183
umuman iqtisodiyotda o‗z mavqeini mustahkamlash uchun kurash. Raqobat ko‗p
qirrali iqtisodiy hodisa bo‗lib, u bozorning barcha sub‘ektlari o‗rtasidagi murakkab
munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarni etkazib beruvchilar o‗rtasidagi raqobat
o‗zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, er, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish
uchun amalga oshiriladi.
Raqobat – bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki uning qonunidir.
Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‗jaligining eng muhim belgisi,
rivojlantirish usuli hisoblanadi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar)
o‗rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda
keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‗z mavqeini mustahkamlash
uchun kurashdan iborat.
Raqobatning ikki usuli bor:
narx vositasida raqobatlashuv, narxdan
foydalanmay raqobatlashuv. Erkin raqobat davrida raqobat kurashning bosh usuli
tovarni raqibinikidan pastroq narxda sotish bo‗lgan. Bu usulni qo‗llash uchun
korxona boshqalarnikidan ko‗ra unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq
ishchilarni yollashi va mehnatni yaxshiroq tashkil etishi kerak.
Faqat shu
holdagina, uning tovarini individual qiymati bozor qiymatidan past bo‗lib, bu
narxni tushirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiyotning monopollashuvi raqobat
kurashi usullarini ham o‗zgartiradi. Endi narx vositasida amalga oshiriluvchi
raqobat usullari o‗rnini narx bilan bog‗liq bo‗lmagan usullar egallay boshlaydi.
Raqobat kurashida mahsulot sifati, mahsulotni sotish shart-sharoitlarini yaxshilash
va reklama qilishning ahamiyati ortib boradi.
Narx bilan bog‗liq bo‗lmagan raqobat usullarining qo‗llanishi o‗zaro
kurashda narxdan foydalanilmaydi degan gap emas. U ko‗proq yashirin tus
olmoqda, ya‘ni tovarlar e‘lon qilingan narxlardan arzonga sotiladi, bundan
boshqalar ogoh etilmaydi. Bu, ayniqsa, mavsumiy tovarlar sotishda qo‗llanadi.
Narx vositasidagi raqobat jahon bozoriga ham kirib borgan.
U erda narx bilan
raqobat qilish po‗lat, gazlama, elektronika, kimyoviy va qishloq xo‗jalik
mahsulotlari bozorlariga xosdir.
184
Zamonaviy raqobat sharoitida hamkorlik qilish – raqobat ustunligini
shakllantirish sharti sifatida harakatlanib, qarama-qarshi raqiblikdan o‗zaro
aloqadagi raqiblikka ztish zarurdir. Bunda strategik sheriklik asosida turli guruhlar
tuziladi.
Raqobatbardoshlik – kompaniyada aniq raqobatli ustunlikni mavjudligi va
ushbu ustunlikdan raqobat kurashida foydalanish qobiliyatidir.
Mahsulot bo‗yicha raqobatning ikkita usuli mavjud bo‗lib, ularga narxli va
narxsiz raqobat usulini kiritish mumkin.
Mahsulotning raqobatbardoshligi
bozor ulushi, talab dinamikasi, talabning
elastikligi kabi ko‗rsatkichlar orqali baholanadi. Uning omillariga esa narx-sifat,
savdodan keyingi xizmat, etkzib berish shartlari, iste‘mol xarajatlari kiradi.
Tovarning
sifati
uning
raqobatbardoshligini
belgilovchi
asosiy
ko‗rsatkichlardandir. Tovarning sifati o‗z ichiga ko‗plab elementlarni oladi. Bular
birinchi navbatda mahsulot tayyorlash jarayoni va foydalanish xususiyatlari. Bular
o‗z navbatida tovarning uzoq muddatga chidamliligi, ishonchliligi, fond sig‗imi
kabi ko‗rsatkichlarni o‗z ichiga oladi. Keyingi vaqtlarda
tovarlarning ekologik
tozaligi, xususiyatlari, estetik ko‗rsatkichlari ko‗proq ahamiyat kasb etmoqda.
Tovarning sifat darajasini aniqlashda normativlar, sifat standartlariga javob berishi
nazarda
tutiladi.
Tovar
siyosatini
aniqlash
mezoni,
hamda
uning
raqobatbardoshligini
ta‘minlovchi
mezoni,
bu
uning
patent
bilan
himoyalanganligidir. Bunda ixtirochi - korxonaga shu tovarni ishlab chiqarishga
huquqni saqlab qoladi, qachonki, boshqa korxona ushbu tovarni ishlab
chiqarmoqchi bo‗lsa, litsenziya (ruxsatnoma) olishi lozim.
Tovarlar sifatini
ifodalovchi umumiy ko‗rsatkichlar quyidagilardir: ishlab chiqarilgan tovarlar
tarkibida ayrim sifatli tovarlarning ulushi va mikdori, ilg‗or tajriba natijalariga
javob beruvchi va alohida xususiyatlari.