284
1. Interaktiv marketing mijozlarning sodiqligini oshiradi. Bozorlarni
barqarorlashtirish sharoitida yangi mijozlarga sarflanuvchi xarajatlar mavjud
mijozlarni ushlab qolish xarajatlarnidan ko‗proqdir.
SHuning uchun mijozlarning
sodiqligini oshirish – xarajatlarni sezilarli qisqartirish, binobarin korxona ishi
amaradorligini oshirishga to‗g‗ridan-to‗g‗ri yo‗ldir.
2. Interaktiv marketing, iste‘molchi bilan suhbatga asoslangan mijoz uchun
qo‗shimcha axborot servisini yaratish yo‗li, ya‘ni mijoz boshqa ta‘minotchiga
o‗tishda amalga oshiradigan qo‗shimcha xarajatlar – ko‗chish
xarajatlari yaratish
yordamida firmaning raqobatbardoshligini oshiradi. Ko‗chish xarajatlari tizimi
firma tomonidan taklif etilgan tovar taklifining tabaqalanishini oshiradi.
3. Interaktiv marketing iste‘molchiga alohida yondashuvni ko‗zda tutadi.
Bunda iste‘molchilarning tovar va xizmatlar narxi va sifatiga talablarini muntazam
ravishda oshirib borish yo‗nalishini hisobga olgan holda ahamiyatlidir.
4. Interaktiv marketing axborot kommunikatsiya texnologiyalarining
hozirgi yutuqlarini samarali qo‗llaydi (internet, ma‘lumotlar bazasini boshqarish
tizimi, GRM-tizimlar va h.k.).
5. Interaktiv marketing iste‘molchilarning afzalliklari
va ularning firma
tomonidan qondirilishi samaradorligini doimiy monitoring qilib borish imkonini
beradi.
6. Interaktiv marketing real bozor sharoitlarida tovar taklifining biror-bir
tarkibiy qismlarini test qilish imkonini beradi. Tovarning ustunliklari,
namunalar,
narxlar, tarqatish vositalari, jo‗natma ro‗yxatlarini sinab ko‗rish mumkin. Tovar
taklifining asosiy unsurlarini dastlabki testdan o‗tkazish mijozlarga xizmat
ko‗rsatish sifati va kompaniyaning raqobatbardoshligini
oshirish uchun
firmaning marketing siyosatiga o‗z vaqtida tuzatish kiritish imkonini beradi.