Ommaviy kommunikatsiya deganda ommaviy axborot
vositalari orqali keng miqyosdagi xabarlar yoki maʼlumotlarni
yuborish, qabul qilish, almashish jarayoni tushunilishi mumkin.
Xabarlarni bir vaqtning oʻzida bir nechta odamga yetkazish
ommaviy kommunikatsiya deb ataladi.
U jurnalistika va
reklamani oʻz ichiga olgan media texnalogiyalar turli shakllaridan
foydalanadi.
Yuqorida taʼkidlaganimizdek, bir vaqtning oʻzida koʻplab qabul
qiluvchilarga xabarlarni uzatish
ommaviy kommunikatsiya
hisoblanadi, ammo toʻliq maʼnoda ommaviy kommunikatsiyani
mintaqalar va butun dunyo boʻylab axborotning keng aylanish
jarayoni sifatida tushunish mumkin.
Ommaviy kommunikatsiya orqali maʼlumot
odatda axborot
manbalaridan uzoqda boʻlgan koʻplab odamlarga tezda uzatilishi
mumkin. Ommaviy kommunikatsiya radio, televidiniya, ijtimoiy
tarmoq, , gazetalar,
jurnallar, kitoblar,va internet kabi koʻplab
vositalar yordamida amalga oshiriladi. Hozirda ommaviy
kommunikatsiyalar shiddatli tezlikda dolzarb mavzular haqida
maʼlumot tarqatish uchun foydalanilmoqda. Ommaviy
kommunikatsiya orqali tarqatilgan
axborot va media natijasida
insoniyatning
qutblanishga
asoslangan
madaniyati
shakllanmoqda.
Ijtimoiy sohada ommaviy kommunikatsiya Kommunikatsiya
fanining
kichik
sohasi
sifatida
koʻriladi.
Ommaviy
kommunikatsiya — bu „shaxs, odamlar guruhi yoki tashkilot
tomonidan axborot yaratiladigan va uni qandaydir vosita orqali
katta, anonim, bir xil boʻlmagan auditoriyaga yetkazish
jarayonidir.“Bu shuni anglatadiki, ommaviy kommunikatsiya
auditoriyasi asosan turli madaniyatlar, xatti-harakatlar va eʼtiqod
tizimlariga mansub boʻladi.
Ommaviy kommunikatsiya nazariyasida ikkita asosiy yondashuv
mavjud:
1. Minimal taʼsir modelini qoʻllab-quvvatlaydigan insonga
yoʻnaltirilgan yondashuv. Ushbu yondashuvning mohiyati
shundaki, jamiyat ommaviy kommunikatsiya vositalarini oʻz
ehtiyojlariga moslashtiradi. Ushbu yondashuv tarafdorlari
shuni taʼkidlashadiki, odamlar qabul qilayotgan axborotlarni
tanlab oʻzlashtirishadi. Ular maʼlumotlarning faqat oʻz
fikrlariga oʻxshash qismini qabul qiladilar va bu fikrga mos
kelmaydigan qismi rad etiladi. Bu yondashuvga mos
ommaviy kommunikatsiya modellari: E. Noel-Neumannning
„sukunat spirali“, V. Gamsonning
konstruktiv modeli
sanaladi.
2. Mediaga yoʻnaltirilgan yondashuv. Ushbu yondashuvning
mohiyati shundaki, inson ommaviy axborot vositalarining
taʼsiriga duchor boʻladi. Ommaviy kommunikatsiya vositalari
qarshilik koʻrsatib boʻlmaydigan dori kabi harakat qiladi. Bu
yondashuvning vakili G. Maklyuen (1911 — 1980)
hisoblanadi. U birinchi bo‘lib xabarlarni mazmunidan qatʼi
nazar,
ommaviy
axborot
vositalarining,
asosan,
televideniyaning jamoat fikrini shakllantirishdagi rolini
o‘rgandi. Makon va zamonni oʻzida
jamlagan televideniya
ularni tomoshabin idrokida birlashtiradi, shu bilan birga
oddiy narsalarga ham ahamiyat beradi. Oldin sodir boʻlgan
voqealarga eʼtibor qaratib, televideniya jamoatchilikka
yakuniy natija haqida gapirib beradi. Bu tomoshabinlar
ongida harakatning oʻzi shu
natijaga olib keladi degan
illyuziyani shakllantiradi. Maʼlum boʻlishicha, reaksiya
harakatdan oldin boʻladi. Shunday qilib, tomoshabin
televizion tasvirning tarkibiy-rezonans tarqoqligini qabul
qilishga majbur boʻladi.