222
3. Котлер Ф., Армстронг Г., Вонг В., Сондерс Дж. Основы
маркетинга.–М.: ООО ―И.Д.Вильямс‖, 2012.- 752 с.
4. Ergashxodjaeva Sh.J. Strategik marketing. Darslik. -T.:
Ozbekiston
faylasuflari milliy jamiyati, 2014. - 240b.
5. Эргашходжаева Ш.Дж., Самадов А.Н., Шарипов И.Б. Маркетинг.
Дарслик. - Т.: Иқтисодиѐт, 2013. -346 б.
6. Юсупов М.А., Абдурахмонова М.М. Маркетинг. – Т.: Иқтисодиѐт,
2012.-190 б.
7. Soliyev A., Buzrukxonov S. Marketing. Bozorshunoslik. Darslik. –T.:
Iqtisod-Moliya, 2010. -424 b.
223
11 - BOB. SOTISH SIYOSATI
11.1. Tovarlarni tarqatish tarmoqlari xususiyatlarini
va ularning tuzilishi
Marketingning eng muhim va ajralmas tarkibiy qismi mahsulotni
sotish(taqsimlash,
tovar
harakati,
mahsulotni
iste‘molchigacha etkazish)
hisoblanadi. Bu jarayonda tashkiliy nuqtai nazardan eng murakkab vazifa - ishlab
chiqarilgan mahsulotni iste‘molchiga etkazish hal etiladi.
Sotish siyosati iste‘mol tovarlarini etkazib
berishning ehtimol tutilgan
varintlari tahlili va uning mahsulot taqsimotining hamma shahobchalarida eng
yuksak xo‗jalik samarasiga erishishini ta‘minlaydigan
maqbul variantni ishlab
chiqish bilan shug‗ullanadi. Yarim tanlangan taqsimot yo‗li marketing bo‗yicha
qolgan jami boshqa echimlarga ta‘sir ko‗rsatadi - narxlar,
transport tashkilotlari
bilan shartnoma tuzish, reklama xizmati, o‗z savdo nuqtalarini ochish va hokazolar
shu jumlaga kiradi. Shu sababli rahbariyat taqsimot yo‗lini tanlashga bugungina
emas, balki ertangi tijorat muhitini ham ko‗zlab ish tutishi zarur.
Sotish siyosatining vazifalari quyida ifodalangan(11.1-rasm).