Bog'liq 1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing
Bob bo„yicha xulosalar Kommunikatsiya siyosati – bu tovarni bozorga siljitish usullari yig‗indisidir.
Kommunikatsiyaning asosiy vositalari bo‗lib pablik rileyshnz – jamoat bilan aloqa;
reklama; sotishni rag‗batlantirish; maxsus ko‗rgazmalar; shaxsiy sotuv hisoblanadi.
Reklama - bir tomonlama ommaviy kommunikatsiyaning to‗lovli turi bo‗lib,
u aniq bir homiydan chiqib, firma faoliyatini bevosita yoki bilvosita qo‗llab-
quvvatlashga xizmat qiladi.
Shaxsiy sotuv- bu «o‗lchalik» kommunikatsiya yakka ikki tomonlama bo‗lib
(dialog) maqsadi mizojni tuxtovsiz tarzda harakatga keltirishga undash. Bir
vaqtning o‗zida firma uchun axborot manbai hamdir.
Sotishni rag‗batlantirish – bu ma‘lum bir muddatda sotish hajmini oshirish
maqsadida turli rag‗batlantirish vositalaridan foydalanish hisoblanadi. Bu
rag‗batlantirish vositalariga: mukofotlar, chegirmalar, ketma-ket tovarni sotib
olgani uchun sovg‗alar, lotereya va uyinlar o‗tkazish, tovar bilan qo‗shimcha
narsalar qo‗shib berish, bepul etkazib berish va o‗rnatish, ma‘lum muddatda
sotilgan tovarga bepul xizmat ko‗rsatish va boshqalar kiradi. Marketingda
kommunikatsiya deb biz har xil auditoriyalar adresiga, shu jumladan, xaridorlar,
sotuvchilar,
ta‘minotchilar, aksionerlar, boshqaruv organlariga firmadan
yuboriladigan signallar majmuini tushunamiz.
Savdoni avj oldirish-shaxsiy reklama va shaxsiy savdoni to‗ldiruvchi hamma
tovarni sotishni tezlashtirish va ma‘lum kengaytirishga qaratilgan vaqtincha
choralarni o‗z ichiga oladi.
Jamoatchilik bilan aloqa - aniq maqsadga qaratilgan xarajatlar yordamida
tashkilot va uning turli auditoriyalari orasida, o‗zaro bir-birini tushunish va
ishonchli ruhiy holat yaratishga xizmat qiladi. Bu erdagi kommunikatsiyaning
maqsadi faqat sotishgina emas, balki firma faoliyatini qo‗llab-quvvatlash hamdir.
Bu an‘anaviy muloqot vositalaridan tashqari quyidagi bevosita kommunikatsiya
turlari: salonlar, yarmarkalar, ko‗rgazmalar, pochta orqali tarqatish, telemarketing,
kataloglar orqali savdo ham mavjud.
266
Chakana savdodagi reklamani qo‗llash joyiga, vazifasiga texnikaviy
vositalarni qo‗llash va ulardan foydalanish uslublariga qarab bir-biridan farq qiladi.