Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S




Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/195
Sana10.01.2024
Hajmi3,14 Mb.
#134246
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   195
Bog'liq
1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

 
 


123 
6-BOB. TALABNI QONDIRISHNI TADQIQ ETISH VA PROGNOZ 
QILISH 
6.1. Talab tushunchasi, uning turlari, talabga ta‟sir etuvchi omillar 
Talab – bu xarid quvvatiga ega bo‗lgan ehtiyojdir. Aniq to‗lov qobiliyatiga 
ega bo‗lgan ehtiyojning tovar ta‘minotini real holatiga asosan, talab qondirilgan va 
qondirilmagan talabga bo‗linadi. 
Qondirilgan talab – bu bozorda vujudga kelgan haqiqiy talabning qondirilgan 
qismi bo‗lib, u tovarlarni va xizmatlarni sotib olish natijasida haqiqiy qondiriladi. 
Qondirilmagan talab – bu bozorda vujudga kelgan haqiqiy talabning 
qondirilmagan qismi bo‗lib, u bozorda iste‘molchilar uchun zarur bo‗lgan 
tovarlarni yo‗qligi va sifati pastligi natijasida yuzaga keladi. 
Iste‘mol talabi murakkab kategoriya hisoblanib, unga narx va narxga bog‗liq 
bo‗lmagan omillar ta‘sir qiladi. 
Narxga bog‗liq bo‗lgan omillarga asosan aholining daromadlari va tovarlarga 
bo‗lgan narxlar kiradi. 
Narxga bog‗liq bo‗lmagan omillarga esa, bozorning katta – kichikligi 
(razmeri), bir – biriga o‗xshagan tovarlarning narxlari, iste‘molchilarni hohish va 
istaklari kiradi. 
Talab hajmini narx darajasiga bog‗liqligi, talab va taklif qonuniga asosan 
aniqlanadi. 
Uning asosida uchta sabab yotadi: 
- Narxning pasayishi xaridorlar sonining oshishiga olib keladi; 
- Narxning pasayishi iste‘molchilarni to‗lov qobiliyatini kengayishiga olib 
keladi; 
- Bozorning to‗ldirilishi 
esa, 
qo‗shimcha birlikdagi mahsulotlarni 
foydaliligini pasayishiga sabab bo‗ladi. 
Talab hajmini narx darajasiga bog‗liq holda o‗zgarishi talabning narx 
bo‗yicha elastikligi bilan tavsiflanadi, u esa talab miqdorini nisbiy 


124 
o‗zgarishini(foizlarda ifodalanadi) narxning 1 foizga o‗zgarishi natijasida yuzaga 
keladi. 
Korxona o‗zining tovarlarini sotish imkoniyatlarini baholashni, avvalo bozor 
talabini tadqiq etishdan boshlaydi. 
Bozor talabi – bu ma‘lum guruhdagi xaridorlar tomonidan, ma‘lum hududda, 
muayyan davrda, ma‘lum marketing dasturiga ega bo‗lgan savdo korxonalari 
tomonidan sotib olinadigan, ma‘lum miqdordagi tovarlar hajmi bilan ifodalanadi. 
Bozor talabi natural, qiymat ko‗rsatkichlarida yoki nisbiy miqdorlarda 
ifodalanishi mumkin. 
Bozor talabini jami ichki bozor va uning alohida segmentlari bo‗yicha 
aniqlash mumkin. 
Talabni o‗lchashni asosiy tushunchalari quyidagi 1-rasmda keltirilmoqda. 
Bozor 
Korxona 
Talab Bozor talabi
Korxona tovarlariga bo‗lgan 
talab 
Potensial Bozor sig‗imi 
Korxonaning potensial hajmi 
Prognoz Bozor prognozi 
Korxonaning sotuv prognozi 

Download 3,14 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   195




Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish