-rasm. Tovarlar raqobatbardoshligini ta‟minlovchi unsurlar




Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/195
Sana10.01.2024
Hajmi3,14 Mb.
#134246
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   195
Bog'liq
1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

8.8-rasm. Tovarlar raqobatbardoshligini ta‟minlovchi unsurlar 
Firmalar o‗rtasida quyidagi raqobatni o‗zgartirish variantlari mavjud: 

Raqib firmalar sonini o‗sish bilan raqobat kuchayadi. 

Ko‗pgina katta firmalar boshqa firmaga birlashib lider darajasiga chiqish 
uchun aniq choralar qabul qilishi asosida raqobat kuchayadi. 

Tovarga bo‗lgan talab sekin o‗sganda raqobat kuchli bo‗ladi. 
Tovarlar raqobatbardoshligini ta‘minlovchi unsurlar 
Jahon standartlariga mos holda ishlab chiqarilishi 
Nou - xauning yaxshi yo'lga qo'yilganligi 
Yangi texnika texnologiyalardan foydalanish 
Korxona marketing siyosatining yaxshi yo'lga 
qo'yilganligi 
Ishlab chiqarish xarajatlarini maksimal tarzda 
kamaytirish va boshqalar 


172 

Qachon tarmoqda xo‗jalik yuritish sharoitlari firmani narxini 
pasaytirishga olib kelsa yoki sotish hajmini oshirishdan boshqa vositalari 
qo‗llanilsa raqobat kuchayadi. 

Qachon xaridor xarajatlari bitta marka iste‘molidan uncha katta 
bo‗lmagan boshqasiga o‗tayotganda raqobat kuchayadi. 

Qachon bitta yoki bir necha firmalar o‗zining bozor ulushidan 
qoniqmagan bo‗lsa raqobat kuchayadi. 

Muvaffaqiyatli strategik qarorlarning foydaning o‗sishi bilan proporsional 
holda raqobat kuchayadi. 

Qachon bozordan chiqish xarajatlari katta bo‗lganda to‗siqlar yuqori 
bo‗lganda raqobat kuchayadi. 

Qachon strategiyalar, resurslar,tashkiliy xususiyatlar, firma missiyalari 
yuqori darajada farq qiladagan bo‗lsa raqobatning borishini aytish mumkin.
Tarmoq raqobatbardoshligi mazkur tarmoqda ishlab chiqariladigan 
tovarning raqobatbardoshligiga bevosita bog‗liq. Korxonalar raqobatbardoshligi 
tarmoqdagi holatga va uning mavqeiga ta‘sir ko‗rsatadi, lekin aynan tovarning 
raqobatbardoshligi, o‗z navbatida, korxonalarning raqobatbardoshligiga bevosita 
ta‘sir ko‗rsatgan holda ular uchun ham hal qiluvchi omil hisoblanadi. Tarmoq va 
korxona (firma)ning raqobat jihatdan ustunliklari bir-biriga o‗xshash bo‗lib, ular 
tashqi va ichki ustunliklarga bo‗linadi. 
Tarmoq va firmaning tashqi raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi: 

mamlakat raqobatbardoshligining yuqori darajasi; 

kichik va o‗rta biznesning davlat tomonidan faol qo‗llab-quvvatlanishi; 

mamlakat iqtisodiyoti faoliyat ko‗rsatishining sifatli huquqiy tartibga 
solinishi; 

jamiyat va bozorlarning ochiqligi; 

mamlakat iqtisodiyotini boshqarishning yuqori ilmiy darajasi; 

standartlashtirish va sertifikatlash milliy tizimining xalqaro tizim bilan 
uyg‗unlashuvi; 


173 

fan va innovatsiya faoliyatining davlat tomonidan tegishlicha qo‗llab-
quvvatlanishi; 

mamlakatni boshqarishni axborot bilan ta‘minlashning yuqori sifati; 

mamlakat ichida va jahon hamjamiyati doirasida integratsiyalashuvning 
yuqori darajasi; 

mamlakatda past soliq stavkalari; 

qulay va arzon resurslarning mavjudligi; 

mamlakatda boshqaruv kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlashning 
sifatli tizimi va boshqalar. 
Tarmoq (firma)ning ichki raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi: 

tovarga bo‗lgan yuqori ehtiyoj; 

jamlash, ixtisoslashuv va kooperatsiyaning optimal darajasi; 

boshqaruvning yuqori sifatli axborot va me‘yoriy-uslubiy asosi; 

etkazib beruvchilarning raqobatbardoshligi; 

sifatli xomashyo va boshqa resurslardan foydalanish imkoniyatining 
mavjudligi; 

resurslardan foydalanish samaradorligini optimallashtirish ishlarining 
bajarilishi; 

tub yangiliklarning yuqori darajasi (patentlangan tovar, texnologiyalar, 
axborot tizimlari va h.k.); 

menejerlarning raqobatbardoshligi; 

tovarning eksklyuzivligi; 

ko‗p ilm talab qiluvchi tovarlar eksportining yuqori ulushi; 

raqobatbardosh tashkilotlar va tovarlarning yuqori salmog‗i va 
boshqalar. 

Download 3,14 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   195




Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Tovarlar raqobatbardoshligini ta‟minlovchi unsurlar

Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish