-rasm. Tovar harakati va taqsimot kanallarining turlari




Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/195
Sana10.01.2024
Hajmi3,14 Mb.
#134246
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   195
Bog'liq
1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

11.2-rasm. Tovar harakati va taqsimot kanallarining turlari 
 
1. Nol bosqichli kanal yoki bevosita marketing kanali ishlab chiqaruvchi va 
iste‘molchidan iborat. Ishlab chiqaruvchi iste‘molchilarga o‗z tovarlarini joyma - 
Ishlab chiqaruvchi 
Iste'molchi 
Ishlab chiqaruvchi 
Chakana savdo 
Iste'molchi 
Ishlab chiqaruvchi 
ulgurji savdo 
chakana savdo 
Iste'molchi 
Ishlab chiqaruvchi 
Ulgurji savdo 
Kichik ulgurji 
savdo 
Chakana savdo 
Iste'molchi 


226 
joy tashib yurib (ko‗chma savdo), jo‗natish yo‗li bilan yoki o‗z firma do‗konlari 
orqali sotadi. 
2. Bir bosqichli kanal o‗ziga ishlab chiqaruvchi, vositachi va iste‘molchini 
qamrab oladi. Iste‘mol bozorida, odatda, bu vositachi chakana savdogar, sanoat 
mahsulotiga oid tovarlar bozorida esa savdo agenti yoki broker hisoblanadi. 
3. Ikki bosqichli kanal o‗ziga ishlab chiqaruvchi, ikki vositachi, iste‘molchini 
qamrab oladi. Iste‘mol tovarlari bozorida ulgurji va chakana savdogarlar shunday 
vositachilar hisoblanadi. Sanoat mahsulotlari bozorida ular sanoat distribyuteri va 
dilerlar deb ataladi. 
4. Uch bosqichli kanali o‗ziga ishlab chiqaruvchi, uchta vositachi va 
iste‘molchini qamrab, ko‗p hollarda ulgurji va chakana savdogarlar o‗rtasida 
mayda ulgurji faoliyat ko‗rsatadi.
Bosqichlari ko‗p bo‗lgan kanallar juda kam. Ishlab chiqaruvchi ko‗zi bilan 
qaraganda, taqsimot kanalida bosqichlar qanchalik ko‗p bo‗lsa, ularni nazorat 
qilish imkoniyati shu qadar torayadi. 
Taqsimot kanallarini nazorat qilish va bu kanaldagi o‗z maqsadinigina 
o‗ylaydigan uning ayrim a‘zolari o‗rtasidagi mojarolarning oldini olish uchun 
keyingi paytda vertikal marketing tizimi (VMT) paydo bo‗ldi. VMT bir yoki bir 
necha vositachi va ular bilan hamjihat, yagona tizim tarzida ishlaydigan ishlab 
chiqaruvchidan tashkil topadi. Bunday holda kanal a‘zolaridan biri qolgan boshqa 
sheriklariga egalik qiladi yoki ularga savdo imtiyozlari beradi, yoxud ularning 
hamkorligini ta‘minlaydigan ustunlikka ega bo‗ladi. Masalan, korporativ VMT 
doirasida ishlab chiqarish yoki taqsimotning ketma-ket bosqichlari yagona 
egalikda bo‗ladi. 
Shartnoma asosida VMT shartnoma munosabatlari bilan bog‗langan mustaqil 
firmalardan iboratdir. Umumiy ishda muvaffaqiyatni ta‘minlash uchun faoliyat 
dasturlarini hamkorlikda o‗zaro muvofiqlashtiradi. 
Shartnoma asosidagi VMT uch tipdan iborat: 
1. Ulgurji rahbarlik qiladigan chakana sotuvchilarning ko‗ngilli birlashmalari. 
Ulgurji mustaqil chakana sotuvchilar faoliyati uchun yagona dastur esa ularning 


227 
yirik taqsimot tarmoqlari bilan raqobat kurashida o‗z kuchlarini birlashtirishga 
yordam beradi. 
2. Chakana sotuvchilar shirkati. Chakana sotuvchilar hamkorlikda yangi 
mustaqil xo‗jalik birlashmasi tuzishlari mumkin, bu birlashma ulgurji savdo ishlari 
bilan, ayrim hollarda ishlab, birlashma ishtirokchilari o‗zlarining asosiy xaridini 
shirkat orqali o‗tkazadi, reklama ishlari ham birgalikda tashkil etadi.
3. Shartnoma asosida VMTning uch informatsion tipi imtiyoz huquqiga ega 
bo‗lganlarning tashkilotidir. Imtiyozlar egasi deb nomlanadigan a‘zo ishlab 
chiqarish va taqsimot jarayonlarining qator ketma - ket bosqichlarini o‗z qo‗lida 
to‗plashi mumkin. O‗z navbatida bunday tashkilotlarning uch ko‗rinishi bor. 
Birinchisi - ishlab chiqaruvchi homiyligida chakana imtiyoz egalari tizimi. 
Masalan, Amerikada «Ford» firmasi mustaqil dilerlarga o‗z avtomillari bilan savdo 
qilish huquqi uchun litsenziya beradi, ular esa sotishda muayyan shartlarga rioya 
qilish va xizmat ko‗rsatishni tashkil etish ishlariga rozi bo‗ladilar. 
Ikkinchisi - ishlab chiqaruvchi homiylarning ulgurji imtiyoz egalari tizimi. 
Masalan, «Koka - kola» firmasi ichimlik qo‗yish zavodlari egalariga (ulgurjilarga) 
turli bozorlarda savdo qilish huquqi uchun litsenziyalar beradi. Bu zavodlar 
firmadan ichimlik konsentrati sotib oladi, so‗ngra unga gaz bilan qo‗shimcha 
ishlov beradi, ichimlikni shishalarga quyadi va mahalliy chakana sotuvchilarga 
sotadi. 
Uchinchi - xizmat ko‗rsatadigan firma homiyligida chakana imtiyoz egalari 
tizimi. Bu holda xizmat ko‗rsatish firmalari iste‘molchilarga xizmatini eng 
samarali usullarda etkazib berish maqsadida kompleks tizim tashkil etadi. Masalan, 
«Makdonalds» firmasining faoliyati. 
Vertikal marketing tizimining gorizontal ko‗rinishi mahsulotning bir necha 
vositachilar o‗rtasida taqsimlanishi bilan ajralib turadi. Firmalar moliyaviy 
mablag‗, ishlab chiqarish quvvatini tejash, texnikaviy bilim yoki marketing 
resurslarini jamlash maqsadida yangi ochilayotgan bozorlarni hamkorlikda 
o‗zlashtirish yo‗lida harakatlarni birlashtirishni ustunroq ko‗radi. Firmalar birgina 
yoki har xil sotish bozorlarini egallash uchun ko‗p yo‗lli marketing tizimlaridan 


228 
foydalanadilar. Aslida esa, har bir mahsulot taqsimotining turli yo‗llari mavjud. 
Masalan, firma o‗z mahsulotini bir vaqtning o‗zida firma do‗koni, chakana 
sotuvchilar, boshqa vositachilar orqali sotishi mumkin. SHu sababli taqsimot 
kanalini tanlashda vositachi tipni, savdo - vositachilik amallari va vositachi 
firmalarni tashkil etish shaklini belgilash nihoyatda muhim masala hisoblanadi. 
Tovarlarning to‗g‗ridan - to‗g‗ri ishlab chiqaruvchi tomonidan sotishining 
yaxshi tomonlari va kamchiliklari ham bor. Firma o‗z mahsuloti savdosini to‗la 
nazorat qiladi. Bunday usul bilan oddiy assortimentli tovarlardan ko‗mir, o‗tin, neft 
mahsulotlari, tez buziluvchi non, sut, go‗sht va hokazolar sotilishi ustunroq 
hisoblanadi. Ammo qolgan tovarlarni sotishda mustaqil ulgurji va chakana savdo 
firmalarining qatnashishi jahon tajribasida sinalgan samarali yo‗ldir. 
Firma tovar harakatini «Marketing miks» jarayonida rejalashtirishda 
quyidagilarga ahamiyat beradi: 

sotish siyosatini tovar harakatiga bog‗langan holda aniqlash; 

tovar harakati usullaridan va turlaridan barcha tovarlar va bozor 
segmentlariga mosini tanlash; 

tovar harakati bo‗g‗inlari va umumiy masofani topish; 

tovar harakati zanjirida qatnashuvchilar - mustaqil vositachilarni aniqlash; 

tovar harakati rahbarlik tizimini yaratish; 

tovar harakatini tashkil etuvchi bosh bo‗g‗inni topish; 

tovar harakati turlaridan eng samaralisini tanlashda turli xilini bog‗lab, bir - 
birini to‗ldirishni ko‗zda tutish. 
Mahsulotning yuk sifatida ishlab chiqarish jarayonida iste‘molchiga etib 
kelishigacha - tashish, saqlash va qo‗shimcha (qadoqlash, o‗rash, tamg‗alash kabi) 
ishlarini bajarish bilan bog‗liq bo‗lgan jarayon tovar harakati deyiladi. Uni tashkil 
etishda firmaning asosiy maqsadi, birinchidan, mahsulotni tezda, yaqin masofa 
orqali va samarali usul bilan o‗z xaridoriga etkazish; ikkinchidan, tovarning 
xaridori bilan» uchrashishga eng qulay sharoit yaratishdan iborat bo‗lishi shart». 
Tovar harakatini rejalashtirishda, korxona tanlagan tovar sotish uslublariga 
asoslaniladi. Ular quyidagi uch uslubdan biri bo‗lishi mumkin: 


229 

tovar ishlab chiqaruvchi vositachilarsiz, to‗g‗ridan - to‗g‗ri o‗zining 
iste‘molchisi bilan bog‗lanishi; 

tovarlarni mustaqil vositachi(firmalar) orqali sotish; 

aralash usul, ishlab chiqaruvchi firma va vositachi savdo tashkiloti 
sarmoyalari qatnashishi orqali. 
Tovar harakatini qatnashuvchilari quyidagi vazifalarni bajaradi. Ishlab 
chiqarilgan mahsulotni taqsimlash va sotish; ishlab chiqarishga kerakli xom ashyo 
va materiallar tayyorlash; marketing tadqiqotlari o‗tkazish; tovarlar iste‘molchilari 
bilan to‗g‗ridan - to‗g‗ri aloqa o‗rnatish; oldi - sotdi qilish uchun shartnomalar 
tuzish 
jarayonini 
tayyorlash; 
tovarning 
iste‘molchiga 
etib 
borishini 
rag‗batlantiruvchi siyosat yurg‗izish; tovar assortimentini rejalashtirishda 
qatnashish va yordamlashish, tovar harakatini moliyaviy ta‘minlash; sotilgan 
tovarlarga qo‗shimcha xizmat uyushtirish; tovarlarni tashish; tovarlarni omborlarga 
joylash va saqlash; tovarlarni navlarga ajratish, kichik o‗ramlarda qadoqlash, o‗z 
savdo bitimini tuzatishga tavakkal qilish, sotilgan tovar bahosini aniqlashda 
qatnashish va boshqalar. Ana shu ko‗p qirrali vazifalarni maxsus savdo 
firmalarining bajarishi, tovar harakatidagi sarf - xarajatlarining ancha yuqori 
samara berishini ta‘minlaydi.

Download 3,14 Mb.
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   195




Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Tovar harakati va taqsimot kanallarining turlari

Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish