261
xizmatlar ko‗rsatiladi. Reklamani tarqatish vositalariga xaqni reklama agentligi
mijoz hisobidan to‗laydi. SHu sababli ham mijoz agentlikka to‗lovlarni o‗z vaqtida
o‗tkazib qo‗yishi kerak. Reklama agentligi xizmatlari uchun xaq beruvchi
tomonidan emas, balki agentlikning reklamasidan foydalangan reklama-axborot
vositalari tomonidan to‗lanadi. Komission mukofot (vositachilik haqi)ning oddiy
miqdori reklama qiymatining 15%ini tashkil etadi. Bundan tashqari, «to‗liq xizmat
ko‗rsatish» agentliklari tomon haqi ham oladi. Tovon haqiga xarajatlarning haqiqiy
qiymati bilan birga bozorni tadqiq etish, iste‘molchilar talabi holatini tahlil qilish,
iste‘molchi ruxiyatiga ta‘sir ko‗rsatish usullarini ishlab chiqish kabi xizmatlarga
kafolatli daromadlar ham kiradi. Juda ko‗p hollarda xizmat ko‗rsatishda agentlik
mijozning reklamasi bilan bog‗liq ishlarning bir yillik umumiy qiymatini baholaydi
va oylik teng badallar ko‗rinishida gonarar oladi. Gonarar summasini belgilash
uchun buyurtmani bajarish uchun turli bo‗limlar sarf etadigan umumiy ish soatlari
miqdori hisoblanadi va soatlar soni bir soatlik ish haqi stavkasiga ko‗paytiriladi,
so‗ngra bu miqdorga qo‗shimcha xarajatlar va foyda uchun yana 25% qo‗shiladi.
Agentlik reklama vositalaridan vaqt va o‗rin sotib olgani uchun mijozga rasmiy
e‘lon qilingan tariflar bo‗yicha komission tashlamalar bilan 15% chegirib, to‗lov
varaqasi yuboradi. Chetdan material bergan va xizmat ko‗rsatganlarga to‗lanadigan
xaq varaqasida amaldagi xarajatlar keltiriladi. Yil davomida yoki oxirida
xarajatlarning baholangan va amaldagi miqdorlari o‗rtasidagi har qanday farqni
tugatish uchun ganarar summasiga tuzatishlar kiritiladi.