158
Fanlararo aloqadorlik asosida darslarda vektorlarning fizik va geometrik
talqinlarini bayon etish texnologiyasi.
M.A. Babayeva Termiz muhandislik texnologiya instituti assistenti.
S. Turdiyev Termiz muhandislik texnologiya instituti talabasi.
Annotasiya.
Bugungi kun o‘quvchisi fanlardan nafaqat ma’lum bilim,
ko‘nikma va malakalar to‘plamini o‘zlashtirishi, balki ularni turli vaziyatlarda qo‘llay
olishlari ham zarur. Bunda integratsiyalashgan darslardan foydalanish ijodiy faoliyatni
rivojlantirish uchun
keng imkoniyatlar yaratadi, kognitiv, ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirishga, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda qo’llash, tanqidiy fikrlashni
rivojlantirishga asos bo‘ladi.
Kalit so’zlar:
integrasiya, vektor, masala, skalyar, geometriya, koordinata,
ko’paytma.
Zamonaviy ta'lim darslarni fanlararo tashkil etishni taqozo etmoqda,
darslar
o'quvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, bolaning shaxsiy tajribasiga
asoslanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'limning asosiy vazifasi - atrofdagi voqelikni
to‘la qonli o'rganish bo’lib, bunda integratsiyalashgan darslar ta’lim sifatini oshirishga
yordam beradi, darsni nostandart qiladi. Bunday darslarni ishlab chiqish bir necha fan
o‘qituvchilarining birgalikda faoliyat ko’rsatishini talab etadi va yaxshi natija beradi.
Bu o'quvchilarda fanlar bo'yicha umumiy bilim sifati va qiziqishi ortishi, yuqori
motivatsiya hosil bo‘lishi bilan izohlanadi. O'quv materialining integratsiyasi ya’ni b
ir
nechta fanda qo‘llaniladigan umumiy tushunchalar bitta fanda (albatta o‘qituvchi
tomonidan to’liq o‘rganilib) o’rganilayotganda fanlararo talqinlarini keltirish, boshqa
fanlar bilan uyg’unlashtirish
o'quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishga yordam
beradi, olingan bilimlarni real sharoitlarda qo'llash imkonini beradi, o'quvchilarning
таянч kompetentsiyalari, madaniyatini va shaxsiy fazilatlarni rivojlantirishning muhim
vositasi hisoblanadi.
Matematikaning asosiy tushunchalaridan
biri bu vektor tushunchasi
hisoblanadi. Vektor tushunchasi matematika, mexanika, texnikaning turli jabhalarida
keng foydalaniladi. «Vektor» terminining o‘zi 1845
yilda Vilyam Rouen Gamilton
tomonidan kiritilgan. O’tgan asr oxiri va hozirgi asr boshlarida vektorlar ustida amallar
va uning qo’llanishi keng rivojlandi.
Vektorlar ustida qo‘shish va songa
ko‘paytirish, vektorlarning skalyar, vektor va aralash ko‘paytmalari, vektorlarni bazis
159
fazoda almashtirish, vektorlarni proyeksiyalash vektorli algebraning predmeti
hisoblanadi.
Vektor algebrasi, vektor analizi vektor fazosining umumiy
nazariyasi kabi bilimlar
hozirgi zamon fizikasining asosiy qismi bo’lgan nisbiylik nazariyasida keng
ishlatilishi natijasida yanada mustahkamlandi. Vektor matematikaning elementar,
analitik va differensial geometriya bo‘limlarida qo‘llaniladi. Vektorli algebra fizika va
mexanikanig turli bo‘limlariga, kristallografiyaga, geodeziyaga tatbiq qilinadi.
Vektorlar nafaqat fizika va matematikada balki boshqa ko‘plab fanlarda qo’llaniladi.
Vektorlar va ular ustida amallardan foydalanib geometriya
va fizika fanlarida
uchraydigan masalalarni qulay usulda yechish mumkun.
Fizikada «vektor» so‘zi ancha
keng ma’noda ishlatiladi. Masalan, tezlikni vektor deb yuritiladi. Ammo, geometrik
vektorning uzunligi metrlarda, tezlikning absolut qiymati esa sekundiga metrlarda
o‘lchanishining o‘zidanoq tezlikning geometriyada qabul qilingan ma’nodagi
vektor
emasligi ko‘rinib turibdi. Biz geometriyada tezlikni vektor emas, balki vektor
kattalik deymiz. Umuman, vektor kattaliklar, o‘zlarining
modulidan tashqari,
yo‘nalishi bilan aniqlanadi. Ma’lum masshtab tanlab olinganda vektor kattaliklar geo-
metrik vektorlar bilan tasvirlanadi. Bunda vektor kattaliklami qo‘shishga ularni
tasvirlovchi geometrik vektorlami qo‘shish, vektor kattaliklami sonlarga ko‘paytirishga
esa ularni tasvirlovchi geometrik vektorlami o‘sha sonlarga ko‘paytirish mos keladi.
Hisoblashga, yasashga hamda trigonometriya elementlarini qo`llashga oid masalalarni
vektorlarni qo`llab yechish ancha qulay. Vektorlar yordamida geometrik va fizik
masalalarni samarali yechishda nafaqat vektor аlgebrasi qonunlaridan foydalana olish,
balki masalani vektor “tili”da o`girish va masala yechish usulini to`g`ri tanlay olish
talab etiladi.
Vektorlar tatbig‘iga oid bir nechta masalalarni ko‘rib chiqaylik.