-rasm. Narx belgilash usullari




Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/195
Sana10.01.2024
Hajmi3,14 Mb.
#134246
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   195
Bog'liq
1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

10.2-rasm. Narx belgilash usullari 
Narx belgilashning 3 ta usuli mavjud: 
1. Firmaning ichki manfaatlariga kuchli yo‗naltirilganligini namoyon etib
sarf – xarajatlar asosida narx belgilash. 
2. Raqobatchilarning narxiga qarab narx belgilash. 
3. Marketingga yo‗naltirilgan narx belgilash usuli. Bunda muayyan bozorda 
iste‘molchi uchun qimmatli bo‗lgan xususiyatlari va marketing strategiyasi hisobga 
olinib narx belgilanadi. 
Sarf xarajatlarga asosan narx belgilashning 2 ta usuli mavjud: 
1. Tannarx asosida narx belgilash 
2. To‗la xarajatlar asosida narx belgilash 
Tannarx(ishchi kuchi, materiallar, yoqilg‗i, energiyaga ketadigan xarajatlar
amortizatsiya, sug‗urta, ustama xarajatlar, boshqaruvga ketadigan xarajatlar 
hisoblab chiqiladi.) 
Ko‗pincha korxonalar mahsulot sotish narxini aniqlashda sodda 
formulalardan foydalanadi. Formulalarga ko‗ra, narx belgilashning boshqa jami 
usullari kabi, birinchi navbatda e‘tiborni foydaga qaratadi, talabni hisobga 
olmaydi. 
Narx 
belgilash 
usullari 
Sarf xarajatlar 
Raqobatchilar 
Marketing 


218 
«O‗rtacha xarajatlar plyus foyda» tamoyili bo‗yicha narx belgilash tovarning 
tannarxiga muayyan ustama qo‗yishdan iborat bo‗lib, narx belgilashning eng oddiy 
usuli hisoblanadi. Ustama narx miqdori tovar turiga qarab, juda keng chegaralarda 
tebranib turadi. SHuningdek, tovarning ishlab chiqaruvchidan pirovard natijada 
iste‘molchiga etib borishga qarab oxirgi narx ulgurji va chakana savdo qo‗yadigan 
ustama narxlar yakunini ifodalaydi. 
«Ko‗zlangan foyda normasi» olishni ta‘minlaydigan narx belgilash usulini 
qo‗llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan 
qaytim foiz olishga intiladilar. Bu usul o‗rtacha solishtirma xarajatlarni 
hisoblashga asoslanadi. 
Narxni chegaraviy xarajatlar bo‗yicha belgilash usulini qo‗llash bilan firma 
mahsulotning qo‗shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning 
alohida qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi koplanadi, foyda 
amalga oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasi agar firma ishni to‗xtatish 
xavfi ostida qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni hohlagan 
sharoitlarda naf keltirishi mumkin. 
Savdoda do‗konlarga xaridorlarning kelishini ko‗paytirish uchun sotuvchilar 
ayrim tovarlarni to‗liq xarajatlaridan pastroq baholab, «jalb etuvchi» narxlar 
yaratadilar. Xaridorlar ko‗payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga bunga 
qo‗shimcha ravishda narxi me‘yorda bo‗lgan tovarlarni ham xarid qiladilar. 

Download 3,14 Mb.
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   195




Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish