗payishi (kamayishi)ni ifoda etadi. 
    SHunday qilib, firma xarajatlari tarkibi, dinamikasi, miqdori narx uchun minimal 
    darajani tashkil etadi, chunki bu xarajatlardan pastroq narx hech qanday foyda 


    216 
    bermaydi. 
    Korxona narxni belgilar ekan, xarajatlarning jami manzarasi ko‗rib 
    chiqiladigan, zarar ko‗rmasligini ta‘minlaydigan tahlil usulidan foydalanadi. 
    Bunday tahlil narxlarni belgilashda foydali vosita hisoblanadi. Ammo tor ishlab 
    chiqarish ixtisoslashuvi sharoitida, o‗zgaruvchan xarajatlarni oson hisoblash 
    mumkin bo‗lgan paytlarda uni qo‗llash yaxshi natija beradi. Zarar ko‗rmaslikni 
    tahlil etishda asosiy e‘tibor mahsulot sotish hajmi nuqtasiga, to‗liq daromad to‗liq 
    xarajatlarga teng bo‗lgan, ya‘ni na foyda na zarar bo‗lmagan nuqtaga qaratiladi. 
    Marketologlar bir qator har xil narxlarni tadqiq etadilar, so‗ngra har bir narx 
    uchun zaruriy hajmlar kiyoslanadi. 
    Raqobat narx siyosatida muhim barometr bo‗lib xizmat qiladi. Asosan narxni 
    o‗zgartirish yo‗li bilan talabga ta‘sir ko‗rsatish raqobatning narx bilan bog‗liq 
    usullarini yaratadi. Narx bilan bog‗liq bo‗lmagan raqobat usullarida firmalar o‗z 
    mahsulotining o‗ziga xos hislatlariga zo‗r beradi, mahsulot sotish, tovarlar 
    harakati, reklama, mahsulotni joylash, servis kabi marketing qismlariga katta 
    e‘tibor beradi. 
    Bozorda narx uchta guruh omil natijasida shakllanadi: 
    1.Talab omillari (bozorda o‗xshash tovarlar mavjudligi va ularga bo‗lgan 
    narxlar, bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, xaridorni talablari, talabga 
    yo‗naltirilgan narx); 
    2.Xarajat omillari (ishlab chiqarish xarajatlari, marketing xarajatlari, foyda). 
    3.Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan o‗xshash import 
    tovarlari,raqobatchilar tovarlariga bo‗lgan narxni bilish. 
    Asosiy narxni belgilash uslubi quyidagilardan iborat: 
    - narxlashtirish masalasi qo‗yiladi,
    - talabi aniqlanadi, 
    - xarajatlari baholanadi, 
    - raqobatchilar tovari va narx tahlil qilinadi,
    - narxni shakllantirish uslubi tanlanadi, 
    - oxirgi natijaviy narx o‗rnatiladi. 


    217 
    Firma talab hajmiga asoslanib, xarajatlarning miqdorini belgilab, raqiblar 
    narxlarini o‗rganib, o‗z mahsulotlariga narx belgilashga kirishadi. Bunda narx 
    belgilashning turli usullaridan foydalanish mumkin. 

    Download 3,14 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   195




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish