Kommunikatsiyaning
mohiyat va elementlari
Reja:
1.Kommunikatsiya va kommunikatsion jarayon
2.Tashkiliy kommunikatsiyaning tasnifiy sxemasi
Kommunikatsiya turlari.
3.
Kommunikatsiya - bu kishilar o’rtasidagi o’zaro axborot
almashuvidir. Rahbarlar qilayotgan hamma ishlar
axborotlarning samarali almashishini talab qiladi. Yaxshi yo’lga
qo’yilgan kommunikatsiya ish muvaffaqiyatini ta'minlaydi.
Umuman har bir rahbar 50 dan 90% gacha vaqtini
kommunikatsiyaga sarflaydi. Shu sababli, shuni tasdiqlash
mumkinki, menejer faoliyatining samaradorligi eng avvalo
kommunikatsiya samaradorligiga, ya'ni:
• kishilar bilan yakkama-yakka suhbat olib borish qobiliyati;
• telefonda so’zlashuv qobiliyati;
• rasmiy xujatlarni tuzish va o’qiy olish qobiliyati;
• majlislarda qatnashish madaniyati kabilarga bog’liq.
So’rovlar shuni ko’rsatadiki, 73% amerikalik, 85% yapon, 63%
angliyalik rahbarlar,
kommunikatsiya
, qo’yilgan maqsadga
erishish yo’lidagi bosh to’siq deb hisoblaydilar. Yana bir boshqa
so’rovga ko’ra 2000 turli kompaniyaning 250 ming xodimi
korxonalarda axborot almashish eng qiyin masaladan biri deb
biladilar.
Korxona (tashkilot) kommunikatsiyasi - bu o’ta
murakkab, ko’p bosqichli tizim bo’lib, o’z tarkibiga nafaqat
tashkilot ichidagi, shuningdek uning tashqarisidagi axborot
almashuvini ham oladi.
Jismoniy va ijtimoiy nuqtayi nazardan yondoshiladigan
Kommunikatsiyalar mavjud. Jismoniy nuqtayi nazardan
yondoshiladigan Kommunikatsiyani aloqa ham deb
ataladi. Aloqa faza joylashgan nuqtalar, qurilmalar yoki
kishilar oʻrtasida mos aloqa kanalы boʻyicha axborotlarni
uzatish jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Inson yaratgan
texnikaviy
tizimlarda
quyidagi
4
ta
asosiy
Kommunikatsiya turi bor:
1.«inson-inson»,
2.«inson-mashina»,
3.«mashina-inson»,
4.«mashina-mashina».
Texnikaviy darajadagi Kommunikatsiya jarayonlarida
turli xil sun’iy tillar (mas, algol, kobol va axborotlarni
avtomatik qayta ishlash uchun moʻljallangan boshqa
tillar)dan foydalaniladi. Ijtimoiy nuqtayi nazardan
yondoshiladigan Kommunikatsiya guruh yoki tashqilot
ichidagi, butun jamoa ichidagi alohida shaxslar oʻrtasida
axborot almashish jarayonini oʻz ichiga oladi. Bunday
turdagi Kommunikatsiya, asosan, tabiiy til yordamida
amalga oshiriladi. Yakka Kommunikatsiyada inson
axborotni aniqlashi va idrok etishi (oʻzlashtirishi) katta
ahamiyatga ega. Guruh yoki tashqilot ichidagi
Kommunikatsiya uchun shu guruh yoki tashqilot aʼzolari
orasida munosabatlarning taqsimlanishi, qabul qilingan
Kommunikatsiya qoidalarining xususiyatlari ahamiyatli.
|