• 11.1-jadval Chakana savdo do„konlarining turlari № Do„kon turi Assortiment Narx darajasi Izoh
  • Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet107/195
    Sana10.01.2024
    Hajmi3,14 Mb.
    #134246
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   195
    Bog'liq
    1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

     
     
    27
    O‘zbekiston iqtisodiyoti: axborot-tahliliy byulleten. 2016 yil yanvar-dekabr.-Т: 2017 y., 85-bet. 
    28
    O‘zbekiston iqtisodiyoti: axborot-tahliliy byulleten. 2016 yil yanvar-dekabr.-Т: 2017 y., 85-bet. 


    231 
    11.1-jadval 
    Chakana savdo do„konlarining turlari 
    № 
    Do„kon turi 
    Assortiment 
    Narx darajasi 
     
    Izoh 
     
    1. 
    Maxsus
    Maxsuslashtirish 
    doirasida chuqur bo‗ladi 
    Turli - tuman 
    Turlari:
    -cheklangan 
    assortiment bo‗yicha; 
    -tor maxsus; 
    -juda yuqori 
    maxsuslashtirilgan. 
    2. 
    Universam
    Keng (oziq – ovqatlar va 
    uy uchun tovarlar) 
    Uncha yuqori 
    bo‗lmagan savdo 
    ustamalari 
    O‗z-o‗ziga xizmat 
    ko‗rsatish tamoyili 
    3. 
    Univermag 
    Keng (kiyim va 
    poyafzal, maishiy 
    texnika, uy ro‗zg‗or 
    buyumlari) 
    Turli - tuman 
    4. 
    Supermarket
    Juda keng (oziq – ovqat 
    va nooziq-ovqat 
    tovarlari) 
    Asosan uncha 
    yuqori emas 
    5. 
    Gipermarket(savd
    o kompleksi)
    Juda keng 
    YUqori emas 
    Supermarketlarni, 
    do‗kon-omborlarini va 
    past narxli do‗konlarni 
    xususiyatlarini 
    birlashtiradi. 
    6. 
    Past narxli do‗kon 
    (diskaunter) 
    Turli – tuman (standarti 
    tovarlar yig‗indisi) 
    Past
     
    Chakana savdo firmalarining turlari 4 ta mezon bilan farq qiladi: 
    1. do‗konning jihozlari 
    2. mijozga xizmat ko‗rsatish darajasi 
    3. tovar assortimenti 
    4. savdoda xizmat ko‗rsatish xarakteriga ko‗ra farqlanadi. 
    Xizmat ko‗rsatish darajasi sotayotgan tovar turiga bog‗liq. Kundalik talabdagi 
    tovarlar uchun o‗z-o‗ziga xizmat ko‗rsatish; avvaldagi tanlov tovarlari uchun 
    chegaralangan xizmat ko‗rsatish; yuqori tovarlarga to‗liq xizmat ko‗rsatiladi, bu 
    o‗z ichiga xaridorga yordam sifatida axtarish, solishtirishni, tanlashni, turli savollar 
    bilan maslahat berishni oladi. 
    Tovar harakatining umumiy yagona zanjirida chakana savdoning texnologiya 
    jarayonlari muhim xalqa hisoblanadi. Chunki xalq iste‘mol tovarlarini ishlab 


    232 
    chiqarish korxonasidan iste‘molchilarga etkazib berish jarayonida tovarlarni 
    tanlash va aholining shu tovarlarga o‗sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun 
    eng zarur shart-sharoitlar xuddi ana shu chakana savdo korxonalarida yaratilishi 
    lozim. Aholiga savdo xizmati ko‗rsatishning sifati, ya‘ni savdo madaniyati chakana 
    savdodagi texnologiya jarayonlarini, ayniqsa, tovar sotishni tashkil etish darajasiga 
    bog‗liqdir, shu sababli chakana savdo korxonalarining butun savdo operativ 
    faoliyati shu vazifaga bo‗ysundiriladi. 
    Ulgurji savdo umumlashgan vositachi hisoblanadi va ko‗pchilik vazifalarni 
    bajaradi. Ulgurji savdodan sanoat korxonalari, tijorat firmalari va davlat 
    muassasalari ulgurjisiga tovar sotib olishlari mumkin. Ulgurji savdo ahamiyati 
    quyidagichadir: 

    chakana savdoga ishlab chiqarish firmalarning tor assortimentini kengaytirib 
    taklif etadi; 

    katta hajmda tovar sotib olib, muomala xarajatlarini kamaytiradi; 

    yuqori malakali tovarshunos va marketologlar bilan tovarlar bozorini chuqur 
    o‗rganadi; 

    tovarlarni saqlaydi va kerakli tovar zahiralarini shakllantiradi; 

    ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo o‗rtasida mustahkam aloqa 
    bog‗laydi, ularga moliyaviy yordamlashadi va boshqalar. 
    Ulgurjisiga faoliyat ko‗rsatish tovar ishlab chiqaruvchilar, tijoratchi firmalar, 
    agent va brokerlar orqali amalga oshirilishi mumkin. 
    Ishlab chiqaruvchi korxonalar ulgurji savdo faoliyatini maxsus bo‗lim yoki 
    firmalar tashkil etish orqali amalga oshiriladi. 
    Ulgurji savdo bilan shug‗ullanuvchi maxsus tijorat firmalari - ulgurji savdo 
    bazalari, omborlari va tovar birjalari shaklida, xususiy, aksiyadorlik, qo‗shma va 
    davlat mulkiga asoslangan bo‗lishi mumkin. 
    Ulgurji savdogarlarning turlari quyidagi rasmda berilgan(11.3-rasm). 


    233 

    Download 3,14 Mb.
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   195




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish