1
12-mavzu.Chuqur joylashgan poydevorlar
Reja:
CHuqur joylashuvchi
poydevorlarni qo’llash sharoitlari.CHuqur
joylashgan
poydevorlar turlari: pastlashuvchi quduqlar, yupqa temirbeton qobiqlar, kessonlar.
Ularning turlari, qurilmalari. CHuqur joylashgan poydevorlarni loyihalash va
o’rnatish texnologiyalari. CHuqur joylashgan poydevorlar o’lchamlarini aniqlash
usullari.
12.1.Umumiy ma’lumotlar
Zaminga katta qiymatli tik hamda yotiq yo’nalgan bosimlarni uzatuvchi o’ta
og’ir inshootlarning mustahkamligini ta’minlash
uchun odatda, ularning
poydevorlarini yetarlicha yuk ko’tarish qobiliyatiga ega bo’lgan chuqur joylashgan
qatlamlarga o’rnatish lozim bo’ladi.
Bunday chuqur tabiiy qatlamlarga yetib borish uchun ko’pincha ustun qoziqli
poydevorlarni qo’llash imkoniyati bo’lmay qoladi,
chunki bunday hollarda
nihoyatda uzun va og’ir qoziqlar ishlatishga to’g’ri keladi. Bu qoziqlarni esa
xozirgi zamon texnikasi yordamida o’rnatishga imkoniyat yo’q,
yengil va qisqa
qoziqlarga kelsak, ularning soni rostverkka joylashtirib bo’lmaslik darajada
ko’payib ketadi. SHuning uchun bunday hollarda maxsus usullar bilan o’rnatiluvchi
chuqur joylashtiriladigan poydevorlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Xozirgi vaqtda chuqur joylashtiriladigan poydevorlarning
quyidagi turlari
mavjud:
1. Pastlashuvchi quduqlar.
2. Kesson poydevorlari.
3. Temir-beton qobiqlar.
O’z og’irligi ta’sirida pastlashuvchi quduqlar va yig’ma-temir-beton
qobiqlarni o’rnatishdagi shartlarga muvofiq qalin qatlamli bo’sh gruntlar tarkibida
yirik toshlar, turli daraxt ildizlari yoki turli tog’
jinslari bo’laklari bo’lmasligi talab
etiladi. Aks holda kesson poydevorlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.