P.16.4-rasm. Pastlashuvchi quduqlar ko’ndalang kesimining turli shakllari




Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana23.12.2023
Hajmi0,5 Mb.
#127316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
12-mavzu.Chuqur joylashgan poydevorlar

P.16.4-rasm. Pastlashuvchi quduqlar ko’ndalang kesimining turli shakllari


11 
 
P.16.5. Pastlashuvchi quduqlar qanday konstruktiv xususiyatlarga ega?
Quduq devorining ostki qismi o’tkirlanb, unga grunt qatlamida erkin pastga 
qarab xarakatlanishi uchun qulay shakl beriladi. O’tkirlangan qismi armaturalanib, 
uning 
ichiga 
burchaklik 
yoki 
shvellerdan 
iborat 
bo’lgan 
metall 
payvandlanadi.Quduq qirquvchi qismining qalinligi 150-400 mm ga teng. 
Quduqning bo’ylama kesimi esa chetki devorlari tik yoki pastlashish jarayonida 
grunt bilan ishqalanishni kamaytirish uchun zina shaklida loyixalanadi. Devorining 
qalinligi ba’zan 2-2,5m gacha yetadi. Quduqni betonlash ishlari uni pastlashish 
jarayonida bosqichma-bosqich olib boriladi.
Pastlashuvchi quduqlar chuqurligi umuman cheklanmaydi. Xozirda bunday 
quduqlarning 70 m va undan ortiq chuqurlikkacha o’rnatilgan hollari ma’lum.
Pastlashuvchi quduq ichidagi grunt greyfer yoki elektr yordamida olib 
tashlanadi.
 
P.16.6. Pastlashuvchi quduqlar qanday eng katta o’lchamlarga ega?
Eng katta barpo etilgan quduqning rejadagi o’lchami 78x28 m, qo’yilish 
chuqurligi 26 m, uchki qismidagi devorining qalinligi 3,8 m, yuqorida esa 1,9 m ga 
teng. Yig’ma pastlashuvchi quduqning diametri 20 m, qo’yilish chuqurligi esa 30-
40 m dan kattadir. Eng yirik yig’ma pastlashuvchi quduqning diametri 38 m, 
qo’yilish chuqurligi 60 m ga teng. Birxillashtirilgan panellardan balandligi 11 m 
gacha bo’lgan quduqlar yig’iladi. Kerak bo’lganda ularni ulab uzaytirish mumkin. 
Yig’ma quduqlarning diametri 8-24 m, chuqurligi 25 m va undan katta bo’ladi. 
 
P.16.7. Pastlashuvchi quduqni pastlatish jarayoni qanday amalga 
oshiriladi? 


12 
Quduqlar grunt yuzasiga tik xolatda o’rnatiladi va u o’z og’irligi ta’sirida 
pastlasha boshlaydi. Pastlashish jarayonini qiyshayishsiz qat’iy tik tarzda amalga 
oshirish lozim. Agarda quduqning bir tomoni notekis o’tirib qolsa, uni ikkinchi 
tomoni orqali tekisligi ta’minlanadi. SHuningdek, quduqning pastlashishiga 
qarshilik ko’rsatuvchi turli xarsang toshlar, daraxtlarni qoldiqlari va shunga 
o’xshashlarni mavjudligini xam taxlil qilish lozim. Suv satxini kamaytirish xisobiga 
quduqlarning pastlashishini tezlashtirish mumkin. Ya’ni, bunda suvning bosimga 
qarshi ta’siri kamayadi.

Download 0,5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



P.16.4-rasm. Pastlashuvchi quduqlar ko’ndalang kesimining turli shakllari

Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish