169
Mezodarajadagi
raqobatbardoshlikni
baholashda
firmaning
raqobatbardoshligini baholash ko‗zda tutiladi. Iqtisodiyotni globallashtirish davrida
uning samaradorligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot talabgirligining yagona
mezoni bo‗lib raqobatbardoshlik hisoblanadi. Hozirgi vaqtda "raqobatbardoshlik"
tushunchasining yagona ta‘rifi mavjud emas. Ushbu tushuncha talqinlarining ko‗p
bo‗lishi ehtimolini belgilab beruvchi asosiy omillar - bu iqtisodchilarning turli xil
boshlang‗ich pozitsiyalari hamda ishlab chiqaruvchi sifatida faqat alohida korxona,
tarmoq yoki butun iqtisodiyotning ko‗rib chiqilishidir. Raqobatbardoshlik - nisbiy
tushuncha, chunki bir turdagi bozorlarda muvaffaqiyatli raqobatlashuvchi tovar
boshqa bozorlarda umuman raqobatbardosh bo‗lmaydi.
Bu hol tashqi va ichki
bozorlarda raqobatbardoshlikni chegaralash zaruratini keltirib chiqaradi.
Shunday
qilib,
raqobatbardoshlik
sohasida
umumiy
konsepsiyani
shakllantirish uchun mazkur holatning barcha tomonlarini hisobga olish lozim.
Biroq qator mamlakatlar tajribasiga ko‗ra ichki bozordagi raqobat xalqaro
raqobatning asosi hisoblanadi.
O‗zi uchun yangi hisoblangan bozorga kirib borish,
ishlab chiqarishni
kengaytirish yoki uni qisqartirish, texnologik jihozlarni modernizatsiya qilish,
yoxud ishlab chiqariladigan mahsulotni yangilash
maqsadida investitsiyalarni
amalga
oshirishda,
albatta,
ishlab
chiqaruvchi
yoki
korxonaning
raqobatbardoshligini baholash talab etiladi.
Tovarlar raqobatbardoshligini ta‘minlovchi unsurlar 8.7 - rasmda keltirilgan.
Ularni 3 ta turga ajratish mumkin:
funksional xususiyati;
firmalararo ta‘siri;
shakli bo‗yicha mahsulotlarni solishtirish mumkin.
Mahsulot bo‗yicha raqobatning ikkita usuli mavjud bo‗lib, ularga narxli va
narxsiz raqobat usulini kiritish mumkin.
Mahsulotning raqobatbardoshligi bozor ulushi,
talab dinamikasi, talabning
elastikligi kabi ko‗rsatkichlar orqali baholanadi. Uning omillariga esa narx-sifat,
savdodan keyingi xizmat, etkazib berish shartlari, iste‘mol xarajatlari kiradi.