177
bilan o‗ssa;
Tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uncha katta bo‗lmagan
xarajatlarga ega;
Tarmoq ishlab chiqarayotgan tovarlar tez buzuluvchiga kiradi;
Ishlab chiqarish hajmiga bog‗liq bo‗lgan
kompaniyaning tarmoqdagi
doimiy xarajatlari yuqori;
Raqobatchilar turli xil strategiyalar tanlaydi,har xil usullar bilan harakat
qiladi.
YAngi raqiblarning kirib kelish xavfi. Bozorga kirib kelish ehtimoli katta
bo‗lgan potensial raqiblar firma uchun jiddiy xavf-xatar bo‗lib, firma bu xatarni
kamaytirishga urinishi, undan o‗zini
himoya qilishi, kirish to‗siqlarini vujudga
keltirishi lozim.
Ushbu xavfning qay darajada jiddiyligi kirish to‗siqlarining balandligiga va
potensial raqibga qaratilgan reaksiya kuchiga bog‗liqdir. Kirish to‗siqlari
quyidagicha bo‗lishi mumkin:
miqyosdan tejash, ya‘ni kirib kelayotgan firmani keng ko‗lamli ishlab
chiqarishni tashkil qilishga majbur qilish yoki unga xarajatlar bo‗yicha zarar
ko‗rish xavfini vujudga keltirish;
xaridorlarni
yangi
firmaning
tashviqotlariga
e‘tibor bermaslikka
undaydigan marka imijining kuchi;
faqat ishlab chiqarishni o‗zlashtirish emas,
balki reklama xarajatlarini
qoplash uchun zarur bo‗lgan kapitalga bo‗lgan ehtiyojlar;
xaridordan mashhur ishlab chiqaruvchining tovaridan yangi firmaning
tovariga o‗tishda talab qilinadigan real yoki ruhiy qayta qurishga sarflanadigan
o‗tish xarajatlari;
sotuv tarmoqlariga kirish: ulgurji sotuvilar yangi tovarlarni olishda juda
ehtiyotkor bo‗lishlari kerak, shunda yangi firma yangi tovar uchun yangi sotish
kanalini tashkil qilishga majbur bo‗ladi;
bozorda oyoqqa turib olgan firma ega bo‗lgan tajriba samarasi va
xarajatlar
bo‗yicha afzallik ayniqsa qo‗l mehnati sektorlarida juda katta ahamiyatga ega
178
bo‗lishi mumkin.
O‗rinbosar tovarlar - muayyan iste‘molchilar
guruhi uchun muayyan
funksiyani bajaruvchi, biroq boshqa texnologiya asosida ishlab chiqarilgan
tovarlardir. O‗rinbosar tovarlarning bozorga kirib kelishiga, masalan, fan-texnika
taraqqiyoti yoki narx siyosatining o‗zgarishi sabab bo‗lishi mumkin -
mikrokompyuterlar narxining pasayib borishi an‘anaviy pochtaning elektron aloqa
tomonidan siqib chiqarilishiga sabab bo‗ldi. O‗rinbosar
tovarlarning narxi tovar
bozoridagi firmalar belgilashi mumkin bo‗lgan eng yuqori chegara vazifasini
o‗taydi. O‗rinbosar tovarning narxi xaridorlar uchun qanchalik foydali bo‗lsa, tovar
bozorida narxni ko‗tarish imkoniyatlari shunchalik cheklangan bo‗ladi.
O‗rinbosar tovarlar o‗sha xaridorlar guruhi uchun xuddi shu funksiyani
bajaruvchi tovarlar, lekin boshqa texnologiyaga asoslangan. Bu permanent xavf
yaratadi, chunki o‗rnini bosish xavfi doimo majud. Ushbu xavflar texnologik
yutuqlar natijasida o‗sishi mumkin. O‗rinbosar tovarlarga bo‗lgan haqiqiy
narxlar
tovar bozorida harakat qiluvchi firmalar belgilashi mumkin bo‗lgan eng yuqori
baholarni aniqlaydi. O‗rinbosar tovarlar foydalanuvchilarni qanchalik qoniqtirsa,
tovar bozorida narxlarning o‗sish imkonyati shunchalik chegaralangandir.
Mijozlar o‗z ta‘minotchilari bilan ma‘lum miqdorda savdolashish qobiliyatiga
egadir. Ular firmani narxlarni pasaytirishga majbur qilib, keng xizmatlar
kompleksini va yanada yaxshi to‗lov sharoitlarini talab qilib,
firma u yoki bu
harakatining potensial rentabelligiga ta‘sir etishlari mumkin. YAxshi sharoitlarga
erishish qobiliyati darajasi qator omillarga bog‗liq:
markazlashgan mijozlar guruhi yoki uni xaridining hajmi ta‘minotchi
savdosining anchagina qismini tashkil: bu yirik sotish tarmoqlari va savdo
markazlari holatidir;
mijoz tomonidan xarid qilinadigan tovarlar uning o‗z xarajatlarining
muhim qismini tashkil etadi, bu esa uni yanada ko‗proq savdolashishga undaydi;
sotish tarmoqlariga kirish: yangi tovarlarni kiritishda ehtiyotkor bo‗lish
kerak, ko‗pincha yangi firmalar yangi sotish kanalini tashkil etishga majbur
bo‗ladi;
179
tajriba samarasi va harakatlar bo‗yicha afzalliklar;
tovarlar kuchsiz differensiyalangan va mijozlar boshqa ta‘minotchilarni
topishga ishonadilar;
ta‘minotchilar almashinuvi bilan bog‗liq o‗tish xarajatlari mijoz uchun
muhim emas;
mijoz talab, bozordagi haqiqiy narx va ta‘minotchining xarajatlar
to‗g‗risida etarli ma‘lumotlarga ega.
Bundan kelib chiqadiki, xaridorlarni tanlash muhim strategik qarordir. Firma
mijozni tanlash siyosatiga amal qilgan holda o‗z raqobat sharoitini anchagina
yaxshilab olishi mumkin.
Ta‘minotchilarning mijozlardan manfaatli shartlarga erishish qobiliyati
shundan iboratki, ular o‗z ta‘minoti uchun narxni oshirishi, ma‘lum mijozga
etkazib beradigan tovarlar sifatini pasaytirish
yoki hajmini chegaralash
imkoniyatiga ega. SHu yo‗l bilan kuchli ta‘minotchilar mijozlar harakati
rentabelligiga ta‘sir etishlari mumkin.
Ta‘minotchilarga tijorat tomonidan yordam beruvchi sharoitlar quyidagilardir:
ta‘minotchilar guruhi mijozlar guruhiga qaraganda ko‗proq markazlashgan;
ta‘minotchilar o‗rinbosar tovarlar tomonidan xavfni his etmaydilar;
firma ta‘minotchi uchun muhim mijoz sanalmaydi;
tovar mijoz uchun muhim ishlab chiqarish vositasi bo‗lib hisoblanadi.
Raqobatchi kuchlarni tahlil qilishni yakunlar ekanmiz, shuni ham qayd qilib
o‗tish mumkinki, bozor kuchi va potensial daromad bozordagi vaziyatga qarab
juda keng diapazonda o‗zgarib turishi mumkin.