Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va boshqarishning horijiy tajribasi




Download 43.84 Kb.
bet1/3
Sana18.05.2023
Hajmi43.84 Kb.
#61311
  1   2   3
Bog'liq
ERKIN IQTISODIY ZONALARNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHNING HORIJIY
@mttpsixologi. 5 oylik hisobot , Moliyaviy aktivlar haqida tushuncha, Holiqova Jasmina Canva.com va prezi.com dasturlari, 1. Ekologik omillar haqida malumot Abiotik,biotik,antropegen fak, New Year



ERKIN IQTISODIY ZONALARNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHNING HORIJIY TAJRIBASI
Reja
Kirish
1. Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va boshqarishning horijiy tajribasi
Xulosa
Adabiyotlar
KIRISH
Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar bo’yicha investitsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish mumkin. Bu borada erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida biznes subyektlarini joylashtirish, ularga imtiyoz va preferensiyalar berishni tashkiliy va huquqiy jihatdan tartibga solish lozim”. Sh.M.Mirziyoyev
Jahon standartlariga javob beradigan va dunyo bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda, to’g„ridanto’g„ri investitsiyalarni jalb etish bo’yicha qulay shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi vaqtda mazkur vazifalarni amalga oshirishda erkin iqtisodiy hududlar yetakchi o’ringa ega. Shu boisdan dunyoning aksariyat davlatlari, xususan, Xitoy, AQSh, Fransiya, Janubiy Koreya, Meksika, Vengriya, Bolgariya kabi mamlakatlar misolida hududning geografik va boshqa qulayliklaridan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, bugungi kunda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish zaruriyat va an’anaga aylangan. Birgina o’tgan asr 90 yillarining o’rtalarida dunyoda 1200 ga yaqin erkin iqtisodiy hududlarning har xil turlari, jumladan, eksportga mo’ljallangan 300 dan ortiq ishlab chiqarish hamda 400 ga yaqin erkin ilmiy-texnikaviy hududlar faoliyat ko’rsatgan. Chunki, bunday hududlarni tashkil etishdan asosiy maqsad mintaqani jadal ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya hamda boshqaruv tajribasini jalb etish orqali uning sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy sohani rivojlantirish barobarida, zamonaviy bozor infratuzilmalarini tashkil etishdan iboratdir. Erkin iqtisodiy hududlar hozirga kelib to’xtovsiz rivojlanmoqda. Rivojlanish oddiydan murakkabga, arzon va tez sotiladigan variantdan ko’p tarmoqli va kapital talab qiluvchiga o’tib bormoqda. Zamonaviy jahon tajribasida 30 ga yaqin erkin iqtisodiy hududlarning turlari mavjud bo’lib, ulardan ko’p ulushga ega bo’lganlar bu bojxona hududlari, to’lovlar olib tashlangan hududlar, bojxona erkin hududlari, erkin eksport hududlari, erkin eksportga mo’ljallangan ishlab chiqarish hududlari, erkin ishlab chiqarish hududlari, iqtisodiy barqarorlik hududlari, o’zaro tadbirkorlik hududlari, texnika-iqtisodiy rivoljantirish hududlari, fan-sanoat parklari va boshqalar iqtisodiyotda muhim ahamiyat ega kasb etib kelmoqda. O’zbekistonda ham iqtisodiyotni yuqori darajada rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish va ular faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Download 43.84 Kb.
  1   2   3




Download 43.84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va boshqarishning horijiy tajribasi

Download 43.84 Kb.