199
9.2-rasm. Firmaning tovar strategiyasi
26
Variatsiya deganda birinchi navbatda tovarning
tashqi shakli va stili, uning
o‗rovi va tovar markasini o‗zgartirishni, tovar holatining emas, balki mavjud tovar
shakli va texnik jihozlanishning o‗zgarishini tavsiflar texnik eksplatatsion
xususiyatlarini o‗zgartirishni tushunadi.
Modifikatsiya tovar sifatini yaxshilanishidan tashqari,
uning funksional
tavsifnomalarini
takomillashtirishni
nazarda
tutadi,
bu
esa
tovarni
differensiatsiyasiga, ya‘ni uning innovatsiyasiga mansubdir.
Tovar eliminatsiyasi – samarali tovar siyosati korxonaning tovar
nomenklaturasi va ishlab chiqarish dasturini doimiy ravishda nazorat qilish va
tartibga solib borishni nazarda tutadi.
Tovar eliminatsiyasi strategiyasining vazifasi – bozorda jozibadorlik nuqtai
nazaridan shubhali va qayta tekshiruvdan o‗tishi lozim bo‗lgan
tovarlarni
aniqlashdan iborat.
Tovar variatsiyasi – ishlab chiqarilayotgan va bozorda mavjud bo‗lgan
tovarni uning ayrim xususiyatlari yoki ko‗rsatkichlarini o‗zgartirish yo‗li bilan
modifikatsiyalash.
26
Ergashxodjaeva Sh.J. Strategik marketing. Darslik. -T.: Ozbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2014. -
240b.
Tovar innovatsiyasi
strategiyasi
Tovar differansiasiyasi
Tovar diversifikasiyasi
Tovar variasiyasi
strategiyasi
funksional xususiyatlar
variasiyasi
tabiiy xususiyatlar
variasiyasi
tovar dizayni variasiyasi
imidj variasiyasi
marka va nom
variasiyasi
qo'shimcha samarani
ta'minlash variasiyasi
Tovar eliminasiyasi
ixtisoslashtirish
navni o'zgartirish
200
Variatsiya – bozorda mavjud bo‗lgan tovarlarni zamonaviylashtirish.
Eliminatsiya – ishlab chiqarish dasturidan bironta tovarni ishlab chiqarishni
chiqarib tashlash.
Tovar innovatsiyasi strategiyasi yangi tovarni ishlab chiqarish va tatbiq etish
dasturini aniqlaydi. Biroq «yangi tovar» tushunchasini turli talkinga ega va
takomillashtirishni
asoslash sifatida ishlatiladi, mavjud tovarni yangilash uchun
ishlatiladi.
Mavjud nazariya va amaliyotda innovatsiya «yangilik kiritish» va «yangilik»
tushunchalari bilan sinonim hisoblanadi.
Bozor innovatsiyasi deganda mavjud mahsulot bo‗yicha yangi g‗oyani olish,
shuningdek yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va bozorga chiqarish tushuniladi.
Tovar innovatsiyasi yangi tovarni ishlab chiqish va qo‗llashni ko‗zda tutadi va
amalga
oshirish
shakli
bo‗yicha
tovar
differensiatsiyasi
va
tovar
diversifikatsiyasiga bo‗linadi.
Tovar diversifikatsiyasi o‗zida raqobatchi tovarlardan ajralib turuvchi
qiladigan bir qator asoslangan tovar modifikatsiyasini ishlab chiqish jarayonini
mujassamlashtiradi.
Bozorni modifikatsiyalashda sotish hajmini oshirish, iste‘molchilar ishonchini
kozonish, yangi bozor segmentlariga
tovarni chiqarish, mijozlar e‘tibori va
qiziqishini ushbu firma chiqarayotgan tovarlarga qaratish, xaridorlarni tovarni
intensiv iste‘molini rag‗batlantirish orqali amalga oshiriladi.
Tovarni modifikatsiyalashda tovar sifatini oshirish,
tovar xossasini
yaxshilash, tovarni bezash va tashqi dizaynini yaxshilash ko‗zda tutiladi.
Marketing-miksni modifikatsiyalashda esa marketing elementlaridan to‗liq
ishlatishni nazorat qilish optimal maqsadda marketing elementlarini shakllantirish
va qo‗llash ko‗zlanadi.
Maqsadli bozorni o‗zlashtirish yo‗llarini qidirishda muqobil strategiyalarni
aniqlash uchun I.Ansoff tomonidan 1966 yilda taklif etilgan «tovar-bozor»
matritsasi ishlatiladi.