|
O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi
|
Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 282,6 Kb. | | #248872 |
Bog'liq 2-lab
O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
FAN: Keyingi avlod konvergent tarmoqlari
2-Labaratoriya ishi
Fakultet: Telekomunikatsiya texnologiyalari
Guruh: 412-20guruh
Bajardi: Islomov Asliddin
Tekshirdi: Normatova Dilbar
Toshkent-2024
HUAWEI FIRMASINING C&C08 KOMMUTATSIYa TUGUNINING TUZILIShI TAHLILI
Ishning maqsadi: S&S 08 tizimining texnik tavsifi va uning imkoniyatlarini, uning o‘ziga xos xususiyatlarini, funksional chizmasini, modullar vazifalarini, ularning ichki tuzilmalarini funksional chizmani yig‘ish usulini, ishlash jarayonini o‘rganish
Topshiriq: Laboratoriya ishiga tayyorlanayotgan vaqtda {1}darslik, {2} o‘quv qo‘llanma, {3} uslubiy qo‘llanmani va ushbu uslubiy qo‘llanmaning nazariy qismini o‘rganish lozim.
6-variant
SPM-markaziy protsessor moduli
Nazariy qism: SPM - xizmatlarga ishlov beruvchi modul AM/CM stativida joylashgan. Bu modul AM/CM ning tashqi interfeyslarini va markaziy ma’lumotlar bazasini ishlatadi, hamda SM kommutatsiya modulining taxminan hamma funktsiyalarini bajarish uchun resurslarni hamkorlikda ishlatadi. Shuning uchun, bu modul SM ga qaraganda yuqoriroq unumdorlikka va integratsiya da-rajasiga ega. Bundan tashqari, asosan katta sig’imli ulash liniyalar tarmog’ini tashkil qilish rejimini qyllaydi va IKM qo’llanishga tegishli xizmatga ishlov beradi. Misol uchun, 7 sonli UKS, SAS, V5, PRA/PHI signaliza-tsiyalari.
SRM BAM bilan TSR/IP 10/100 Mbit/s interfeysi orqali to’g’ridan to’g’ri bog’lanishi mumkin. SPM resurslarni hamkorlikda ishlatish moduli SPM xizmatga ishlov berish moduli uchun kerak bo’lgan hamma resurslarni beradi. Bu resurslarga, tonal signallar, ikki chastotali tonal signalizatsiyali raqam qabul qilgichi, ko’p chastotali signalizatsiyali qabul qilgich-uzatgich, telefon konferens aloqa vositalari, chaqirayotgan abonent nomerini aks ettirish vositasi va x.k. kiradi. Bu resurslarni stansiya SPM ining hamma modullari ishlatadi.
1-rasm. Apparat vositalar tuzilmasi
Faqat SPM modullari bilan tizim konfiguratsiyasini ko’ramiz. SPM AM/CM ichiga joylashtirilgan bo’lib, AM/CM moduli ta’minlaydigan E1 interfeyslari, yoki SDH optik interfeyslari orqali hamma turdagi xizmatlarni beradi. SPM katta sig’imli xalqaro, shaharlararo, tranzit stansiya sifatida ishlatishga, hamda tarmoqlararo interfeyslari bilan shlyuzli stansiyada ishlatishga mos keladi. SPM faqat AM/CM bilan birga ishlay oladi. Uni tarmoq tashkil qilishda alohida SM sifatida ishlatish mumkin emas. SPM bilan tizim konfiguratsiyasi 2.2-jadvalda ko’rsatilgan.
1-jadval
Bitta SPM 4096 gacha UL xizmat ko’rsata oladi.
SPM – xizmatlarga ishlov berish moduli AAD interfeysini ta’minlash uchun RSA - AL uzoqlashtirilgan adapteri bilan ulanadi.
SPM moduldagi A interfeysni E 16 platasi ta’minlaydi. E 16 ning har bir platasi, IKM portlarining 16 platasiga ega. R2, 5 sonli, SAS signalizatsiyasi uchun ET16 SRS platasi bilan hamkorlikda ishlaydi. 7 sonli UKC signalizatsiyasi uchun SPS bilan hamkorlik qiladi. SPM da A interfeysining ulanishi 2.2-rasmda keltirilgan.
2-rasm. SPM da A interfeysning ulanishi
2 - rasmdagi qisqartma so’zlar izohi:
SSM - aloqani boshqarish moduli;
OSI - tezkor signalizatsiya interfeys platasi;
SPM - markaziy protsessor moduli;
MNI - NW magistrali interfeys platasi;
SPS - xizmatlarga ishlov berish platasi;
LAP- kanalga ulanish imkoni protokoli platasi;
BSS - shina signallarini uzatish platasi;
SRM - resurslarni hamkorlikda ishlatish moduli;
SNET - markaziy kommutatsiya maydoni.
SM dagi A interfeysning ulanishi 2.3-rasmda keltirilgan.
SPM li tarmoqda V5 interfeysi ET16 platadagi IKM porti orqali mavjud V5 standart interfeysi yordamida AN qurilmalariga ulanish mumkin. V5 protokoliga aloqaga ishlov berish platasi CPC (Communication Prosessing Card) ishlov beradi. AN abonentlaridan raqamlarni qabul qilish funksiyasini resurslarni hamkorlikda ishlatish platasi SRC bajaradi.
SPM (xizmatga ishlov beruvchi modul) moduli bilan tarmoq rejimida UL moduli YET16 platalaridan va STU interfeys polkalaridan iborat bo’ladi. SPM 7, 5 sonli, PRA, RSA, CAS signalizatsiyalarga va x.k. ishlov beradi.
SPM ga SPM polkasi, SRM polkasi, ET16/STU platasi, CDP va x.k. pla-talari kiradi. SPM ni ulash sxemasi 2.18 - rasmda keltirilgan. SPM moduliga SPC (aloqa xizmatlariga ishlov berish), BCC (shina bo’yicha aloqa), SPC (signalizatsiya protokoliga ishlov berish) platalari kiradi.
BCC platasi shu polka shinasi bo’yicha aloqani ta’minlaydi.
SPC platasi har xil yuklanayotgan dasturiy ta’minoti yordamida signa-lizatsiyaning har xil protokollariga ishlov baradi.
SPC platasi har xil aloqa xizmatlariga ishlov berishni bajaradi.
3 – rasm. SPM ulanish sxemasi
SPC platasini SPC platasi bilan aloqasi uchun BCC plata shina resurslari ishlatiladi. Signalizatsiya zvenosiga ishlov berish uchun kerak bo’lgan fizik kanallarni MHI platasi qo’llaydigan 2,048 Mbit/s magistrali beradi. BCC/SPC har bir platasi, ikkita 2,048 Mbit/s HDLS aloqa liniyalarini beradi. Ular CCM dagi ikkita mos tekisliklar bilan bog’langan bo’ladi. SPC har bir platasi LAN kommutatori orqali BAM bilan aloqa uchun bitta Ethernet - interfeys 10/100 Mbit/s beradi.
4- rasm. SPM polkasi chizmasi
SPM polkasining asosiy texnik tavsifi va funksiyalari quyidagilardan iborat:
- SPC platasi shinasining o’tkazuvchanlik qobiliyati, sekundda 25000 davrlar, HDLS kanali uchun esa, sekundda 5000 davrlar;
- SPC platasini EKYuS da yuklama qiymati 480K yetishi mumkin; 4096 ta UL komplektlari bo’yicha chaqiruvga ishlov berish imkoniga ega;
- MTR protokoli bo’yicha ishlanganda, SPC har bir platasi 5 sonli signalizatsiya uchun to’rtta signalizatsiya zvenosini bera oladi. PHI signalizatsiyasi uchun esa, 8 ta signalizatsiya zvenosini bera oladi. RSA signalizatsiyasi uchun esa, 16 ta signalizatsiya zvenosini bera oladi;
- SPC platasi ET16 platasidan ajratilgan signal kanali bo’yicha signalizatsiyani uzata oladi. Har bir plata 8 ta HDLS aloqa liniyalarini beradi.
|
| |