174
balki shu bozordagi potensial raqiblar, o‗rinbosar tovarlar,
mijozlar va etkazib
beruvchilar kabi kuchlarning ta‘siriga ham bog‗liqdir. Potensial raqiblar va
o‗rinbosar tovarlar firma uchun bevosita xavf uyg‗otsa, mijozlar va etkazib
beruvchilar esa o‗zlarining talablari bilan bilvosita tahdid solib turadi (rasmga
qarang). Mana shu kuchlarning o‗zaro ta‘siri oxir-oqibatda
tovar bozorining
rentabelligini belgilaydi. Tabiiyki, raqobat muhitini tashkil qiluvchi asosiy kuchlar
turli bozorlarda turlicha bo‗lishi mumkin (8.9-rasm).
8.9-rasm. Kengaytirilgan raqobat konsepsiyasi
Raqobatning besh kuchi quyidagilar:
Mavjud kompaniyalar uchun yangi raqobatchilar, yangi qatnashuvchilarni
bozorda paydo bo‗lishi imkoniyati;
Iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilariga ta‘minotchilaning ta‘sir
etish
imkoniti;
Xaridorlarning bozorda hukmronligi (rыnochnaya vlast);
Ma‘lum tovar o‗rinbosarlarining bozorda paydo bo‗lish imkoniyati;
Bozorda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar o‗rtasidagi raqobat.
Potensial
raqobatchilar
O‘rinbosarlar
Ta‘minotchilar
Mijozlar
Tarmoqdagi raqobatchilar
Ishlayotgan firmalar o‘rtasidagi
raqobat
Yangi raqiblarning kirib kelish xavfi
O‘rinbosar
tovarlar xavfi
Etkazib
beruvchilarning
savdolashish
qobiliyati
Mijozlarning
savdolashish
qobiliyati
175
Birinchi kuch, bozorda mavjud kompaniyalar tomonidan to‗siqlar mavjud
bo‗ladi.Tarmoqqa kirishdagi to‗siqlar turli sabablarga ko‗ra tug‗ilishi mumkin va
turli xarakterga egadir.
Tarmoqqa raqobatchilarni
kirishini cheklash, to‗siqlarni tug‗dirish, yaratish
uchun 6 ta shart-sharoit ko‗rsatiladi:
Ishlab chiqarishning yuqori masshtabi,tejashni
yaratadi,qachonki bozorda
yangi kompaniya xulq atvoriga juda ta‘sir etadi.Masshtab hisobiga tejash yangi
firma uchun uncha qat‘iy bo‗lmagan sharoitdir.
Maxsulot differensiatsiyasi
Nisbatan yuqori xarajatlar
Kapitalga ehtiyoj
Taqsimot kanallari.
Masalan: Mobil aloqa bozorida yangi raqiblarni kelish imkoniyati uncha katta
emas.Bu
shu bilan tushuntiriladiki,bozor shakllangan faoliyatni amalga oshirishi
uchun katta xarajatlar talab etiladi,shuningdek tarmoqqa kirishdagi yuqori to‗siqlar
bilan birgalikda. Bu ushbu tarmoqning faoliyatida raqobat kuurashida aks etadi va
uning xususiyatlarini yaratadi. Bozor ishtirokchilari yangi kompaniyalar tamonidan
raqobatdan qo‗rqmaydi.
Ikkinchi kuch ta‘minotchilarni bozor kuchi.
U ular taklif etayotgan tovarlavr yoki xizmatlarni narxini va sifatini
o‗zgarishi imkoniyati bilan ifodalanadi.
Ta‘minotchilar imkoniyatini raqobatga ta‘sirini ta‘minlaydigan
bir qator
omillar ajratiladi:
Agar tarmoqda uncha ko‗p sonli bo‗lmagan kompaniyalar bo‗lsa va ular
cheklangan sonli xom-ashyo ta‘minotchilari bilan ishlasa,
ularning raqobat
holatiga ta‘siri aniq bo‗ladi;
Agar maxsulot nodir bo‗lsa, ta‘minotchi tarmoqdagi raqobatga ta‘sir
ko‗rsatadi;
Ta‘minotchilar tarmoqdagi raqobatga ta‘sir etishi mumkin;
Ta‘minotchilar tarmoqqa kirishga aniq harakatlar yordamida xalaqit berishi
176
mumkin;
Ta‘minotchilar tarmoq holati bilan xavotirlanmaydi.
Bu juda xavfli holat ,ta‘minotchi o‗z narxini qo‗yib,xaridor qiziqishlarini
hisobga olmay,istimolchilar tamonidan o‗tkazilgan tadqiqotlarni qo‗llab-
quvvatlamaydi.