8
o’rnatiladi. Loyihada ko’rsatilgan
sathgacha tushirilgach, qobiq ichidagi grunt
gidroelevator yordamida olib tashlanib, uning o’rni beton bilan to’ldiriladi. Bunday
qobiqlar gruntga
bosim ostida, burab va tebratish yo’li bilan o’rnatiladi.
Takrorlash uchun savollar
1.
CHuqur joylashuvchi poydevorlarning qanday turlari mavjud?
2.
Pastlashuvchi quduqlarni qanday o’rnatiladi?
3.
Pastlashuvchi quduqlar rejadagi shakli, materiali va bo’ylama
kesimi
bo’yicha qanday turlarga bo’linadi?
4.
Pastlashuvchi quduqlarni hisoblashning asosiy mohiyati nimadan iborat?
5.
Kesson poydevorlarni o’rnatish jarayoni qanday tarzda amalga oshiriladi?
6.
Kesson poydevorlariga qanday kuchlar ta’sir qiladi?
7.
Temir-beton qobiqlar haqida qanday tasavvurga egasiz?
P.16.1. CHuqur joylashuvchi poydevorlar qanday sharoitlarda
o’rnatiladi?
Quyidagi hollarda chuqur joylashuvchi poydevorlardan foydaliniladi:
-agarda inshoot (er osti va chuqurlashtirilgan inshootlar)
chuqurroq grunt
qatlamlariga o’rnatiladigan bo’lsa;
-agarda inshoot yuqori qiymatli yukni xosil qilsa,
yuqorigi qatlam sezilarli
qalinlikdagi bo’sh gruntlardan, pastki qatlam esa
mustaxkam qoya gruntlaridan
iborat bo’lsa;
-agarda inshoot zaminga sezilarli gorizontal yukni uzatsa;
-agarda grunt qatlamida kattaroq qalinlikdagi grunt suvlari bo’lsa.