• 2. Bozorga tanlov asosida kirish uslubi.
  • 3. Bozorga keng ko‘lamli kirib borish uslubi.
  • 4. Sust marketing uslubi
  •  Jadal (shiddatli) marketing




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet117/195
    Sana10.01.2024
    Hajmi3,14 Mb.
    #134246
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   195
    Bog'liq
    1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

    1. Jadal (shiddatli) marketing. 
    Buni ko‗pchilik xaridorlar - tovar to‗g‗risida ma‘lumotga ega bo‗lmagan yoki 
    bo‗lgani ham uning yuqori narxidan ta‘sirlanmagan holda ishlatadi. Xaridorlarni 
    jalb qilish, ularning talabini shakllantirish tadbirlari o‗tkazishga katta mablag‗ 
    ajratish orqali uyushtiriladi. Tovarning ham narxi yuqori o‗rnatilib ko‗p foyda olish 
    nazarda tutiladi. 
    2. Bozorga tanlov asosida kirish uslubi. 
    Uning hajmi katta bo‗lmagan holatda ishlatiladi. Tovar ko‗pchilikka noaniq, 
    unga yuqori narx qo‗yilsa ham xaridorlar sotib olish mumkin. Raqobatchilar 
    bozorda juda oz va shuning uchun talabni rag‗batlantirishga kam xarajat qilib 
    ko‗proq foydaga erishish mumkin. 
    3. Bozorga keng ko‘lamli kirib borish uslubi. 
    Bozorning hajmi katta, tovar haqida xaridorlar kam taassurotga ega va uning 
    narxi balandligiga rozi bo‗lmagan davrda ishlatiladigan uslub. Undan tashqari 
    raqobat kuchli, tovar ishlab chiqarishni ko‗paytirish natijasida uning tannarxi 
    pasayadi va «narxlar jag‗i»ga imkon yaratadi. Rag‗batlantirishga ko‗proq mablag‗ 
    ajratishga imkoniyat yaratiladi. 
    4. Sust marketing uslubi bilan bozorning hajmi katta bo‗lganda, xaridorlar 
    tovarni yaxshi bilsada, kamroq xarajatlar qilib, pastroq narx orqali, raqobat kam 
    sharoitda muvaffaqiyatga erishiladi. 
    Tovar bozorining o‗sish bosqichida bozorga kirgan tovar bilan iste‘molchilar 
    ko‗proq tanishgani tufayli raqobatchilarni siqa boshlaydi. Agar bozor katta bo‗lsa, 
    raqobatchilar ham bizning tovarga o‗xshash tovar ishlab chiqara boshlaydi. 
    Raqobatchilarga qarshi bozorga o‗sha tovarning yangi-yangi turlari va yangi 
    xaridorlari uchun ishlab chiqiladi. SHu davrda, ayrim tovarlarning modelini 
    yangilash va talabni shakllantirishning har xil tadbirlari o‗tkaziladi. 


    256 
    Reklamada tovarning amaliyotdagi iste‘molchilar tajribasida sinalgan 
    xususiyatlari ko‗proq yoritiladi, imtiyozlar va narxni pasaytirishgacha qo‗llaniladi. 
    Tovar bozorining etilish (pishgan) davrida tovarning to‗la assortimenti 
    bozorga kiritilgan va 50 foizdan ortiq xaridorlarga kerakli tovar bilan ta‘minlangan 
    bo‗ladi. Endi tovarni asosan konservativ dunyoqarashli xaridorlar sotib olishadi. 
    Talabni rag‗batlantirish tadbirlari asosan tovarning foydaliligini yoritishga 
    qaratiladi. 
    Tovar bozorining to‗yinishi davrida tovar asosan sotilishi, bozorda 
    iste‘molchilarning qaytadan xarid qilishlari hisobiga amalga oshiriladi. Talabni 
    rag‗batlantirish siyosati samara bermay qoladi. SHuning uchun bozorda yaxshi 
    talabga ega tovarlar qoldiriladi. Ammo reklama susaytirilmay, aksincha 
    kuchaytiriladi. Narx pasaytirilib, tovar ko‗pchilik xaridorlarga yaqinlashtiriladi. 
    Tovar bozorining tushkunlik davrida talabni va sotishni rag‗batlantirish 
    tadbirlari shu tovar uchun to‗xtatiladi. Sotuvchilarga qaratilgan rag‗batlantirish 
    tadbirlari, asosan tovar sotilishi hajmini ko‗paytirish maqsadida olib boriladi: 

    pul mukofoti berish; 

    qo‗shimcha dam olish kunlari, firma hisobidan sayoxatlarga borish; 

    qimmatbaho sovg‗alar; 

    ma‘naviy rag‗batlantirish; 

    korxona faoliyati reklamasi; 

    xayriya ishlarida faol qatnashish va boshqalar. 
    Talabni shakllantirish va sotishni rag‗batlantirishda «pablik rileyshnz» 
    tadbirlari katta yordam beradi. Bu atama «jamoatchilik bilan murosa» ma‘nosini 
    beradi, «pablik rileyshnz»ning turli ta‘riflari bor, ulardan eng muvaffaqiyatli 
    chiqqani - bu atamani jamiyatda tovar va firma haqida yaxshi taassurotlar yaratish 
    maqsadlarida o‗tkaziladigan tadbirlar majmui deb ta‘kidlaydilar. «Pablik 
    rileyshnz» va marketing bir birini to‗ldiradi. «Pablik rileyshnz» yashirin shakldagi 
    reklamaning bir turi bo‗lib, maqsadga muvofiqligi va tadrijiyligi bilan ajralib 
    turadi. Agar pasayib borayotgan talab sharoitida reklama faoliyati to‗xtatiladigan 


    257 
    bo‗lsa, «Pablik rileyshnz»ni firmaning bozorga o‗rnashgan kunidan boshlab to 
    uning bozorda bo‗ladigan oxirgi kuniga qadar o‗tkazish zarur. 
    Shuningdek, ko‗rgazma va yarmarkalar marketing va reklamaning samarali 
    vositalari sanaladi. 
    Ko‗rgazma va yarmarkalarning eng yaxshi tomoni - xaridorlarga tovarni 
    uning haqiqiy kiyofasida taqdim etish imkoniyati borligidadir. Ko‗rgazma ham, 
    yarmarka ham tijorat-tomosha tadbirlari hisoblanadi. Ularning o‗rtasidagi farq 
    shundan iboratki, ko‗rgazma istalgan shaharda har xil sabablar bilan, hatto tovarsiz 
    tashkil etish mumkin. Yarmarka esa, qat‘iy sur‘atda va muntazam ravishda bir 
    joyda o‗tkaziladi. Bundan tashqari, ko‗rgazma garchi unda bitishuvlar o‗tkazilgan 
    bo‗lsa ham o‗z ruhiga ko‗ra asosan ma‘rifiy-targ‗ibot yo‗nalishiga ega, ko‗p 
    hollarda unda «kelajak tovarlari» ham namoyish qilinadi. Yarmarka esa, birinchi 
    navbatda tijorat yo‗nalishi bilan ajralib turadi, unda hali talabdan qolmagan «eski» 
    tovarlar ham bo‗lishi mumkin. 
    Shunday qilib, yarmarka - bu davriy faoliyat qiluvchi, bozor ya‘ni belgilangan 
    muddatlarda bir joyda muntazam to‗planadigan bozordir. Yarmarkaning maqsadi - 
    uning ishtirokchilariga o‗zlari ishlab chiqargan mahsulotlar namunalarini 
    ko‗rsatishga imkoniyat yaratib berish, savdo bitimlari tuzish maqsadlarida yangi 
    yutuqlar va texnik kamolatni namoyish qilishdan iborat. Savdo-sanoat 
    ko‗rgazmalari bir yoki bir qancha mamlakat ishlab chiqarishning bir yoki bir necha 
    sohalarida, fan va texnika sohasida erishgan ilmiy-texnika yutuqlarini ko‗rsatish 
    maqsadlarida tashkil etiladi. O‗z ishtirokchilari va tashqi iqtisodiy aloqalardagi 
    iqtisodiy aloqalardagi iqtisodiy ahamiyatga ko‗ra, ko‗rgazma hamda yarmarkalar 
    milliy va xalqaro turlarga bo‗linadi. O‗z mamlakatida o‗tkaziladigan milliy 
    ko‗rgazma va yarmarkalarda chet el xaridorlari ham qo‗yiladi, lekin tovar sotish 
    huquqi milliy firmaga qat‘iy berilgan bo‗ladi. 
    Hozirgi zamon sharoitlarida bir mamlakatning hukumati yoki sanoat 
    birlashmalari boshqa mamlakatda tashkil etadigan milliy ko‗rgazmalarda o‗z 
    mamlakatining yutuqlari va tovar munosabatlarining rivojini namoyish qiladi. 
    O‗tkazish muddati va usullariga ko‗ra, ular quyidagi turlarga bo‗linadi: qisqa 


    258 
    muddatli ko‗rgazmalar, ko‗chma ko‗rgazmalar, namunalar doimiy ko‗rgazmasi, 
    savdo markazlari, savdo haftaliklari. 
    Qisqa muddatli ko‗rgazmalar uch haftadan ortiq bo‗lmagan muddatda 
    o‗tkaziladi. Bunday ko‗rgazma yo umumiy mazmunda, ya‘ni o‗z mamlakatining 
    barcha ishlab chiqarish faoliyati sohalaridagi yutuqlarini namoyish etadi yoki 
    ixtisoslashgan bo‗lib, biron bir tarmoq yutuqlarini ko‗rsatadi. 
    Ko‗chma ko‗rgazmalar turli transport vositalaridan foydalanib, tomoshabinlar 
    doirasini kengaytirish maqsadlarida tashkil etadi. Keyingi yillarda yirik kemalarda 
    ko‗rgazmalar tashkil etish tobora keng rasm bo‗layotir. YAponiya, Angliya, 
    SHvetsiyada bunday ko‗rgazmalar yirik kema bortlarida tashkil etiladi, kema bir 
    qancha davlatlarning savdo shaharlarida bo‗lib, qo‗yilgan tovarlarni namoyish 
    etadi, shuningdek savdo-sotiq ham qiladi.
    Namunalar doimiy ko‗rgazmasining aksariyati o‗z mamlakatining chet 
    ellardagi diplomatik konsul xonalari va boshqa vakolatxonalarida tashkil etiladi, 
    chet ellardagi ehtimol tutilgan xaridorlarga namunalar bo‗yicha shartnomalar 
    tuzish uchun eksport mahsulot namunalari namoyish etiladi. Milliy tashkilotlar 
    tomonidan chet ellar tashkil qilinadigan doimiy savdo markazlari katta ahamiyat 
    kasb etadi. Bunday markazlar o‗zlari joylashgan mamlakatda ixtisoslashtirilgan 
    ko‗rgazmalar tashkil etish bo‗yicha keng faoliyat olib boradi: ekspotsent firmalarga 
    bepul ko‗rgazma maydonlari beradi, o‗z hisobidan ko‗rgazmani loyihalash va 
    rasmiylashtirish, ochishni amalga oshiradi, ko‗rgazma ishtirokchilariga bozordagi 
    holatlar haqida axborot etkazib beradi. 
    Ko‗rgazma va yarmarkalarning yangi turi savdo haftaliklari nomini oldi. 
    Bunday tadbirlar odatda yirik shaharlardagi universal do‗konlarda iste‘mol 
    tovarlarini namoyish tatbiq sotish uchun tashkil etiladi. 
    Xalqaro ko‗rgazma va yarmarkalar tovar muomalasiga xizmat ko‗rsatadi. 
    Ularda har qanday mamlakat firmalari xech qanday cheklashlarsiz ishtirok etishi 
    mumkin. Xalqaro ko‗rgazma va yarmarkaning eng ustun tomoni - ularda turli 
    mamlaktlarda ishlab chiqariladigan juda ko‗p tovarlarning namunalari to‗planadi. 
    Bu esa, xaridorga qisqa vaqt davomida bozorda mavjud takliflar bilan tanishib 


    259 
    chiqish, mutaxassislardan kerakli maslahatlarni qiyoslash, muzoqaralar o‗tkazish, 
    tijorat shartlarini kelishib olish va eng muhimi, shartnoma imzolash imkonini 
    beradi. 
    Namoyish etiladigan eksponatlar xarakteriga ko‗ra, xalqaro ko‗rgazma va 
    yarmarkalar universal va ixtisoslashgan turlarga bo‗linadi. Universal ko‗rgazma va 
    yarmarkalarda eksponatlar muayyan tovarlar guruhlari bilan chegaralanmaydi. 
    Ularda barcha yoki ko‗pgina sanoat tarmoqlari mahsulotlari namoyish qilinishi 
    mumkin. Ixtisoslashgan ko‗rgazma va yarmarkada esa, faqat bir yoki bir necha 
    turdosh sanoat tarmoqlari tovarlari, ba‘zan biron bir amaliy fan yutuqlari namoyish 
    qilinadi. 

    Download 3,14 Mb.
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   195




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish