• Iqtisodiyotining tarmoqlari tarkibidagi o’zgarishlari Xulosa Adabiyotlar
  • Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va boshqarishning horijiy tajribasi




    Download 0.86 Mb.
    bet1/6
    Sana06.11.2023
    Hajmi0.86 Mb.
    #94658
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Mustaqillik yillarida O’zbekiston iqtisodiyotining tarmoqlari tarkibidagi o’zgarishlari
    6-MAVZU amaliy, 7 lab (2), джахонгир1, 4-тема ТИЛ ОСИРИУ (3), ligandlar, maqola, kiberxavfsizlik-asoslari, Maqola Ped-WPS Office(1), Hayotbek kurs ishi, Electronics for Mechatronic Systems. Lecture-2

    Mustaqillik yillarida O’zbekiston iqtisodiyotining tarmoqlari tarkibidagi o’zgarishlari


    Reja:
    Kirish

    1. Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va boshqarishning horijiy tajribasi.

    2. Mustaqillik yillarida O’zbekiston iqtisodiyotining .

    3. Iqtisodiyotining tarmoqlari tarkibidagi o’zgarishlari



    Xulosa
    Adabiyotlar
    Kirish
    Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar bo’yicha investitsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish mumkin. Bu borada erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida biznes subyektlarini joylashtirish, ularga imtiyoz va preferensiyalar berishni tashkiliy va huquqiy jihatdan tartibga solish lozim”. Sh. M. Mirziyoyev
    Bugun iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash, shu orqali jahon standartlariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarishga erishish xorijiy sarmoyalarni, eng avvalo, to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalarni jalb qilish bo`yicha qulay shart-sharoitlar yaratish har qanday mamlakat uchun eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bunday vazifalarni amalga oshirishda esa erkin iqtisodiy zonalar muhim o`rin tutadi. Jahon tajribasidan ma`lumki, erkin iqtisodiy zonalar innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilg`or texnologiyalarni joriy qilish, eksport, shuningdek, transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, mahalliy mahsulot va xizmatlarning ichki va tashqi bozorlarda xalqaro sifat, sertifikatlashtirish talablarini joriy etish orqali raqobatdoshligini oshirish, yangi ish joylarini barpo etish va shu kabi bir qator muhim masalalarni hal etish imkonini beradi.
    “2023 yil 1 martga qadar yangi 14 ta maxsus iqtisodiy zona tuzilishi mumkin. Shunda ularning umumiy soni 36 taga yetadi. Bu zonalardagi tadbirkorlar 10 yilgacha mol-mulk, yer, suv resurslari va foyda soliqlaridan ozod qilingan. “Har bir viloyatda yana 100tadan korxona soliq to’lamasa, egasi yo’q kichik biznes va qora xalq yuklamani o’ziga oladi”. Prezidentning “Yirik maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaror loyihasi e’lon qilindi.
    Qarorda 2023 yil 1 martga qadar biznes uchun barcha sharoit va infratuzilmaga ega har bir viloyatda 100 tadan korxonalar uchun yirik maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish choralarini ko’rish ko’zda tutilgan.”1
    Jahon standartlariga javob beradigan va dunyo bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda, to’gridanto’gri investitsiyalarni jalb etish bo’yicha qulay shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi vaqtda mazkur vazifalarni amalga oshirishda erkin iqtisodiy hududlar yetakchi o’ringa ega. Shu boisdan dunyoning aksariyat davlatlari, xususan, Xitoy, AQSh, Fransiya, Janubiy Koreya, Meksika, Vengriya, Bolgariya kabi mamlakatlar misolida hududning geografik va boshqa qulayliklaridan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, bugungi kunda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish zaruriyat va an’anaga aylangan. Birgina o’tgan asr 90 yillarining o’rtalarida dunyoda 1200 ga yaqin erkin iqtisodiy hududlarning har xil turlari, jumladan, eksportga mo’ljallangan 300 dan ortiq ishlab chiqarish hamda 400 ga yaqin erkin ilmiy-texnikaviy hududlar faoliyat ko’rsatgan. Chunki, bunday hududlarni tashkil etishdan asosiy maqsad mintaqani jadal ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya hamda boshqaruv tajribasini jalb etish orqali uning sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy sohani rivojlantirish barobarida, zamonaviy bozor infratuzilmalarini tashkil etishdan iboratdir. Erkin iqtisodiy hududlar hozirga kelib to’xtovsiz rivojlanmoqda. Rivojlanish oddiydan murakkabga, arzon va tez sotiladigan variantdan ko’p tarmoqli va kapital talab qiluvchiga o’tib bormoqda. Zamonaviy jahon tajribasida 30 ga yaqin erkin iqtisodiy hududlarning turlari mavjud bo’lib, ulardan ko’p ulushga ega bo’lganlar bu bojxona hududlari, to’lovlar olib tashlangan hududlar, bojxona erkin hududlari, erkin eksport hududlari, erkin eksportga mo’ljallangan ishlab chiqarish hududlari, erkin ishlab chiqarish hududlari, iqtisodiy barqarorlik hududlari, o’zaro tadbirkorlik hududlari, texnika-iqtisodiy rivoljantirish hududlari, fan-sanoat parklari va boshqalar iqtisodiyotda muhim ahamiyat ega kasb etib kelmoqda. O’zbekistonda ham iqtisodiyotni yuqori darajada rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish va ular faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

    Download 0.86 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 0.86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va boshqarishning horijiy tajribasi

    Download 0.86 Mb.