• P.16.4. Pastlashuvchi quduqlar rejada qanday shaklga ega
  • P.16.2. Pastlashuvchi quduq nima?




    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/11
    Sana23.12.2023
    Hajmi0,5 Mb.
    #127316
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    12-mavzu.Chuqur joylashgan poydevorlar

     
    P.16.2. Pastlashuvchi quduq nima? 



    Bunday poydevorlar to’g’risida gap ketganda, ichki bo’shlig’idan grunt qazib 
    olish xisobiga o’z og’irligi ta’sirida chuqurlashib boruvchi quduqlar 
    tushuniladi.Pastlashuvchi quduqning pastki va yuqorigi qismi ochiq simmetrik 
    konstruktsiyadan iborat. U qurilish joyini o’zida betonlanishi mumkin yoki tayyor 
    elementlardan yig’iladi (P.16.1-rasm). 
    Pastlashuvchi quduqlar o’z og’irligi ta’sirida gruntga yuklanadi. Qo’shimcha 
    ravishda uning yig’ma konstruktsiyalarini yuklash uchun tebratkich ishlatilishi 
    mumkin. Yuklash davomida uning ichidan grunt qazib olinadi. Buning uchun 
    greyferli yoki boshqa turdagi ekskovatorlardan foydalaniladi yoki suv yordamida 
    yuvish asosida quduq ichidagi grunt chiqarib tashlanadi. Quduqni belgilangan 
    satxga o’rnatilgandan so’ng uning ichki bo’shlig’i qisman yoki to’la beton bilan 
    to’ldiriladi. Pastlashuvchi quduqdan chuqurlashtirilgan inshootlarni poydevori 
    sifatida foydalanish mumkin. 
     
    P.16.3. Pastlashuvchi quduqlar qanday materiallardan tayyorlanadi? 
    P.16.2-rasm. Pastlashuvchi quduq: 
    a-grunt yuzasiga o’rnatish; b-quduqni chuqurlashtirish; v-qo’shimcha bo’laklar yordamida 
    quduqni uzaytirish; g-mustaxkam grunt qatlamiga o’rnatilgan pastlashuvchi quduq; d-tubi 
    maxkamlangan pastlashuvchi quduq. 


    10 
    Pastlashuvchi quduqlar tosh, g’isht (g’isht terimi), yog’och, metall, beton va 
    temir-betonlardan tayyorlanadi. Ko’pincha beton va temir-beton qo’llaniladi. 
    P.16.4. Pastlashuvchi quduqlar rejada qanday shaklga ega? 
    Pastlashuvchi quduqlar rejada simmetrik ko’rinishga ega bo’lib, uning shakli 
    yumaloq, kvadrat, to’g’ri to’rtburchak (ichki parda devorga ega bo’lgan va ega 
    bo’lmagan) shakllarga ega (P.16.4-rasm). Uning eng qulay shakli yumaloq 
    shakldagisi xisoblanadi. Ularni gruntga yuklash jarayonida qiyshayib ketmasligi 
    uchun simmetrik shaklda tayyorlanadi. 
    Ko’pincha pastlashuvchi quduqlar rejada inshootning asosini takrorlaydi. 
    Pastlashuvchi quduqni yuklash jarayonida uning pastlashishiga qarshilik 
    ko’rsatuvchi ishqalanish kuchlarini kamaytirish maqsadida pastlashuvchi quduq 
    perimetrini uning yuzasiga nisbatan kichikroq va tayanadigan yuzasini kattaroq 
    qilib olinadi. Ularni tashqi yukdan to’shama grunt qatlamiga tushayotgan tayanch 
    bosimi va kerakli jixozlarni pastlashuvchi quduqning ichki xonalariga joylashtirish 
    imkoniyatidan 
    foydalangan 
    xolda 
    aniqlanadi. 
    Pastlashuvchi 
    quduqlarni 
    tayyorlashda betonga nisbatan temir-betonni qo’llanilishi uning devorlarini 
    yupqaroq qilishga shuningdek, quduqqa yanada murakkabroq shakl berish 
    imkoniyatini yaratadi.

    Download 0,5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish