2 Mavzu: Ijtimoiy media marketing tushunchasi (SMM - Social Media Marketing). IMM tamoyillari va vazifalari. Ta’limda ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni va roli.
SMM (Social Media Marketing) yoki ijtimoiy tarmoqlar marketingi – bu kompaniyalar, brendlar yoki shaxslar tomonidan mahsulot, xizmat yoki gʻoyalarni targʻib qilish, auditoriya bilan aloqa oʻrnatish va savdoni koʻpaytirish maqsadida ijtimoiy media platformalaridan foydalanish jarayonidir.
SMMning asosiy maqsadlari:
Brend xabardorligini oshirish: Ijtimoiy tarmoqlarda kompaniya yoki brend haqida ma’lumot tarqatish va uni ko’proq odamlarga tanishtirish.
Veb-saytga trafikni jalb qilish: Ijtimoiy tarmoqlarda qiziqarli kontent joylashtirish va ularda saytga havolalar berish orqali saytga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish.
Sotuvlarni ko’paytirish: Ijtimoiy tarmoqlarda mahsulot yoki xizmatlarni reklama qilish va maxsus takliflar berish orqali savdoni ragʻbatlantirish.
Mijozlar bilan munosabatlarni oʻrnatish va mustahkamlash: Ijtimoiy tarmoqlarda mijozlar bilan muloqot qilish, ularning savollariga javob berish, fikrlarini eshitish va ularga yordam berish orqali ishonchni qozonish va sodiqlikni oshirish.
Raqobatbardosh ustunlikka erishish: Ijtimoiy tarmoqlarda faol boʻlish va oʻziga xos kontent yaratish orqali raqobatchilardan ajralib turish.
SMMda ishlatiladigan asosiy ijtimoiy platformalar:
Facebook
Instagram
Twitter
LinkedIn
TikTok
Pinterest
YouTube
Telegram
SMM strategiyalari:
Kontent marketing: Qiziqarli va foydali kontent (maqolalar, blog postlar, videolar, infografikalar) yaratish va ijtimoiy tarmoqlarda ulashish.
Ijtimoiy media reklamasi: Ijtimoiy tarmoqlarda pullik reklama kampaniyalarini o’tkazish (masalan, Facebook Ads, Instagram Ads).
Influencer marketing: Mashhur bloggerlar va ijtimoiy media yulduzlari bilan hamkorlik qilib, ular orqali mahsulot yoki xizmatni targ’ib qilish.
Jamoa yaratish: Ijtimoiy tarmoqlarda o’z brendingiz atrofida jamoa shakllantirish, mijozlar va potensial mijozlar bilan muloqot qilish.
Tanlov va aksiyalar: Ijtimoiy tarmoqlarda turli tanlovlar va aksiyalar tashkil etish orqali auditoriya faolligini oshirish.
SMMda muvaffaqiyatga erishish uchun tavsiyalar:
Aniq maqsadlar qo’ying: SMM kampaniyalaringizdan nimalarga erishmoqchi ekanligingizni oldindan aniqlab oling.
Maqsadli auditoriyangizni biling: Kimlarga murojaat qilmoqchi ekanligingizni va ularning qiziqishlarini yaxshi tushuning.
Sifatli kontent yarating: Qiziqarli, foydali va dolzarb kontent yarating.
Muntazam ravishda kontent joylashtiring: Ijtimoiy tarmoqlarda faol bo’ling va muntazam ravishda yangi kontent joylashtiring.
O’zaro muloqot qiling: Auditoriya bilan muloqot qiling, ularning savollariga javob bering va fikrlarini inobatga oling.
Natijalarni tahlil qiling: SMM kampaniyalaringizning natijalarini o’lchang va tahlil qiling.
SMM bu doimiy rivojlanish va yangilanishni talab qiladigan sohadir. Yangi trendlarni kuzatib boring, o’z strategiyalaringizni takomillashtiring va o’z auditoriyangiz bilan yaqin aloqada bo’ling.
SMM(Social Media Marketing) - ijtimoiy tarmoqlarda marketing - bu mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarni ijtimoiy tarmoqlarda tanitish, uni yurgizish.
Mutaxassislar bergan ma'lumotlarga ko'ra, mijozlar biron tovarni sotib olishdan yoki xizmatdan foydalanishdan avval o'rtacha 10.4 ta maqolani o'rganib chiqishar ekan. Oddiy foydalanuvchi o'rtacha 5.8 ta akkauntga ega bo'lib, ularni 2.8 tasidan faol ravishda foydalanar ekan. Bu esa mahsulot yoki xizmat egalarida aynan shu muhitlarda foydalanuvchilar bilan aloqani yo'lgda qo'yish, o'z mahsulot yoki xizmarlarini aynan shu muhitlarda reklama qilish, uni qo'llab-quvvatlash zaruratini tug'diradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda marketing - juda effektiv qurol bo'lib, uning yordamida, ijtimoiy tarmoqlardan, bloglardan, kundaliklardan va forumlardan saytga foydalanuvchilarni jalb etish mumkin. Foydalanuvchilar va potensial mijozlarni jalb etishni reklama yordamida sotib olish mumkin. Ammo potensial auditoriyani sotib olish mumkin emas. Uni ishonchini qozonish mumkin. Ijtimoiy medida muhitlar - bu mijozlar/foydalanuvchilar bilan muloqot qilish quroli. Hozirgi kunda bu auditoriyani teletomoshabinlar auditoriyasi bilan solishtirish mumkin. Eng katta farqi shundagi, bu auditoriya teletomoshabinlar auditoriyasidan ko'ra ancha ehtiyotkor, faolroq va juda diqqatlidir. SMM reklamadan ko'ra ko'proq PR'ga o'xshash. SMM bu bevosita har xil jamoalar, jamiyatlar, foydalanuvchilar guruhlari bilan ishlashdir.
SMM yordami bilan hal qilish mumkin bo'lgan vazifalar:
brend yaratish va uni yurgizish/tanitish;
brendni mashhur qilish, unga bo'lgan qiziqishni oshirish;
PR;
kompaniya saytiga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish;
mijozlar, foydalanuvchilarda xizmat, tovar va mahsulot yuzasidan paydo bo'lgan savollar tezkor javob berish, xizmat ko'rsatish.
SMM hozirda bajaradigan vazifasiga ko'ra noananaviy qurollardan biri hisoblandi. Shunga qaramay, hozirda ko'pchilik mutaxassislar juda katta qiziqish va uning kelajagiga katta ishonch bilan qarashayotgan vosita hisoblanadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda marketing - hozirda nafaqat katta kompaniyalar, o'z bozorlari faollari, balkim, o'rta va kichik biznes vakillari ham keng miqyosida foydalanishmoqda. Uning yordamida ular, o'z mijozlari bilan qayta aloqani yo'lga qo'yishmoqda.
Odatiy ijtimoy mediada marketing quroli:
har xil muhitlarda bloglar yaratish, uni ma'lumotlar bilan to'ldirish va bu resursni tanitish;
blogni yurgazish;
tematik saytlarda, guruhlarda mahsulot yoki xizmatni qo'llab-quvvatlash bilan shug'ullanish;
tematik forumlar yaratish, ularda mahsulot yoki tovar yuzasidan beriladigan savollarga javob berish;
kompaniya nomidan munozara va mulohazalarda qatnashish;
virusli marketing;
mahsulot yoki xizmatga bo'lgan yaxshi va yomon kayfiyatlarni kuzatib borish;
kompaniya internet resurslarini ijtimoiy mediaga moslash, optimizatsiya qilish.
Ijtimoiy tarmoqlarda marketing kompaniya saytini SMO - Social Media Optimization talablariga moslashni ham talab qiladi.
marketing tarmoq smm pr kompaniya mijoz SEO va SMM 22-Mart 02:19 88729
WinStyle - Texnoman foydalanuvchisi
Muallif haqida
WinStyle Java, Javascript, C++, MySql, NoSql, Oracle, Raspberry
Qiziq bo‘ladi:
GitHubda PR qachon tez ko'rib chiqiladi?
Mastercardda "meeting free day"
UzGeeks July2024 Mobile Day Meetup
Agar ish topa olmasam, PhD darajasini olishim yaxshimi?
Dasturlash o'ldi tan olish kerak...
Zararli dasturlar(viruslar)
Backend Frameworklar "yulduzlari" tahlili
Biznes model
|