288
hisoblanadi. Internet kompaniyalar uchun kompyuter ekrani oldida o‗tirgan yangi
mijozning e‘tiborini biror soniyalar ichida jalb qilish imkonini berdi.
Hozirgi vaqtda to‗g‗ridan-to‗g‗ri marketing faol rivojlanib bormoqda.
Buning asosiy sababi – kompyuter tarmoqlaridan foydalangan holda yangi
elektron kommunikatsiya vositalaridan foydalanishdan iborat.
Aksariyat
kompaniyalar to‗g‗ridan-to‗g‗ri marketingning korxonaning kommunikatsiya
siyosatiga ta‘sirini etarlicha baholay olmaydilar va ularga
marketing
kommunikatsiyalari strategiyasida biroz e‘tibor qaratib o‗tadilar.
Integratsiyalangan to‗g‗ridan-to‗g‗ri marketing to‗g‗ridan-to‗g‗ri marketing
vositalarini reklama, savdoni rag‗batlantirish, jamoatchilik bilan loqalar hamda
shaxsiy savdolar bilan bir qatorda va o‗zaro aloqada ilgari surish majmui
bo‗g‗inlaridan biri sifatida ko‗rib chiqadi.