• 11.4-rasm. Chakana savdoni do„kondan tashqari shakllari
  •  Savdo qilishning yangi turlari va usullari




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet109/195
    Sana10.01.2024
    Hajmi3,14 Mb.
    #134246
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   195
    Bog'liq
    1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

    10.3. Savdo qilishning yangi turlari va usullari 
    Savdo qilishning yangi turlariga internet, elektron pochta, to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
    marketing, franchayzing va boshqalarni kiritish mumkin. 
    Internet orqali savdo qilish hozirgi paytda zamonaviy savdo qilish turi 
    hisoblanadi. Juda ko‗p firmalar internetda mahsulotlarini taklif qiladilar. 
    Iste‘molchilar o‗zlariga kerakli mahsulotni o‗zlarining kompyuteri orqali buyurtma 
    berib sotib olishlari mumkin. Internet orqali savdoning ustunlik tomonlari bu 
    birinchidan, vaqt tejaladi, ikkinchidan vositachilarsiz to‗g‗ridan-to‗g‗ri ishlab 
    chiqaruvchidan olish imkoniyati paydo bo‗ladi. 
    Do‗kondan tashqari savdo turlariga quyidagilar kiradi (11.4-rasm). 
    11.4-rasm. Chakana savdoni do„kondan tashqari shakllari 
    To‗g‗ridan -to‗g‗ri marketingning quyidagi shaklllari mavjud: 
    Do'kondan 
    tashqari 
    savdo 
    to'g'ridan-
    to'g'ri 
    marketing 
    to'g'ridan-
    to'g'ri sotish 
    savdo 
    avtomatlari 
    orqali sotish 


    238 
    -to‗g‗ridan – to‗g‗ri pochtali marketing (direct mail); 
    -katalog bo‗yicha marketing; 
    -telefon orqali marketing; 
    -televizion marketing; 
    -elektron marketing. 
    Elektron marketing internet-reklama, internet-do‗kon va boshqalar orqali 
    tovar va xizmatlarni xaridorlarga sotishni tashkil qiladi. 
    To‗g‗ridan -to‗g‗ri marketing – bu xaridor bilan turli vositalar bilan 
    to‗g‗ridan-to‗g‗ri muloqot bo‗lib, xaridorni mahsulotni sotib olishga ishontirishdan 
    iboratdir. 
    Franchayzing – bu savdo qilish usulining zamonaviy shakllaridan biri bo‗lib 
    hisoblanadi. Bunda franchayzing firmasi franchayzer firmasining tovar markasi, 
    nomlanishi va reklamasidan foydalanib, tovarni ishlab chiqarish, taqsimlanishi, 
    sotish va taklif etilishida bevosita qatnashadi. AQSHda chakana savdoning 50 % 
    qismi franchayzing tizimi orqali amalga oshiriladi. 
    Hozirgi vaqtda chakana savdoda tovar sotishning quyidagi usullari 
    qo‗llaniladi: 

    tovarni peshtaxta orqali sotish; 

    tovarni xaridor o‗ziga-o‗zi xizmat qiladigan usulda sotish; 

    tovarni ochiq yoyib qo‗yib sotish; 

    tovar na‘munalarini ko‗rsatib sotish; 

    tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish. 
    Tovarni peshtaxta orqali sotish – tovar sotishning odatdagi usuli bo‗lib, unda 
    xaridorlarga xizmat qilish jarayonining deyarli hamma asosiy elementlari, 
    chunonchi: tovarlarni ko‗rsatish va uning assortimenti bilan tanishtirish, hisob-
    kitob qilish va haqi to‗langan tovarni topshirish ishlarini peshtaxta yonida turgan 
    sotuvchi bajaradi. 
    Xaridorlar o‗ziga-o‗zi xizmat qilishi asosida tovar sotish usulida savdo 
    maydoni devorlari yoniga yoki o‗rtasiga terib qo‗yilgan hamma tovarlar yoniga 
    xaridorlar bemalol borib, mustaqil tanlab olib, inventar korzinalar yoki 


    239 
    aravachalarga o‗zlari solishlari mumkin, tovarning haqi do‗kondan chiqaverishdagi 
    yagona hisob-kitob joyida to‗lanadi. 
    Tovarni ochiq yoyib qo‗yib sotishda xaridorlar sotuvchining ish joyiga 
    bemalol borib mustaqil tanishishlari, sotuvchining maslahati va yordami bilan 
    o‗zlariga kerakli tovarni tanlab olishlari mumkin. 
    Xaridorlar o‗ziga-o‗zi xizmat qiladigan usulda bo‗lgani kabi tovarlarni ochiq 
    yoyib qo‗yib sotishda ham tovarlar savdo zaliga sotish uchun to‗la tayyor holda 
    chiqariladi. 
    Tovarlarning namunalarini ko‗rsatib sotish usuli sharoitida xaridor savdo 
    maydoniga qo‗yilgan namunalarga qarab o‗ziga kerakli tovarlarni mustaqil 
    ravishda yoki sotuvchi yordamida tanlaydi, uning haqini to‗lagandan keyin tegishli 
    tovarni bevosita do‗kondan oladi yoki qo‗shimcha xaq evaziga uyiga eltib berishga 
    buyurtma beradi. Ana shu usulni katta hajmdagi – mebel, sovutgich, kir yuvish 
    mashinasi, tikuv mashinasi, elektr yoritkich, gazlamalar sotishda tashkil etish 
    mumkin. 
    Tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish usulida xaridor o‗ziga kerakli 
    tovarga do‗konning buyurtma bo‗limida yoki sanoat korxonasi, qurilish, muassasa, 
    dala shiyponi, istiqomat joyida tashkil etilgan buyurtma qabul qilish joyida 
    oldindan buyurtma beradi. Bu tovar do‗kondan olinadi yoki buyurtmachining 
    uyiga yoxud buyurtmada ko‗rsatilgan boshqa joyga eltib beriladi. Barcha oziq-
    ovqat mahsulotlarini sotishda hamda murakkab assortimentdagi tovarlarni 
    ichkarilikdagi qishloq aholi punktlarida joylashgan va kundalik talab qilinadigan 
    tovarlar bilan savdo qiladigan do‗konlar orqali sotishda ana shu usulni qo‗llash 
    mumkin. 
    Savdoning ilg‗or usullaridan biri savdo avtomatlari orqali savdo qilish 
    hisoblanadi. Savdo avtomatlari savdoning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini 
    ta‘minlashda muhim o‗rin tutadi, ya‘ni savdoda iste‘mol xarajatlarini kamaytirish 
    iste‘molchi xukmron bo‗lgan sharoitda muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi 
    sharoitda zamonaviy dizaynga ega bo‗lgan savdo avtomatlaridan foydalanish 
    muhim masala hisoblanadi. 


    240 
    Savdoning zamonaviy usullaridan biri bo‗lib Treyd marketing hisoblanadi. 
    Treyd-marketingda bir nechta asosiy vosita ajratib ko‗rsatiladi: 
     
    sotuvni rag‗batlantirish, 
     
    maxsus hodisalar, 
     
    merchandayzing. 

    Download 3,14 Mb.
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   195




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Savdo qilishning yangi turlari va usullari

    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish