• 4 Xulosa 5 Foydalanilgan adabiyotlar O‘yma yoki grunt karyeridan grunt olib ko‘tarma qurish
  • Mavzu: Qoya gruntlik joylarda o‘yilmalarni qazish va yirik bo‘lakli gruntlardan ko‘tarmalarni qurish




    Download 29.46 Kb.
    bet1/3
    Sana01.03.2024
    Hajmi29.46 Kb.
    #165298
      1   2   3
    Bog'liq
    Qoya gruntlik joylarda o‘yilmalarni qazish va yirik bo‘lakli gruntlardan ko‘tarmalarni qurish
    Matematik analiz, Mavzu Tarmoqlararo ekran texnologiyalari Reja (1), KONDENSATORLAR SIG, Muqobil energiya manbalari, Datchiklar va ularning asosiy xarakteristikalari, 1-Lab, Тезлик датчиклари, Mavzu № faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psi, 2 5202069160623873264, Namuna referat, ПИИ Узбекистан показатели, Перспективы развития и пути совершенствования контейнерных перевозок, Презентация к теме, dffdffddfdffd, sddddww3333222

    Mavzu: Qoya gruntlik joylarda o‘yilmalarni qazish va yirik bo‘lakli gruntlardan ko‘tarmalarni qurish
    ishlari sifatini boshqarish;


    Reja:

    1 O‘yma yoki grunt karyeridan grunt olib ko‘tarma qurish
    2 Tog‘ yon bag‘rida yo‘l poyining konstruktiv xususiyatlari va uning ish bajarish usuliga ta'siri.
    3 Yo‘lning tog‘ yon bag‘ridagi namunaviy ko‘ndalang kesimi

    4 Xulosa
    5 Foydalanilgan adabiyotlar

    O‘yma yoki grunt karyeridan grunt olib ko‘tarma qurish
    O‘ymalardan olinadigan gruntlar ko‘tarmalarni qurish uchun ishlatiladi.
    Faqat ayrim hollarda bu gruntlar ag’dargichga surib tashlanadi. Bunday holat tog‘ sharoitida yo‘l qurilishida ko‘p uchraydi. Ayrim hollarda grunt o‘ta namlangan yoki minerologik tarkibi yaxshi bo‘lmagani sababli ko‘tarma uchun yaroqsiz hisoblanadi. Ammo ko‘pincha ko‘tarma uchun grunt manbaini qidirish lozim, chunki tekislik sharoitida yoki baland-pastligi kam joylarda o‘yma ko‘tarmaga nisbatan kam bo‘ladi. Gruntning asosiy massasi yo‘ldan har xil masofada joylashgan grunt karyerlaridan olinadi. Asosiy ishlarni bajarish uchun buldozerlar, skreperlar, ekskavatorlar va bilan frontal yuklagichli transport vositalari ishlatiladi. Mashinalarni tanlash ishlab chiqarish sharoitiga: gruntning tarkibi va holatiga, tashish masofasiga, ishning muddati va hajmiga, mashinalar saroyining borligiga bog‘liq. Gruntni kichikroq masofaga (100-150 m gacha) surishda buldozerlar yoki frontal yuklagichlardan foydalaniladi, katta masofalarda – skreperlar, ekskavatorlar va frontal yuklagichli transport vositalari ishlatiladi. 100 m gacha tashish qilishda buldozerlar, 100 dan 300 m gacha aravali skreperlardan foydalanish samaralidir. Gruntlarni 2-2,5 km masofagacha tashishda yarim aravachali skreperlar (o‘zi yurar) avtomobil-samosval bilan birgalikda ishlayotgan, cho’michining hajmi 1,6 m3 bo‘lgan bitta cho’mich ekskavatorga nisbatan samaraliroqdir. Tashish masofasi 3 km gacha bo‘lganda avtomobil- 91 samosval bilan birga ishlayotgan, cho’michini hajmi 1,6 m3 dan kichik bo‘lgan bitta cho’michli skreperlar ekskavatorga samaraliroqdir. Gruntlarni tashish masofasi 2 km dan ortiq bo‘lganda ish unumdorligi 350 m3 /soat bo‘lgan rotorli ekskavatorlardan foydalanilganda yer ishlari ancha arzonga tushadi. Keltirilgan dastlabki xulosalarni taxminiy deb qarash kerak, chunki umuman hisobga olinmagan yoki qisman hisobga olingan boshqa ko‘pgina omillar ta'sir qilishi mumkin. Masalan, ekskavator bilan birga ishlayotgan avtomobillar. Gruntlarni tashish masofasiga va ekskavator kovishining sig‘imiga mos keladigan avtomobilning muqobil yuk ko‘tarish qobilyati bo‘ladi. Ob'ektdagi ish hajmi va boshqa omillar samaradorlik ko‘rsatkichlariga ta'sir qiladi. Shuning uchun yetakchi mashinalarning muqobil variantini tanlashda aniq sharoit har tomonlama tahlil qilinadi va texnikiqtisodiy hisoblash bilan asosiy omillarni va ko‘rsatkichlarni hisobga oluvchi yechim qabul qilinadi. O‘ymalarni o‘yish va qo‘shni ko‘tarmalarni buldozer bilan qurish. Buldozerlar quvvati va tortish kuchiga ko’ra guruhlarga bo‘linadi: o‘ta og‘ir – tortish kuchi 250 kN gacha; og‘ir – 150; o‘rtacha – 100; yengil – 50; kichik hajmli – 2.5 kN. Yurish qismiga ko’ra buldozerlar gusenisali va g‘ildirakli; ag’dargichini boshqarishiga ko’ra mexanik va gidravlik uzatkichli; ag’dargichning o‘rnatilishiga ko’ra burilmaydigan va buriladigan (universal) ag’dargichli. Buriladigan ag’dargich traktor bo‘ylama o‘qining ikkala tomonidan 90 va 600 burchak ostida o‘rnatilgan va mustahkamlangan bo‘lishi mumkin. Ayrim buldozerlarda ag’dargich gorizontal tekislikka 5o qiyalikda o‘rnatiladi. Universal buldozerlar gruntni faqat oldinga emas, yon tomonga ham suradi. Buldozerning imkoniyatini kengaytirish va ish samaradorligini oshirish uchun u ag’dargichli qanotcha, to’sqich, yumshatkichli tish bilan jihozlanadi.
    Ko’pincha ag’dargichli burilmaydigan buldozerlar qo‘llanadi. Yo‘l poyini qurishda buldozerning ish sikli gruntni qirqish, surish, yotqizish va orqaga qazish joyiga bo‘sh yurishdan iborat. Gruntni buldozer bilan ishlash gruntni qirqish va to’plashdan iborat. Buldozer samarali ishlashi uchun montaj qilingan traktorni tortish kuchlari o‘zgaruvchan bo‘lishi kerak: eng ko‘pi – gruntning boshida eng kami – oxirida qirqish. Ag’dargich maksimal chuqurlikka kirganda qirqishni boshlash kerak, ag’dargicholdida kerakli miqdorda grunt xosil bo‘lishi bilan uning chuqurligini kamaytirib boriladi. Qirqilgan grunt qoziq shaklida bo’ladi (6.4, a- rasm). Pastga qiyalik bilan ishlashda tortish kuchining oshishi gruntni ko‘proq tasmali yoki qoziqli shaklda kavlashga imkon beradi.
    Ag’dargich oldidagi grunt hajmi 50% dan ko‘p oshadi. Buldozer qiyaligi 30‰ gacha bo‘lgan yo‘l bo‘lagida, gruntni qirqishda yuqoridan pastga harakatlanib va orqaga harakatlanganda tepalikka ko‘tarilib, ishlashi mumkin.
    Gruntni qirqish va to’plash jarayoniga 12-18 s vaqt ketadi. Yotqiziladigan joyga gruntni surish uni ag’dargicholdiga to’plash tugallangandan so‘ng darrov boshlanadi. Gruntlarni surishda yo‘qotilishni 94 kamaytirish uchun ikki usul qo‘llanadi: gruntni tabiiy holatida transheya bo‘yicha; buldozerni oldingi o‘tishida to‘kilgan grunt to‘plamidan xosil bo‘lgan transheya bo‘yicha. Buldozer bilan bitta izdan bir necha marotaba o‘tib kavlashidan gruntda transheya xosil qilinadi. Transheya bo‘yicha buldozerni bitta o‘tishida grunt hajmi o‘rtacha 20% ga ortadi. Gruntda transheya qazish mumkin bo‘lmasa (sochuluvchan qumli yoki quruq to‘kma gruntlari), grunt bitta izdan bir necha marotaba suriladi, natijada ag’dargichning chetida grunt to‘plami xosil bo‘ladi, ularning orasida transheya yuzaga keladi. Bu holda to‘plamning balandligi 40-60 sm ga yetishi mumkin, keyinchalik gruntni transheyada surish vaqtida yo‘qotilish deyarli bo’lmaydi.
    Gruntni transheyasiz surishda ag’dargich oldida bir xil hajmidagi gruntni xosil qilish uchun ag’dargichni 1,0-1,5 sm ga botirish kerak. Buldozerdan foydalanilganda yer ishlarining asosiy hajmi (60% gacha) transheya usuli bilan bajariladi. Grunt yo‘qotishini kamaytirish uchun buldozer ag’dargichli qanotcha bilan jihozlanadi, u bitta siklda ag’dargich oldidagi grunt hajmini oshiradi, natijada ish unumdorligi 1,5 marta oshadi. To’sqichlar ag’dargichning yuqorisidagi gruntning to‘kilishiga yo’l qo’ymaydi. Ag’dargichli qanotcha va boshqa kengaytiruvchilar bilan jihozlangan buldozerlarning kamchiligi harakatchanligi kamayadi. Surilgan gruntni yoyish har xil usullar bilan olib boriladi. Eng ko‘p qo’llanadigan qatlamlab yoyish usuli 6.5 rasmda ko‘rsatilgan.
    Gruntni yoyishda buldozerning ag’dargichi harakat davomida 15-20 sm balandga ko‘tariladi va grunt kerakli qalinlikdagi qatlam bilan bir tekis yoyiladi.
    Bu usul “o‘zidan yotqizish” usuli deb ataladi.
    Buldozer bilan gruntni yotqizish. Qatlamlab yotqizishning boshqa usulida, mashinist gruntni yotqiziladigan joyga olib kelib, buldozerni to‘xtatmasdan, tezlikda ag’dargichni balandlikka ko‘taradi va ag’dargichli 1,0 - 1,5 m ga ko‘tarilgan holatda oldinga yuradi, undan so‘ng mashinani to‘xtatib, ag’dargichni gruntga qo‘yadi, orqa uzatmani qo‘shadi va orqaga yurib, ag’dargichning orqa tomoni bilan keltirilgan gruntni tekislaydi. Bu usul “o‘ziga” deb ataladi. Gruntni kattaroq qalinlikda yotqizish uchun uni yoyishning boshqa usullari ishlatiladi. Avval keltirilgan grunt bir-biridan ma'lum masofada yotgan ayrim to‘plam holida qoldiriladi keyin ag’dargichni kerakli balandlikka ko‘tarib, buldozer gruntni talab qilingan qalinlikda yoyadi. Gruntni ayrim to‘plam holida yoyishda ularning balandligi taxminan 0,6 – 0,7 m bo‘ladi, bunda orasidagi masofa shunday bo‘lishi kerakki, yon qiyalik asosi birbiriga tegib tursin.
    Tekislangandan so‘ng 0,25 - 0,3 mli qatlam xosil bo‘ladi. Gruntni «yarim siqiq» holida yoyishda to‘plam balandligi 0,7 - 0,9 m bo‘lib, ularni tekislagandan so‘ng 0,6 - 0,8 mli qatlam hosil bo‘ladi. 96 Gruntni “siqiq” holatda yoyishda to‘plamning balandligi 1,0 - 1,2 m ga yetadi, ularni tekislagandan so‘ng 0,6 - 0,8m qatlam xosil bo‘ladi. Ag’dargich gruntdan bo‘shagandan so‘ng mashinist buldozerni dastlabki holatiga qaytaradi. Gruntni surish masofasining uzoqliligiga qarab mashina orqaga yurib (mashina orqaga aylanmaydi) yoki oldi bilan (mashina aylanadi) harakatlanib, dastlabki holatiga qaytadi. Agar grunt 50 m dan kam masofaga surilsa, buldozer bo‘sh yurishni orqaga yurib bajaradi.
    Uncha chuqur bo‘lmagan (taxminan 6 m gacha) o‘ymalarni kavlab olingan gruntdan ko‘tarmaga yondoshgan uncha katta bo‘lmagan yo‘l bo‘lagi quriladi. Bu holda gruntni surish masofasi 100 m dan oshmaydi, shuning uchun bunday ishlarga buldozer qo‘llanadi. O‘ymani o‘yish “yarusli-transheya” usuli bilan bajariladi. Gruntni 20 - 25 m dan ko‘p masofaga surishda oraliq uyumli chizmadan foydalaniladi. Ko‘tarmani qurish ko‘pincha “qatlamlab” usuli bilan amalga oshiriladi. Har bir qatlamda gruntni yoyish, ko‘tarmani eng uzoq qismida, chetidan o‘rtaga qarab boshlanadi. Ishni, asosan, qamrab olish masofasining ikkita ishchi qismda olib boriladi: bittasida grunt yotqiziladi, ikkinchisida zichlashtiriladi. Ko‘tarmaning asosini tayyorlash va o‘yma egallab turgan maydondan o‘simlik qatlamini olish asosiy ishlar boshlanishidan avval, yuzani tekislash va yon qiyalikni mustahkamlash tugallangandan so‘ng bajariladi. Har bir yarus va transheyani qazish ko‘tarmaga yaqin turgan o‘ymaning oxiridan boshlanadi va qurilayotgan ko‘tarma qatlamining eng uzoq tomoniga suriladi. Transheyalar orasidagi gruntni har bir yarus kavlangandan so‘ng, ko‘tarmaning uzoq tomonidan boshlab, buldozerni transheyaga burchak ostida harakatlantirib olinadi. U ko‘tarmada harakatlanganda grunt yo‘qotilishining oldini olish maqsadida ag’dargichida qanotcha yoki ag’dargichli “xokandoz” turidagi bor buldozerlardan foydalaniladi.
    Buldozerlarni juft ishlatish maqsadga muvofiqdir, bunda o‘ymadagi ikki qo‘shni transheyadagi gruntni qirqish uni 97 surish ikkita buldozer bilan bir vaqtda olib boriladi. Gruntni surib bo‘lgandan so‘ng ko‘tarmaning bosh bo‘lagiga buldozerlar shunday suriladiki, bunda ag’dargichlar orasidagi masofa 15 - 20 sm dan oshmasin. Shunday holatda keyinchalik ular bir xil tezlikda gruntni umumiy to‘plam holatida yotqiziladigan joyga suradilar.

    Download 29.46 Kb.
      1   2   3




    Download 29.46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Qoya gruntlik joylarda o‘yilmalarni qazish va yirik bo‘lakli gruntlardan ko‘tarmalarni qurish

    Download 29.46 Kb.