203
Tashqi tovar haqidagi g‗oyalar manbaiga: savdo korxonalari, xaridor va
iste‘molchilar, raqobatchilar, yarmarka va ko‗rgazmalar, tadqiqot institutlari,
ta‘minotchilar, vazirliklar va boshqa davlat institutlari kiradi.
Tovar haqidagi ichki g‗oyalar manbaiga: marketing tadqiqotlari bo‗limi,
ishlab chiqarish bo‗limi, marketing bo‗limini barcha qismlari, xalqaro iktisoiy
hamkorlik bo‗limi, tovarni tayyorlash bo‗limi kiradi.
Tovar innovatsiyasi jarayoni bosqichlari o‗z mazmuniga ko‗ra yangi tovarni
rejalashtirish jarayonini ifodalaydi.
Yangi tovarni rejalashtirishning vazifasi muqobil variantlarni qidirish va
ishlab chiqishdan iboratdir.
Yangi tovarni rejalashtirish uchun turli uslublar qo‗llaniladi. YAngi tovar
haqida g‗oyani baholashda bozorni tadqiq qilish va ijodiy uslublardan
foydalaniladi.
Iqtisodiy tahlil bosqichida foydani solishtirish, zararsizlikni baholash uslubi,
xavf-xatar tahlili uslublaridan foydalaniladi.
Tovarni ishlab chiqish bosqichlarida tovar ishlab chiqish uslublari, tovar
markasini ishlab chiqish texnikasi uslublari, xarajatlarni hisoblash uslublari
ishlatiladi.