Юклаш жараёнида кессон пойдеворига таъсир этувчи




Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana23.12.2023
Hajmi0,5 Mb.
#127316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
12-mavzu.Chuqur joylashgan poydevorlar

Юклаш жараёнида кессон пойдеворига таъсир этувчи 
юкларнинг умумий схемаси. 
P.16.13. Kesson ishlari qanday olib boriladi? 
Kesson poydevori quyidagi tartibda o’rnatiladi. Siqilgan xavo uzatuvchi 
(kompressor) asbobdan maxsus quvur orqali ish xonasiga siqilgan xavo uzatiladi. 
Bunda siqilgan havo o’z bosimi ta’sirida ish xonasidagi suvni siqib chiqara 
boshlaydi. 
Bosim miqdori tashqi suv bosimidan ortiq bo’lganda ish xonasidan suv 
butunlay siqib chiqariladi. SHundan so’ng ishchilar xona ichiga tushib, undagi 
gruntni qaziy boshlaydilar. Qazib olingan grunt tashqariga tik yo’lak va shlyuz 
orqali uzatiladi. SHu bilan bir vaqtda kesson tomida alohida ishchilar kesson usti 
poydevorini tiklay boshlaydilar va uning og’irligi natijasida kesson asta – sekin 
pasayib boradi. Bu ishlar loyixada ko’rsatilgan chuqurlikka yetganda to’xtatilib, ish 
xonasi va tik yo’lak beton yoki boshqa material bilan to’ldiriladi. Bundagi asosiy 
kamchilik ishchilarning yuqori bosim sharoitida ishlashlaridir. Bunday sharoitda 
ishlovchir uchun maxsus tibbiy xizmatlar joriy etilishi lozim.
Kessonning maksimal qo’yilish chuqurligi 40 m dan ortiq bo’lmaydi. 
Ishchilarni shlyuz apparatidagi bosimga moslashish vaqti 15 minutgacha, aksincha 
jarayon esa 1 soatgacha davom etadi. Hozirgi davrda kesson poydevorlari 
pastlashuvchi quduqlarga nisbatan juda kam ishlatiladi. 
 
P.16.14. Yupqa devorli qobiqlar nima? 
CHuqur joylashuvchi poydevorlar yupqa devorli qobiqlar ko’rinishida ham 
tayyorlanishi mumkin. Bu ko’p bo’shliqli temir – beton tsilindrlarning diametri 1–
3 m, devorining qalinligi 12 sm, har bir bo’limining uzunligi 6–12 m ga teng. 


16 
SHart–sharoitga bog’liq ravishda bo’limlarni uzaytirish mumkin. Bo’limlararo 
choklar payvandlash yoki bolьtli birikmalar asosida biriktiriladi. Ularni qumli 
gruntlarga tebratish asosida kiritiladi.
Tayanchlarning pastki qismi pichoqli moslama bilan ta’minlangan. Qobiq 
gruntga kiritilgandan so’ng ichki bo’shlig’i beton bilan to’ldiriladi. Yupqa devorli 
qobiqlarning (20 sm gacha) ko’ndalang diafragmali variantlari mavjud. 
Diafragmalar ortiqcha gruntni chiqarib yuborish uchun maxsus teshikchalar bilan 
ta’minlangan. Qobiqlar qoya jinslargacha yuklanadi, uni pastki qismi qoyaga 
tayanadi. Uning qoyaga kiradigan qismi kengaytirilishi mumkin va uning bo’shlig’i 
betonlanadi. Lekin, oldindan ushbu joyga armatura kiritib maxkamlanadi. 

Download 0,5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Юклаш жараёнида кессон пойдеворига таъсир этувчи

Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish