• 10.1. Narx tushunchasi, uning mohiyati va narx turlari
  • Nazorat va mulohaza uchun savollar




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet98/195
    Sana10.01.2024
    Hajmi3,14 Mb.
    #134246
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   195
    Bog'liq
    1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

     
    Nazorat va mulohaza uchun savollar. 
    1. Marketingda tovar qanday vosita sifatida ta‘riflanadi? 
    2. Tovarlar klassifikatsiyasini aytib bering. 
    3. Tovarning raqobatbardoshligi deganda nimani tushunasiz? 
    4. Tovarning yashash davri konsepsiyasini izohlab bering. 
    5. Tovar modifikatsiyasi deganda nimani tushunasiz? 
    6. Mahsulot differensiatsiyasi nima? 
    7. Yangi tovar ishlab chiqarish jarayonini izohlab bering? 
    8. Tovar variatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
    9. Savdo markalariga bog‗liq bo‗lgan asosiy qarorlar nimalardan iborat? 
    10. Savdo markasining tadbirkorlik faoliyatidagi ahamiyatini izohlang? 
     
    Adabiyotlar ro„yxati 
    1. Котлер Ф., Келлер К.Л. Маркетинг. Менежмент. 14-с издание. -
    СПБ.: 2015. 800 с. 
    2. Котлер Ф. Маркетинг от А до Я: 80 конценций, которые должен
    знать каждый менеджер. –М.: АЛЬПИНА ПАЛИШЕР, 2013.-211 с. 
    3. Чувакова С.Г. Стратегический маркетинг. Учеб. пос. – М.: Дашков и 
    К. 2012. – 272 с. 
    4. Котлер Ф., Армстронг Г., Вонг В., Сондерс Дж. Основы
    маркетинга.–М.: ООО ―И.Д.Вильямс‖, 2012.- 752 с. 
    5. Ламбен Жан Жак Стратегический менеджмент: стратегияческий и 
    операционнқй маркетинг. –СПб.: Питер, 2006. 
    6. Ergashxodjaeva Sh.J. Strategik marketing. Darslik. -T.: Ozbekiston 
    faylasuflari milliy jamiyati, 2014. - 240b. 
    7. Юсупов М.А., Абдурахмонова М.М. Маркетинг. – Т.: Иқтисодиѐт, 
    2012.-190 б. 


    211 
    10-BOB. NARX SIYOSATI 
     
    10.1. Narx tushunchasi, uning mohiyati va narx turlari 
    Narx bozor kategoriyasi bo‗lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan 
    munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi 
    ifodasi, qiymatining bozordagi ko‗rinishidir. Narx bamisoli barometr kabi bozor 
    holatini ko‗rsatib turadi, narx pasayib ketsa, tovar bozori kasodlikka yo‗likkan 
    bo‗ladi, tovar nafsiz bo‗lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini 
    tubdan yaxshilash zarurligi pul tarkibiga qo‗yiladi. Narxning iqtisodiy mazmunini 
    uning funksiyalari ko‗rsatib beradi. Narx nimaga tegishli bo‗lishidan qat‘iy nazar 
    (tovar, xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi: 
    1. bozor muvozanatini ta‘minlash funksiyasi; 
    2. hisob-kitob, ulchov funksiyasi; 
    3. iqtisodiy regulyator funksiyasi; 
    4. raqobat vositasi funksiyasi
    5. ijtimoiy himoya funksiyasi. 
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud: demping narx, 
    nufuzli narx, milliy narx, arzonlashtirilgan narx, jahon narxi, yashirin narx, erkin 
    narx, standart narx, kontrakt (ulgurji) narx, chakana narx, o‗zgaruvchan narx, limit 
    narx, muvozanat narx. 
    Narx siyosati – narxni tashkil etish va narxni boshqarish strategiyasi va chora 
    – tadbirlari yig‗indisi; bu ishlab chiqarish holatlarini, bozor kon‘yunkturasini, 
    shuningdek ishlab chiqaruvchiga foyda keltirib, xaridor ehtiyojini qondirishdagi 
    tovar va xizmatlarga narxni belgilashni bilishdir. 
    Narx strategiyasi – narxni belgilash va o‗zgarishi bo‗yicha chora – 
    tadbirlaridir. 
    Narx taktikasi - qisqa muddatli xarakterga(narxga chegirma, narxga ustama) 
    va bir marotabalik chora – tadbirlarni o‗zida mujassamlashtiradi. 
    Narx siyosatini boshqarish maqsadlari quyidagilardir: 


    212 
    -bozorda korxona mavqeini saqlab qolish; 
    - joriy foydani maksimallashtirish; 
    - bozor ulushi bo‗yicha liderlik; 
    - tovar sifati bo‗yicha liderlik. 
    Narxlar tovarni yangilik ko‗ra quyidagicha klassifikatsiyalanadi: 
    1. ―Qaymog‗ini olish‖ strategiyasi 
    2. Bozorga yorib kirish 
    3. ―Psixologik‖ narx – sotuvchilar tomonidan narxni qabul qilish 
    psixologiyasidan kelib chiqadi(narx yaxlit summadan kichikroq) 
    4. Bozorda yoki tarmoqda lider orqasidan boruvchi narx – bosh raqibga 
    nisbatan narx o‗rnatiladi. 
    5. Ishlab chiqarish holatlarini qoplash xarajatlari 
    6. Tebranib turuvchi narx 
    7. Uzoq muddatli narx 
    8. Egiluvchan narx 
    9. Ustunlik narx – bozorda 70 – 80 % ulushni egallagan korxona qo‗yadigan 
    narx. 
    10. Kelishilgan narx 
    11. Tashqi savdo oborotini ta‘minlovchi narx. 
    Oxirgi narxga quyidagi omillar ta‘sir etadi: 
    1. Tovar iste‘molchilari 
    2. Davlat tomonidan tartibga solish 
    3. Tovar harakati kanallari qatnashchilari 
    4. Raqobat.
    Bozor narxining asosiy xususiyatlari ularning doimo o‗zgarib turish 
    qobiliyatidir. Narxlar hech qachon sababsiz o‗zgarmaydi. Yuqori narxlar esa 
    yuqori sifatli, yangi iste‘mol qobiliyatiga ega bo‗lgan tovarlarga o‗rnatiladi. Narx 
    darajasiga tovarning raqobatbardoshligi va bozordagi o‗rni bog‗liqdir. 
    Narx belgilash maqsadlari: bozor ulushini ko‗paytirish, qisqa vaqt ichida eng 
    ko‗p foyda olish, yuqori foyda normasini uzoq muddat saqlab qolishdan iborat. 


    213 

    Download 3,14 Mb.
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   195




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish