Innovatsion iqtisodiyot




Download 40.82 Kb.
Sana14.04.2024
Hajmi40.82 Kb.
#195274
Bog'liq
“Innovasion iqtisodiyot” fanining predmeti va ob’ekti, innovasiyalarni rivojlanish nazariyasiga kirish.
Algoritm 1-lab, 4.Kurs ishi - копия - копия - копия (45), Hisoblash tizim-WPS Office, IR tex xarita, Mavzu Pythonda Matplotlip Pyplot bilan ishlash-fayllar.org, Semantically formation of words in Uzbek and English speaking countries, TYPES AND GROUPS OF MORPHEMES, parkinson, Ashuraliyev Donoyor, Mavzu O’rta Osiyoning qadimgi xalqlari haqida mahalliy manbalar-fayllar.org, 10-amaliy mashg‘ulot mavzu Yarim oval elementli kichik harflar , eYndsp0PFXCqsGXs4XsLVz39AgUmqXXjVRDsfjeo, S.ekol 2 must ish topsh (1), Investitsiya, Sog\'liqni saqlash muassasalarida mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish xususiyatlarini o\'rganish.

1 – bob. “Innovatsion iqtisodiyot” fanning nazariy asoslari
1.1. Innovatsion iqtisodiyot tushunchasi va o„ziga xos
xususiyatlari
Bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning hozirgi bosqichida, innovatsiyalarni joriy etish, milliy korxonalar raqobatdoshligini oshirish, ularning iqtisodiy mustaqilligini va bozordagi mavqeini mustahkamlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Mamlakatimiz rivojlanishining hozirgi bosqichida innovatsion faoliyatni rivojlantirish insoniyat taraqqiyoti va iqtisodiy o’sishning muhim omiliga aylanmoqda. Innovatsion faoliyatni doimiy rivojlanib borishi insoniyat va ijtimoiy hayot o’zgarishiga jiddiy ta‘sir ko’rsatmoqda.
―Innovatsion iqtisodiyot‖ fani ―Ilmiy tadqiqot metodologiyasi‖,
―Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning innovatsion modellari‖, ―Axborot tizimlari‖, ―Huquqshunoslik‖, ―Innovatsion marketing‖ va ―Innovatsion menejment‖ kabi fanlar bilan o’zaro aloqadorlikda o’rganiladi.
Ushbu sohada eng yangi va zamonaviy ilmiy izlanishlarni olib borgan va shu sohaga oid ilmiy asarlar muallifi bo’lgan Jati Senguptaning innovatsiyalarga bergan ta‘rifiga to’xtalib o’tsak. ―Texnologiyalarga asoslangan innovatsiyalar mahsulot innovatsiyasi, sanoatda ―ilmiy izlanish va rivojlanish‖ko’rinishidagi investitsiyalar va taqlid va takomillashtirishni o’z ichiga olgan texnologiyalar transferini o’zida mujassam etadi.Innovatsiyalar turli shakllarda bo’lishi mumkin, ammo har qanday shaklda u mahsulot tannarxini kamaytirish yoki bozor talabini kengaytirishga yordam qiladi. Innovatsiyalarning ba‘zi bir muhim turlari sifatida:
texnologiyalarga asoslangan innovatsiyalar; endogen yoki ekzogen innovatsiyalar;
sanoat rivojlanishida tanlov mexanizmi innovatsiyasi;
texnologiyalar konsorsiumi orqali shakllantiriladigan innovatsiyalardan iborat.
Fanning vazifasi – o’rganuvchida innovatsion faoliyatning mohiyati, roli, asosiy elementlari va bosqichlari bo’yicha tizimli tushunchalarni shakllantirish, innovatsion jarayonlarni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmi mohiyatini ochib berish, intellektual mulk ob‘ektlarini yaratish, huquqiy muhofazasini ta‘minlash, ixtiro, kashfiyotlar tizimini tashkil qilish va boshqarish sohasidagi asosiy tushunchalar, O’zbekiston va boshqa davlatlarning innovatsion tizimi va shu sohaga tegishlibo’lgan me‘yoriy hujjatlarni o’rgatishdan iboratdir.
Endogen innovatsiyalar esa o’z ichiga innovatsiyalarga investitsiya kiritishga moyillikni bozor tomonidan rag’batlantirishni qamrab oladi. Bozor rag’bati deganda monopoliyadan patentlash qonunlari orqali himoyalanish va texnologik musobaqada g’olib chiqishni nazarda tutadi.
Mamlakatimizda innovatsion faoliyatni rivojlantirish, intellektual mulk huquqini yaratish, ularni muhofaza qilish, huquqiy egalarining manfaatlarini himoya qilish, innovatsiya sohasiga oid xalqaro integratsiyalashuvini jadallashtirish, xalqaro shartnomalarga kirish orqali milliy mualliflarining huquqlarini butun dunyoda muhofaza qilish kabi muhim masalalar davlat ustuvor yo’nalishi sifatida belgilab olindi. Hozirgi globallashuv jarayonlarida ―Innovatsion iqtisodiyot‖ fanining ahamiyati benihoya kattadir. Iqtisodiyotni rivojlantirishda intellektual mulk, ixtirolar, yangi kashfiyotlar hamda ularni patentlash, litsenziyalash va sertifikatsiyalashning o’rni salmoqlidir. Chunki, dunyoning qaysi burchagida bo’lmasin bunyod etilgan ixtiro bu mulk hisoblanib, undan barcha xalqlar foydalanishi mumkin. Bu masala o’z navbatida patent olish va uni sotish orqali tartibga solinadi.
Ekzogen innovatsiyalarni ilmiy va notijorat institutlar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasini misol sifatida keltirish orqali yoritadigan bo’lsak, innovatsiyalarning bu turi ba‘zan yangi mahsulot va yangi jarayonga sababchi bo’lishi mumkinligi aniqlangan. Solounni iqtisodiy o’sish modelida barcha texnologik rivojlanishlar ekzogen innovatsiya sifatida qaralgan bo’lsada, pirovardida sanoatda va butun bir mamlakat uchun ishlab chiqarish imkoniyatlarini keskin o’zgartirdi.
Innovatsiyalarning keyingi ikki turi kamroq e‘tiborga sazovor bo’lishi mumkin. Evolyusion tanlov mexanizmi firmalarni dinamik bozor samaradorligi va patent tizimi orqali tanlaydi. Bu mexanizm texnologik o’zgarishlarning o’ziga xos xususiyatini ham bozor strukturasining
endogen aspektlarini hisobga oladi.
Patentlash tizimi texnologik tanlovning ikkinchi instrumentlar tizimidir. U mulkchilik huquqini aniqlashtirib texnologik innovatsiyalarni rag’batlantiradi.
Innovatsion faoliyat ishlab chiqarish va inson hayotiy faoliyatining boshqa sohalari ehtiyojlarini qondirishning muhim uslublaridan biri hisoblanadi. U foydalaniladigan mahsulotlarning sifat o’zgarishlari, faoliyat vositalari va uslublarini yangilash yo’li bilan amalga oshiriladi. Ammo sifat o’zgarishlari faqatgina fundamental bilimlar asosida o’zgartirish mumkin bo’lib, ular texnik bosqichdan ishlab chiqarish sohasiga o’tgan holda, unda progressiv o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ushbu sohadagi tadqiqotlarning ko’rsatishicha, sanoati rivojlangan mamlakatlarda innovatsion faoliyat mahsulotlarini sotish hisobiga milliy daromadning 20% gacha o’sishini ta‘minlashi mumkin.
Innovatsion faoliyat O’zbekiston iqtisodiyoti uchun nisbatan yangi tushuncha bo’lib, fan-texnika taraqqiyotini boshqarish jarayonlari va ilmiy-texnik yutuqlarni ishlab chiqarishga joriy etishning asosiy jihatlarini qamrab oladi.
Innovatsiya - mavjud tizimlar rivojlanishini boshqarish jarayoni bo’lib, unda innovatsiyaviy mahsulot amaliy qo’llanilish bosqichigacha olib kelinadi va bozor muvaffaqiyatini ta‘minlaydi.
Mamlakatlar raqobatdoshligini baholashning ko’rsatishicha, korxonalar rivojlanishining asosiy strategiyasi bo’lib, quyidagi tamoyillarga asoslangan boshqaruv siyosatini amalga oshirish uchun xizmat qiladi:
- tabiiy va iqlim resurslardan oqilona foydalanish;
- jamg’arilgan boyliklardan o’z o’rnida foydalanish;
- investitsiyalarni faol jalb qilish;
- innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash.
Innovatsion faoliyatning eng muhim amaliy vazifalaridan biri - innovatsiyaviy jarayonlarni amalga oshirishning samarali tizimini shakllantirish va u quyidagilarni amalga oshirishni talab etadi:
- innovatsion faoliyatga tegishli nazariy bazasini ishlabchiqish;
- innovatsion faoliyat sohasida mavjud muammolarni echishuslublarini asoslash;
- innovatsion jarayonlar samaradorligini baholash uslubiyotiva ularga ta‘sir ko’rsatish vositalarini ishlab chiqish.
Korxonada ro’y berayotgan innovatsion jarayonlarning samaradorligi, innovatsiyaviy strategiyani shakllantirishda qo’llaniladigan usul va uslublar, innovatsiyaviy mahsulot kategoriyasi, ishlab chiqilayotgan innovatsiya turlari, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarining ishlab chiqarishga jalb etish va uni qo’llanilishiga bog’liq bo’ladi. Ular orasida eng muhim elementlar bo’lib quyidagilar sanaladi:
- innovatsiyaviy xarakterdagi echimlarni ishlab chiqish va amalgaoshirishning samarali strategiyalari;
- muayyan tashkiliy tuzilmada bunday strategiyani amalga oshirish jarayonini boshqaruv mexanizmi.
Innovatsion faoliyat nazariyasi va innovatsion strategiyani uslubiy jihatlarini o’rganish davri o’tgan asr boshlariga to’g’ri keldi va ko’pgina yirik olimlar tomonidan amalga oshirildi.
Hozirgi kunda ilmiy-texnik taraqqiyot va bozor ehtiyojlari, mahsulot nomenklaturasi va sifatiga yangi talablarni shakllantirgan holda talab va taklif kon‘yukturasidagi o’zgarishlarga olib kelmoqda.
Innovatsion faoliyatni asosiy qoida va kategoriyalarini o’rganish uchun «innovatsiya» tushunchasining iqtisodiy mazmuni va mohiyatini to’liq o’rganishimiz lozim. Iqtisodiy adabiyotlarda ―innovatsiya (ingl. inovation) potensial ilmiy-texnik taraqqyotni (ITT) yangi mahsulot va texnologiyalar ko’rinishida real taraqqiyotga aylanishi‖ deb ta‘riflanadi.
Bozor iqtisodiyotida innovatsiyalarni tizimli taqdim etish uslubiyoti xalqaro standartlarga asoslangan va unga muvofiq innovatsiya deganda bozorga kirib kelgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, amaliyotda qo’llanilayotgan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yoki ijtimoiy xizmatlarga bo’lgan yangicha yondashuv ko’rinishidagi innovatsiyaviy faoliyat natijalari tushuniladi.
Ushbu muammo bo’yicha ko’p sonli tadqiqotlar amalga oshirilgan bo’lishiga qaramasdan, bugungi kunda innovatsion faoliyat sohasida
yagona, umumiy tarzda qabul qilingan terminologiya mavjud emas. Shuning uchun ham shu sohadagi ilmiy adabiyotlarni qisqacha tahlilini keltirish va innovatsion faoliyat sohasidagi asosiy tushunchalarni aniqlashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Innovatsiyaviy nazariyani asosiy rivojlanish bosqichi V.Zombart, V.Mitcherlix, Y.Shumpeter ishlariga to’g’ri kelgan. Innovatsiyalar nazariyasini shakllanishi va rivojlanishiga avstriyalik olim Y.Shumpeter katta hissa qo’shgan.
1930-yillarda Y.Shumpeter tomonidan innovatsiya tushunchasi kiritildi va u mahsulot ishlab chiqarish, sotish, etkazish jarayonlarida yangi yoki takomillashtirilgan texnik, texnologik, tashkiliy xarakterdagi qarorlarni qo’llash oqibatida mumkin bo’lgan o’zgarishlarni o’z ichga oladi deb ta‘kidlaydi. Y.Shumpeter tomonidan innovatsiyaga berilgan ushbu ta‘rifda ishlab chiqarish omillarining yangi kombinatsiyalari to’g’risidagi konsepsiyasi, innovatsiyalar nazariyasiga bo’lgan ikkita eng tarqalgan yondashuvdan birining asosini tashkil etadi. Birinchi yondashuvda yangi omillardan foydalanish to’g’risidagi tushunchaga, ikkinchi yondashuvda esa yangi yaratilgan mahsulot va yangi yaratilgan texnologiyaga asoslangandir.
Y.Shumpeter ―Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi‖ (Theory of Economic Development) nomli mashhur asarida innovatsion jarayon natijasidagi o’zgarishlarni besh yo’nalishga ajratib ko’rsatib bergan.
Bu yo’nalishlar quyidagilardan iboratdir:
-yangi texnik va texnologik o’zgarishlar yoki ishlab chiqarish jarayonini yangi bozor talablari asosida tashkil etish;
-yangi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan mahsulot turlarini deversifikatsiyalash;
-ishlab chiqarish jarayonlarida yangi xom-ashyolardan foydalanish;
-ishlab chiqarishni tashkil etishda innovatsion boshqaruv usullaridan foydalanish;
-yangi iste‘mol bozorlarini shakllantirish.1
―Innovatsiya‖ tushunchasiga bo’lgan ikkinchi yondashuv ishlab

1Шумпетер Й. Теория экономического развития. M 1982 год 388 стр.


chiqarishda muayyan turdagi texnika, texnologiya va boshqa yangi mahsulotlardan foydalanishga asoslanadi. Ushbu yondashuvga asoslanib ayrim olimlar ishlab chiqarish faoliyatini innovatsiyaviy va ilmiy-texnik jihatlaridan biri deb biladilar. Bundan kelib chiqqan holda «innovatsiya» tushunchasi jarayon hamda natija sifatida tushuniladi.
Innovatsiyalar iqtisodiy samaradorligini ta‘minlash zaruriyatini hisobga olgan holda, bir qator Rossiyalik iqtisodchilar (M.Ionov, A.Kulagin, V.Loginov) innovatsiyani «xarajatlar tejalishini yoki bunday tejash uchun sharoit yaratilishini ta‘minlovchi yangi mahsulot yoki xizmat, ishlab chiqarish uslubi, tashkiliy, moliyaviy, ilmiy-tadqiqot va boshqa sohalardagi yangilik» sifatida ko’rishganlar.
Fikrimizcha, ―innovatsiya‖ yangicha g’oya, ishlab chiqarishga tadbiq etilgan yangicha yondashuv, yangi texnologiya va ishlab chiqarilgan yangi mahsulot, boshqaruvdagi yangicha usul, umuman, barcha jabhalardagi yangi islohotlardir. Bunda innovatsiya nafaqat so’nggi yangilik, balki hayotga tadbiq etilgan, jamiyat a‘zolariga iqtisodiy va ijtimoiy naf keltiruvchi vosita bo’lishi lozim. Innovatsion faoliyatning maqsadi, vazifalari va uslublarining tadqiqotini davom ettirish uchun, innovatsiyaviy boshqaruv ob‘ektini ifodalash va uning asosiy tavsiflari va xususiyatlarini aniqlash kerak. Buning asosiy zaruriyati shundaki, innovatsion faoliyat korxonaning raqobat asosida rivojlanishi strategiyasining asosiy elementlaridan biri bo’lib, boshqaruv infratuzilmasini yaxshilash va faoliyat maqsadlariga yanada samaraliroq erishish imkonini beruvchi turli xil yangiliklardir.

Takrorlash uchun savollar


1. Innovatsion faoliyat konsepsiyasi tushunchasini sharhlab bering.
2. Korxonaning innovatsion salohiyati va uni amaliyotda foydalanish qobiliyatini qanday aniqlash mumkin?
3. Intellektual salohiyat qanday aniqlanadi va uni innovatsion salohiyati bilan qanday farqi bor?
4. Korxonaning innovatsion salohiyati qanday baholanadi?
Mavzu bo„yicha tavsiya etilgan adabiyotlar
1. Sengupta J.Theory of Innovation, A New Paradigm of Growth, 2014 by Pearson Education, Inc.p.154.
2. Christine G. Mark R. Innovation, intellectual property and economic growth, 2014 by Pearson Education, Inc.p.385.
3. Salixov S.A. Innovatsion faoliyatni boshqarish. Darslik. T.:TDIU, 2013 y.

1.2. Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslari


Innovatsiyalar nazariyasi holatini va korxonalarda innovatsion jarayonlarni boshqarishni tashkil etish sharoitlarining tahlili ko’rsatishicha, innovatsion faoliyatning samaradorligi u qanchalik to’g’ri tashkil etilganligiga bog’liq bo’ladi. Muayyan korxonada innovatsion faoliyat jarayonlarni tashkil etishning o’zi jiddiy muammolardan biriga aylanadi. Hozirgi kunda innovatsion jarayonni tashkil etishning ko’plab modellari ishlab chiqilgan bo’lib, ularning har biri korxona rivojlanishi darajasidan kelib chiqqan holda to’liq yoki qisman foydalanilishi mumkin.
Innovatsion faoliyatning nazariy uslubiy asoslari iqtisodchi olimlar tomonidan atroflicha o’rganilgan bo’lib ular tomonidan tarli xil fikrlar bildirilgan. Innovatsiya nazariyasini ishlab chiqishda yana bir texnologik bosqichlarning evolyusiyasi bilan bog’liq muammolarni birinchi marta rus olimi N.D.Kondratiev o’zining ―Uzun to’lqinlar nazariyasi‖ asarida o’z izlanishlari natijasida olingan fikrlarini bildirgan(1.2.1-rasm).
Uning nazariyasiga ko’ra davrlarning dastlabki 4 sikli sanoatning rivojlanish davriga, 5-to’lqin sanoatdan keying postindustrial davrga, 6- to’lqin elektronika, biotexnologiyalar, nanotexnologiyalar va ginetikaning rivojlanish davrlariga to’g’ri keladi.

1.2.1-rasm. Kondratiev dunyo iqtisodiyoti evolyusiyasini 6 ta siklga ajratdi

Amerikalik iqtisodchi olim J.Brayt ―Innovatsiya jarayoni ilm va texnika, tadbirkorlik va boshqaruvni o’zida birlashtiruvchi innovatsiyalarning tijoratlashuviga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir‖2 degan g’oyalarni ilgari surgan. Uning fikricha, ―innovatsiya jarayoni g’oya paydo bo’lishidan boshlab, tijorat asosida hayotga tadbiq etish jarayonigacha bo’lgan barcha bosqichni o’z ichiga oladi‖ deb ta‘kidlaydi.
Yana bir rus olimi B.A.Makarenko ishlarida innovatsiyalar mohiyatini to’liq va atroflicha yoritib berilgan. U bergan tarifga ko’ra:
Innovatsiyani mazmun va mohiyati:
-texnika va texnologiya avlodi almashinuvini ta‘minlash maqsadida iqtisodiyotga mablag’ yo’naltirish;
-fan-texnika taraqqiyotining mas‘uli bo’lgan yangi texnika, texnologiyadan samarali foydalanish;
-yangi g’oyalarni ishlab chiqish, sintezlash, yangi nazariya va modellarni yaratish va ularni hayotga tatbiq etishdan iboratdir.3

2 Очковская М.С. Инновации как качественный фактор экономического роста. Автореф. диссертации из соискание ученой степени кандидата экономических наук. – М.: Дело, 2006 - С.4


3Макаренко В.А Современный словарь В 2т.- М-2000
Korxonalarning innovatsion rivojlanishning ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni ta‘minlashning zaruriy sharti ekanligi barchamizga ma‘lum. Bu borada P.Drukerning quyidagi fikriga alohida to’xtalib o’tish lozim. Uning fikricha ―biznesning asosiy maqsadi mijozlarni jalb qilish bo’lganligi sababli korxonani ikkita asosiy funksiyasi mavjud marketing va innovatsiya‖dan iborat deb hisoblaydi.4
Albatta dunyo iqtisodchi olimlarining innovatsiyaga bergan tariflari va yondashuvlari tulicha bo’lib, ularning izlanishlarida o’ziga xoslikni ko’rishimiz mumkin bo’ladi.
Innovatsion faoliyat va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishda jahon olimlari bilan bir qatorda yurtimiz iqtisodchi olimlari o’zlarini bir qator tadqiqotlarini olib borishgan. M.Saidovning fikricha, innovatsion faoliyat iqtisodiyotni rivojlantirishga qo’yilmalarning samaraliligi bilan tavsiflanadi, ishlab chiqarishda mavjud bo’lgan oldingi avlod texnikasi va texnologiyasini ancha samarali, ekologik sof va resurslarni tejashga imkon beruvchi ishlab chiqarish vositalari bilan almashtirish jarayonini ifodalaydi. Bu jarayon g’oyaning paydo bo’lishi, uning maqsadini aniqlash va amalga oshirishdan tortib ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulot ishlab chiqarish, uni sotish va iqtisodiy samara olishgacha bo’lgan faoliyatni o’z ichiga oladi deb ta‘kidlaydi5.
Innovatsion faoliyatning asosiy kategoriyalarini aniqlashga bo’lgan yondashuvlarning ko’pligi tufayli, innovatsiyaviy boshqaruv atamalarini izohlashga bo’lgan yagona yondashuvni shakllantirish lozim. Shudan kelib chiqqan holda innovatsion faoliyat nazariyasiga berilgan turli xil fikrlarni hisobga olgan holda quyidagicha fikr bildirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Yangilik bu - samaradorlikni oshirish bo’yicha faoliyatning biror sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlar, ishlanma va tajribalar natijasidir.
Yangiliklar quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:
- kashfiyotlar;

4 Drucker P.F 2007. Management: tasks, responsibiliries, practices. Transaction Publishes, New Branswick, N.J.: London.


5 Drucker P.F 2007. Management: tasks, responsibiliries, practices. Transaction Publishes, New Branswick, N.J.: London.
- tovar belgilari;
- ratsionalizatorlik takliflari;
- yangi takomillashtirilgan mahsulot yoki texnologiya hujjatlari;
- nou-xau;
- ilmiy yondashuvlar yoki turli xil tamoyillar;
- marketing tadqiqotlari natijalari va boshqalar.
Asosiy maqsad - yangilikni joriy etgan holda uni innovatsiya shakliga aylantirish, ya‘ni innovatsion faoliyatni tugallash va ijobiy natijaga ega bo’lgan holda innovatsiyalar diffuziyasini muntazam davom ettirish jarayonidir.
Innovatsion faoliyat bu - boshqaruv ob‘ektini o’zgartirish va iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnik va boshqa yo’nalishlar bo’yicha samaradorlikni oshirish maqsadida yangilikni joriy qilish natijasidir.
―Innovatsion faoliyat‖ tushunchasini izohlashga bo’lgan nazariya va amaliyotdagi ayrim farqlarni ta‘kidlab o’tish lozim. Buning asosiy sababi shundaki, zamonaviy sharoitlarda innovatsion faoliyat innovatsiyalarni boshqarish tizimining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Demak, uning tuzilmasi, funksiyalari, boshqarish uslub va vositalariga hamda faoliyat maqsadlariga o’zining katta ta‘sir ko’rsatadi.
Ammo innovatsion faoliyat to’g’risida, innovatsiya ob‘ekti sifatida to’laroq tasavvur shakllantirish uchun berilgan fikrlarni atroflicha o’rganish lozim bo’ladi:
- birinchidan, bu ob‘ektiv iqtisodiy qonunlar asosidagi fan-texnikaning o’zaro bog’liq rivojlanishi jarayonidir. U xo’jalik amaliyotida yangi ilmiy bilimlarni yaratish, tarqatish va amaliy qo’llash yo’li bilan, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi muammolarini hal etishga yo’naltirilgan jarayon bo’lib, ishlab chiqarish bazasini tubdan yangilanishini nazarda tutadi;
- ikkinchidan, bu ishlab chiqarish innovatsion salohiyatini tashkil etuvchi elementlar majmuasidan foydalanishdir. Bu erda yuqori malakali ilmiy va ishlab chiqarish kadrlarini ekspluatatsiya qilish sohasidagi jarayon va hodisalar hamda xodimlarning korxona innovatsiyaviy faoliyati natijalariga bo’lgan qiziqishini rag’batlantiruvchi tashkiliy, ijtimoiy,
ekologik, huquqiy tadbirlar ko’ribchiqiladi.
Shunday qilib, umumiy ko’rinishda innovatsion faoliyat asosini fundamental nazariy tadqiqotlar tashkil etadi. Bunday tadqiqotlarning natijasi - oldin noma‘lum bo’lgan qonunlar, ob‘ektiv mavjud hodisa va jarayonlarning ilmiy kashf etilishidir. Keyinchalik, yangi bilimlarni amaliyotda qo’llash imkoniyatlari o’rganilishi natijasida ularni moddiylashtirish usul va shakllari ishlab chiqiladi.
Bu jarayonlarda yangilikni tarqatish to’g’risida qaror qabul qilingandan so’ng u yangi sifat darajasiga chiqadi hamda innovatsiyaga aylanadi. Innovatsion ishlanmalarni bozorga kiritish jarayonini bevosita tijoratlashtirish faoliyatidan iborat bo’ladi. Yangilikni paydo bo’lishi va uni amaliyotda innovatsiyaga aylanishi o’rtasidagi vaqt oralig’i innovatsiyaviy lag deb ataladi.
Innovatsion faoliyat ilmiy, ilmiy-texnik natija va intellektual salohiyatni, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot (xizmat) olish maqsadida qo’llashga yo’naltirilgan bo’ladi. Bozor sharoitlarida innovatsion faoliyatning asosiy komponentlari bo’lib, innovatsion faoliyat sohasini tashkil etuvchi g’oya, yangiliklar, o’zlashtirilgan investitsiyalar xizmat qiladi.
Iqtisodiyot real sektoridagi ko’pchilik korxonalarda innovatsion faoliyatini boshqarish, bevosita innovatsiyaviy jarayon orqali kelajakdagi natijalarga erishishga qaratilgan bo’ladi.
Innovatsion jarayon - juda ham keng tushuncha bo’lib, uni turli nuqtai nazardan turlicha talqin qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Birinchidan, bu ilmiy-tadqiqot, innovatsion ishlab chiqarish va marketing faoliyatini belgilangan talablar asosida amalga oshirilishidir. Ikkinchidan, uning yangilik darajasini hayotiy siklining vaqtinchalik bosqichlari sifatida ko’rish mumkin. Uchinchidan, mahsulot yoki xizmatlarni yangi turlarini ishlab chiqish va tarqatishni moliyalashtirish va investitsiyalash jarayonlaridan iborat bo’ladi. Bunday holatda u innovatsion loyiha sifatida o’zini namoyon qiladi.
Innovatsion faoliyatni asosini biz ilmiy bilimni innovatsiyaga aylanish jarayonini tushunamiz, ya‘ni hodisalarning shunday ketma-ketligiki unda
innovatsion faoliyat g’oyadan tortib oxirgi pirovard mahsulotga aylanish jarayonlarini ham o’z ichiga oladi.
Innovatsion jarayon faqatgina innovatsiya joriy etilishi bilan tugamaydi balki yangilikni amaliyotga kirib borishi bilan olinadigan mahsulotlar takomillashtiriladi va natijada uning samarasini oshirishga olib keladi.
Innovatsion faoliyat quyidagi tuzilmalar asosida ta‘riflanishi mumkin bo’ladi. Fundamentam tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar, tajriba, konstruktorlik ishlari, birlamchi o’zlashtirish, tarqatish, yangilikdan foydalanish, yangilikni takomillashtirish va yangi fundamental natijalarga bo’lgan zaruriyati hisoblanadi (1.2.2-rasm).
Har bir bosqich, boshqaruvning turli xil shakli va uslublarini qo’llash zaruriyatini aniqlovchi o’ziga xos xususiyatlariga ega bo’ladi. Ammo bunda ushbu bosqichlarning integratsiyalashuvigina innovatsion jarayonlarni muvaffaqiyatini ta‘minlashiga xizmat qiladi. Shuni ham hisobga olish lozimki, alohida bitta bosqichda boshqaruv mexanizmini takomillashtirish butun innovatsion faoliyat natijasini samardorligini oshirishga xizmat qilmasligi ham mumkin.

1.2.2-rasm. Innovatsion faoliyatni o„ziga xos tavsiflanishi


Ayrim bosqichlardagi asosiy natijalar boshqa bosqichlarda o’z qiymatini yo’qotadi va butun ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashuviga xizmat qilmasligi ham mumkin. Shuning uchun ham butun jarayonlarni uzluksizligi, egiluvchanligi va dinamikasini ta‘minlovchi bosqichlani o’zaro birlashmasi shakllantirishga e‘tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Innovatsion faoliyat samaradorligini oshirishda boshlang’ich marketing tadqiqotlarini olib borish va bozorni tahlili qilish juda muhim omillardan hisoblanadi.
Innovatsion jarayonlarni boshqarishda ilmiy-texnika g’oyalarini shakllanishidan tortib uni tijorat asosida amalga oshirilishigacha bo’lgan barcha bosqichlar (boshqaruv sikllari) yig’indisini o’z ichiga qamrab oladi. Natijada har bir yangilik g’oyasini yaratilishidan tortib uni amalga oshirilishigacha bo’lgan vaqt davri innovatsion sikl deb ataladi.
Innovatsion jarayonlar amalga oshishining samardorligi ko’pgina omillarga bog’liq bo’ladi. Ya‘ni, boshqaruv sifatini ta‘minlanishi, boshqaruv tizimidagi har bir alohida bo’g’in ishining o’zaro bir biriga muvofiqligi, axborot-uslubiy ta‘minotlar bilan ta‘minlanganligi shular jumlasidandir. Innovatsion faoliyatni boshqarish tizimi yuqorida qayd etilgan barcha elementlar shakllantirilganda va ularni o’zaro muvofiqlashtirilganda, ma‘lum bir ilmiy-texnik natijalarga ega bo’lishi va ularni o’zlashtirish muddatlarini qisqarishini ta‘minlanishiga olib keladi.
Innovatsion faoliyatni tashkil etish, boshqaruv jarayonining barcha elementlarini yagona tizimga birlashtiradi va u innovatsiyani yaratish hamda amalga oshirishda innovatsiyaviy jarayonning o’zida shakllantiradi. Korxonada innovatsion faoliyatni boshqarishning samarali tizimlarini yaratish va rivojlantirish imkoniyati ko’pgina omillarga bog’liq bo’lib, ishlab chiqarish jarayonlarini shakllanganlik darajasi, boshqaruv tizimi va mexanizmlarini holati, boshqaruvning tashkiliy tuzilmasining turlari va yo’naltirilganligi, xo’jalik va innovatsion siyosat tendensiyalari va
boshqalar shular jumlasidan hisoblanadi.
Innovatsion jarayonning mohiyati shunda namoyon bo’ladiki u innovatsiyalar tashabbusi bilan chiqish, yangi mahsulot va operatsiyalar
ishlab chiqish, ularni bozorda sotish va diffuziyalash bo’yicha maqsadli yo’naltirilgan harakatlar zanjirini ifodalaydi. Innovatsion jarayon ettita elementni o’z ichiga oladi, ularning umumiy bir ketma-ketlikdagi zanjirga birlashuvi innovatsion jarayon strukturasini tashkil etadi.
Vaqtinchalik monopol foydani qo’llab quvvatlanishi ustundir. Ortiqchalikni inkor etilishi ta‘siri firmalarning investitsiyaviy qarorlarini keskinlik bilan qabul qilishiga olib keladi. Chunki, kutilgan daromad aslida yuqoriroq bo’ladi. Shu ortiqchalik samarasiga bog’liq holda bilimlar diffuziyasi dasturiy ta‘minotlar texnologiyasi va transmilliy kompaniyalar tomonidan ko’paytirilgan bevosita investitsiyalar orqali sur‘atlar tezlashtiriladi.
Fan-texnika taraqqiyotining asosiy tarkibiy qismlaridan biri innovatsion faoliyat, iqtisodiy rivojlanishning mazkur yo’nalishida faollikni ta‘minlovchi omillarni, shuningdek, innovatsion jarayonlarni qo’llab-quvvatlovchi va tartibga soluvchi tashkiliy tuzilmalar xususiyatlari o’rganish va ulardan foydalanish hisoblanadi.
Shunday qilib, hozirgi paytda mamlakatda investitsion faoliyat amalga oshirilayotgan sharoitlar quyidagicha tavsiflanadi:
- qonunchilik tomonidan yaqin, o’rta va uzoq istiqbollarga belgilangan milliy maqsadlar va ularga erishish bo’yicha aniq ifodalangan mexanizmlarning yaratilganligi;
- makroiqtisodiy barqarorlik vazifalariga bo’ysundirilgan davlat strukturalari faoliyati natijalari doim ham texnologik rivojlanish va innovatsion faoliyatni qo’llab-quvvatlash maqsadlariga mos kelavermasligi, ayrim hollarda esa unga zid kelishi;
- mamlakatning milliy xavfsizligi, iqtisodiy barqarorligi va rivojlanishi manfaatlarini ta‘minlash vositasi sifatida innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni amalga oshirish ehtiyojlarining hozirgi siyosiy darajada aniq ifodalanmaganligidir.
Mamlakatning milliy maqsadlarini amalga oshirishga ko’maklashuvchi innovatsion siyosat o’tkazishni quyidagicha ifodalash mumkin:
- milliy xavfsizlikni ta‘minlash;
- iqtisodiy barqarorlikka erishish, iqtisodiyotning imkoniyatlarini kengaytirish va umumiy quvvatini oshirish;
- sanoatni texnologik qayta jihozlash, jahon bozorida mamlakatimiz tovar va xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish;
- tabiiy resurslarni asrash va ulardan oqilona foydalanish, atrof-muhit muammolarini hal qilish;
- aholining ijtimoiy muammolarini hal qilish, munosib turmush tarzini ta‘minlash, soliqni saqlash va ta‘lim olish uchun imkoniyatlar yaratish;
- oziq-ovqat, xomashyo, material va energiyaga bo’lgan milliy ehtiyojlarni kafolatli ta‘minlashdan iborat.
Boshqa mamlakatlar tajribalaridai kelib chiqqan holda innovatsion jarayonning tarkibiy qismlarini quyidagicha aks ettirish mumkin:
- maxsus tarmoqlar, institutlar, universitetlar va firmalarning ilmiy- tadqiqot bo’linmalarini davlat tomonidan moliyalashtiriluvchi yoki boshqa turda qo’llab quvvatlanuvchi fundamental ilmiy-tadqiqotlar va izlanish loyihalari uchun mas‘ul bo’ladi. Sanab o’tilgan korxonalar hisobotlar, turli hujjatlar, ixtirolar, ilmiy maqolalar shaklida intellektual mahsulot ishlab chiqaradi hamda ilmiy kadrlar tayyorlash bilan shug’ulladi;
- texnik va sanoat-texnik korxonalar innovatsion nou-xauga ega bo’lib, boshlang’ich loyihalar ustida ishlaydilar, sinov namunalari yaratish va ularni sinab ko’rish bilan shug’ullanadilar, texnik tavsiflar, patentlar, standartlar va reglament tayyorlaydilar. Mazkur tuzilmalar namunalar tayyorlash uchun kuchli ishlab chiqarish quvvatlari, professional va texnologik markazlarga ega bo’lishi kerak;
- ilmiy va muhandis texnik xodimlar, shuningdek, innovatsion faoliyatning joriy muammolarini echishda talab qilinuvchi malakali kadrlar uchun ta‘lim va o’qitish tuzilmalari;
- tadqiqot va loyihalarning bajarilishini nazorat qiluvchi hamda ularning sanoat sektori bilan o’zaro aloqalarini muvofiqlashtiruvchi korxonalar;
- mahsulot va xizmatlarga talabni va ularning tarqalishini o’rganish bilan shug’ullanuvchi konsalting korxonalari;
- ilmiy-texnik axborot xizmatlari istiqbolli loyihalar haqida ma‘lumot to’plash, tayyorlash va tarqatish bilan shug’ullanadi;
- iste‘molchilar va mahsulotni sotish masalalari bilan shug’ullanuvchi professionallarni birlashtiruvchi bozor strukturalaridan tashkil topadi.

Takrorlash uchun savollar


1. Bozor tuzilmasi va uning yangi texnologiyalar rivojlanishiga ta‘siri qanday?
2. Endogen o’sish nazariyasi va kapital jamlanishi tushunchasiga ta‘rif bering?
3. Bilimlar diffuziyasi tushunchasiga ta‘rif bering?
4. Innovatsiyaning hayotiylik davri nechiga bo’linadi.

Mavzu bo„yicha tavsiya etilgan adabiyotlar


1. Goncharenko L.P, Arutyunov YU.A. Innovatsionnaya politika. Uchebnik. – M.: 2009. – 352 str.
2. Fatxuddinov R.A. Innovatsionnыy menedjment. Uchebnik,– SPB.: Piter, 2004. – 400 str.
3. Atkinson, Robert D. Innovation economics : the race for global advantage Robert D. Atkinson and Stephen J. Ezell. USA: Yale University Press, 2012
4. Sengupta J.Theory of Innovation, A New Paradigm of Growth, 2014 by Pearson Education, Inc.p.154.

1.3. Innovatsion faoliyat infratuzilmasini tashkiliy-iqtisodiy


mexanizmlari
Innovatsion faoliyatni rivojlantirish infratuzilmasining asosiy tamoyillarini shakllantirishda milliy iqtisodiyot talablari va imkoniyatlariga mosligini, moslashuvchanlik holati, xalqaro iqtisodiyotda raqobatbardoshlikni ta‘minlashga xizmat qilishi lozim. Bunda milliy innovatsion tizimning bir segmenti sifatida funksional-to’laqonli innovatsion tuzilma yaratish zarurhisoblanadi (1.3.1-rasm).

1.3.1-rasm. Innovatsion faoliyatni tashkiliy infratuzilmasi


Texnik jihozlanish kadrlar tarkibi bo’yicha raqobatbardosh ilmiy texnik mahsulot va texnologiyalar ishlab chiqish va tijoratlashtirish, ularni ichki va tashqi bozorlarda amalga oshirishni ta‘minlay oladigan, innovatsion sohaning amaldagi va sifat jihatidan yangi sub‘ektlarini yaratish va qo’llab-quvvatlash ko’zda tutilishi zarur.
Innovatsion tadbirkorlik infratuzilmasi alohida bo’lib o’tadigan va innovatsion deb nomlangan turga moslashib oladigan tadbirkorlikni ta‘minlovchi tizimni ifodalaydi. U innovatsion sohaning tadqiqotchilik- loyihalash sektorini iqtisodiyotning real sektori va yakuni iste‘molchi bilan birlashtiradi.
Bevosita innovatsiyalash, ya‘ni innovatsiyalarni taklif sifatida yaratish uchun va innovatsion tadbirkorlik, ya‘ni bu takliflarni amalga oshirish va ilgari surish uchun infratuzilma elementlarining mazmun-mohiyatiga kengroq e‘tibor qaratish zarur (1.3.1-jadval).
Mazkur infratuzilma turlarining ayrim elementlari mos kelishi yoki umumiy bo’lishi mumkin, bu - axborot xizmatlari ko’rsatuvchi firmalar, tajriba va muhandislik markazlari, moliyaviy strukturalar, patentli- litsenziyali korxonalardir.
1.3.1-jadval
Infratuzilma elementlarining qiyosiy jadvali
Innovatsion tadbirkorlik uchun Bevosita innovatsiyalash uchun
Joriy qiluvchi firmalar Muhandislik markazlari Injeniring firmalari
Axborot xizmati ko’rsatuvchi firmalar Konsalting firmalari
Reklama faoliyati bo’yicha firmalar Banklar va boshqa kredit korxonalari Innovatika ixtisoslashgan auditorlik firmalari
Ilmiy-texnik shirkatlar
Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash markazlari
Sertifikatsiya markazlari Lizing kompaniyalari
Patent-litsenziyali korxonalar Biznes-inkubatorlar Texnologiyalar transferi markazlari Sug’urta kompaniyalari Sanoat universitetlari va xalq xo’jaligining boshqa sektorlari Tadqiqotchilik majmualari Fanlar akademiyasi Kutubxonalar va ma‘lumotlar to’plamlari
Sinov tariqasidagi ishlab chiqarishlar
Tajriba laboratoriyalari va markazlari
Axborot xizmati ko’rsatuvchi firmalar
Patent-litsenziyali korxonalar Ilmiy parklar
Innovatsion markazlar Innovatsion-ishlab chiqarish komplekslari

Korxonalarni innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish quyidagilarga imkon beradi:


yangi yoki takomillashtirilgan texnologiyalar, mahsulotlar, asbob- uskunlarni joriy qilish hisobiga mahsulot (tovar, xizmat) ishlab chiqarishning o’sishini ta‘minlash;
innovatsion mahsulot hajmi ulushini innovatsion faol korxonalar mahsulotlari umumiy hajmining 20% foizga etkazish;
fan-texnika va ishlab chiqarish sohalaridagi qo’shimcha ish o’rinlarini yaratish;
ITTKI innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning yangi usullarini joriy qilish hisobiga innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun qo’shimcha resurslar jalb qilish;
zaruriy innovatsion infratuzilma (texnologiyalar, innovatsion texnologik markazlar, kichik innovatsion-texnologiya, korxonalar va
boshqalar) innovatsion faoliyat sub‘ektlariga iqtisodiy qo’llab-quvvatlash mexanizmlari yaratish va rivojlantirish;
innovatsion faoliyat qatnashchilarining munosabatlarini tartibga soladigan qonunchilik va normativ-huquqiy asoslar shakllantirish;
innovatsion sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimlari yaratish;
korxonalar innovatsion faolligini oshirishni ta‘minlaydigan, samarali faoliyat ko’rsatadigan, bozorga yo’naltirilgan innovatsion tizim yaratish;
yangiliklar kiritish asosida ishlab chiqarishda jadal tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish;
mahsulot (tovar, xizmat) raqobatbardoshligi va ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish;
ichki va tashqi bozorlarda sanoat va fan-texnika yangi birlamchi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun sharoitlar yaratish;
innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlik va tarmoqlararo kooperatsiya ilg’or tajribalari va ustunliklaridan maksimal darajada foydalanish.
Bizga ma‘lumki, yangi tovar ishlab chiqarishda muvaffaqiyat keltirishning uchta omili mavjud. Ya‘ni o’z raqobatchilariga nisbatan tovarlarining ustunligi, iste‘molchilar tomonidan qabul qilish uchun ajralib turuvchi xususiyatlarining mavjudligi, firmaning innovatsion marketing, yuqori ITTKI va ishlab chiqarish, ya‘ni texnologik nou-xauning mavjudligidir. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan muvaffaqiyat keltiruvchi omillar innovatsion marketingda muhim o’rin tutadi.
Ma‘lumki, ishlab chiqaruvchi korxonalarida savdo vasof foyda hajmini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga harakat qiladi.Bunda ular marketing faoliyatini yanada rivojlantirishga, unda yangi tovarlar ishlab chiqarish, yangi xizmat turlarini joriy etish asosiy masalalardan hisoblanadi. Shuning uchun ham bu o’rinda korxonalar faoliyatiga yangiliklarni kiritish, yangi tovar ishlab chiqarish, innovatsion marketing usullarini ishlab chiqish va uni hayotga tadbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda innovatsion faoliyatni amalga oshirishni rag’batlantiruvchi asosiy kuch sifatida, tovar bozorlaridagi keskin raqobat sharoitidagi potensial daromad miqdori xizmat qilishi mumkin. Innovatsion faoliyat o’zgarishi omillari o’rtasida uskunalar xarid qilish, loyiha-konstruktorlik va texnologik ishlar keng tarqalgan. Ichki va tashqi bozorlarda keskin raqobat mavjudligi innovatsiyalarning asosiy maqsadlarini belgilab beradi.
Innovatsion jarayonlarning iqtisodiy rivojlanishdagi roli texnologik bazani yangilash, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi bozorlarni egallash va bu bilan iqtisodiy o’sishning yanada yuqori sur‘atlariga erishishda o’z aksini topadi. Innovatsion rivojlanish omillari iqtisodiy o’sishning asosini tashkil etgan holda ishlab chiqarish sohasining ko’pgina xususiyatlarini ham belgilaydi (1.3.2-rasm).
Paydo bo’lishiga qarab ular ichki va tashqi omillar bo’lishi mumkin. Ichki omillar:
- ishlab chiqarish rivojlanishining moddiy-texnik bazasi;
- korxona ixtisosligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning maqsadi;
- boshqaruv turi va tashkiliy tuzilmasi;
- boshqaruv uslubi va uslubiyoti;
- ishlab chiqarishning yangilik darajasi;
- turli xil xodimlarning talab qilingan va mavjud malakaviy darajasi;
- xodimlarni rag’batlantirish tizimi;
- xodimlarning innovatsiyaviy faolligi darajasi;
- tashkiliy madaniyat va boshqalar.
Tashqi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- bozor tuzilmalari;
- soliq tizimi;
- qonuniy-huquqiy tizim;
- moliya-kredit tizimi;
- umumiqtisodiy, ijtimoiy va tashqi siyosiy xarakterga ega omillar;
- tarixiy va milliy omillar.

1.3.2-rasm. Innovatsion faoliyat infratuzilmasini rivojlanishga ta‟sir etuvchi omillari


Innovatsion asosga ega bo’lgan iqtisodiy rivojlanish masalasini echish jarayonida, korxonada innovatsion faoliyatning asosiy maqsadlar tizimini ifodalashi lozim. Bu ayniqsa, o’z rivojlanishining faol strategiyasini amalga oshirayotgan korxonalar uchun muhimdir.
Bunday strategiyani amalga oshirish umumiy ko’rinishda bir nechta omillarga bog’liq bo’lib, ularning mazmuni va yo’nalishi quyidagilar bilan belgilanadi:
- ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlanish darajasi;
- boshqaruv mexanizmi va tizimining holati;
- korxonaning moddiy-texnik salohiyati darajasi;
- tashkiliy tuzilmalarning turlari va yo’nalishlari;
- o’zgarishlarga ehtiyoj sezish va xodimlarning ularga tayyorgarlik darajasi.
Innovatsiyaviy jarayonni boshqarish zaruriyati va imkoniyatlarini aniqlash, uni amalga oshirish sharoitlarini ifodalash imkonini beradi. Bularga birinchi navbatda turli xil ehtiyojlar kiradi. Ularni ichki va tashqi muhit ehtiyojlari hamda shaxsiy ehtiyojlarga ajratish mumkin bo’ladi.
Birinchi guruhni biror yangi tovar ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan makrodarajadagi ehtiyojlarni shakllantiradi. Ular mazkur mahsulot bozorining shakllanishi va faoliyati xususiyatlari, raqobatbardoshlik darajasi, etkazib beruvchilar va iste‘molchilar hatti-harakati, ushbu soha yoki tarmoqdagi davlat siyosati, umumjahon bozor tendensiyalari va hokazolar bilan aniqlanadi.
Ikkinchi guruh korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyatining turli jihatlarini, umumxo’jalik siyosatining istiqboli va tendensiyalarini, ilmiy- texnik va resurs salohiyatini aks ettiruvchi korxona ehtiyojlaridan iborat.
Uchinchi guruh murakkab tizim sifatidagi innovatsion jarayonni rivojlanishini ta‘minlovchi, ichki ehtiyojlar yig’indisidan iborat bo’lib, innovatsion jarayonlarni ayrim elementlarini (tashkiliy, texnik, texnologik, kadrlar va hokazo) holati va o’zaro aloqalarini ko’rib chiqish lozim.
Ko’rsatilgan omillarni hisobga olgan holda, innovatsion jarayonlarni boshqarishning samarali tizimini yaratish, zaruriy nazariy ishlanmalar mavjudligini talab qiladi. Bu erda, tegishli tushunchalarni ta‘riflash zaruriyati muammosi alohida turadi. Uning tarkibiga umumiy boshqaruv usul, uslub va vositalari bilan bir qatorda, faqatgina innovatsion boshqaruv tizimida samarali bo’lgan o’ziga xos elementlar ham kirishi lozim. Innovatsion faoliyat ta‘minotining uslubiy muammolarini hal etish, undan samarali foydalanish shartlaridan biri hisoblanadi.
Yangi mahsulotlarning o’ziga xosligini tadqiq etgan holda, innovatsion faoliyatni boshqarishni tashkil etish bo’yicha bir qator muammolarni mavjudligini ko’rishimiz mumkin:
ilmiy-texnik taraqqiyot rivojlanishini tashkil etishning universal shaklini shakllantirishning murakkabliligi;
innovatsion va kundalik ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishda boshqaruv sifatini turli-tumanligi;
innovatsion jarayonlarni amalga oshirish bosqichlarida turli xil boshqaruv tizimlariga bo’lgan talabi;
bozor ehtiyojlarida kelib chiqqan holda innovatsion faoliyatni boshqarishning moslashuvchan tizimini barpo etish mexanizmini murakkabligi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda innovatsion siyosatni amalga oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- innovatsion faoliyatni shakllantirish va rivojlantirish bo’yicha huquqiy-me‘yoriy bazani yaratish;
- innovatsion tizimda sof raqobatli muhitni shakllantirish;
- xususiy korxonalar tomonidan amalga oshirilgan innovatsion- texnologik ishlanmalarni rag’batlantirish;
- raqobatbardosh mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda sotishni ta‘minlashga xizmat qiluvchi innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish;
- innovatsion sohadagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish va ularni malakasini nazoratini ta‘minlash;
- innovatsion faoliyatni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan moliyaviy- iqtisodiy mexanizmlarini shakllantirish;
- ilmiy va ilmiy-texnik mahsulot uchun davlat buyurtmalar tizimini takomillashtirish;
- soliq, bojxona va boshqa imtiyozlarni joriy etish hisobiga mablag’ kiritilayotgan investorlarni va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash;
- innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida innovatsion loyihalarga investitsiyalar kiritish manbasi sifatida ammortizatsion jamg’armalarga ajratmalar miqdorlarini bozor talabidan kelib chiqqan holda o’zgartirish;
- chet ellik hamkorlar bilan birga ilm talab mahsulotlarni ishlab chiqarish bo’yicha qo’shma korxonalarni tashkil etish maqsadida qulay sharoitlarni yaratishni ko’zda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- rivojlangan turli mamlakatlar bilan hamkorlikda ko’rgazma va yarmarkalar faoliyatini muntazamligini ta‘minlash;
- milliy innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo’yicha turli mamlakatlar bilan axborot almashishi uchun xalqaro innovatsion axborot tizimiga kirish;
- ilmga oid texnika va tajriba-sinov parklarini shaklantirishda innovatsion uskunalar lizingini rivojlantirish zarur.
Mamlakatimiz innovatsion tizimini shakllantirishda hududiy ilmiy- innovatsion tizimi (HIIT) asosiy elementlardan hisoblanadi (1.3.3-rasm).

Oliy ta‘lim muassasalari, Fanlar akademiyasi, ilmiy muassasalar


Innovatsiya va texnologiyalar transferi markazlari
Innovatsiyalarga qaratilgan iqtisodiyot tarmoqlari (iinovatsion faol korxonalar)

1.3.3-rasm. Hududiy ilmiy-innovatsion tizim strukturasi


Milliy innovatsion tizimining asosiy qismi sifatida ta‘lim, fan va ishlab chiqarish tizimlarini rivojlantirishning integratsion va tashkiliy- iqtisodiy mexanizmi sifatida innovatsion klaster orqali butun hududning
innovatsion salohiyatidan foydalanishga qaratilgan barcha innovatsion infratuzilmalarni o’z ichiga olishi lozim.
Ushbu maqsadlarda qonunchiliklarga muvofiq holda respublikada hududiy ilmiy-innovatsion tizimining Muvofiqlashtiruvchi Kengashini tashkil etish lozim.Ushbu Kengash ilmiy-texnik ishlanmalarni innovatsion loyihaga o’tishdan boshlab ularning ishlab chiqarishda o’zlashtirish, kichik innovatsion tadbirkorlikni (texnoparklar, biznes-inkubatorlar, innovatsion- texnik markazlarni) qo’llab-quvvatlashga asosiy innovatsion faoliyat bosqichlarini amalga oshirish uchun zaruriy sharoitlarni ta‘minlab beradi.
Innovatsion faoliyatni faollashtirish barcha sub‘ektlar harakatlarini davlat tomonidan boshqarish, manfaatdor tuzilmalarning innovatsion jarayonlarning rivojlanishiga hamda fan-texnika yutuqlarining mintaqa iqtisodiyotiga joriy etishga ko’maklashuvchi innovatsion loyihalarni amalga oshirish sharoitlarini yaratish uchun innovatsion klasterlarni shakllantirishni talab etadi.
Innovatsion faoliyatning pirovard natijasi bo’lib innovatsion mahsulot (texnologiya) hisoblanadi. Innovatsion mahsuloti (texnologiyasi) o’zining hajmi bilan farqlanadi, u yangi texnologiyani joriy etilishi evaziga korxona ishlab chiqarish imkoniyatlarini o’sishini ifodalovchi ko’rsatkichlarda o’z aksini topadi.
Innovatsion faoliyat o’z ichiga ma‘lum bosqichli jarayonlarni oladi. Ushbu bosqichli jarayonlar o’rtasidagi bog’liqlikni quyidagicha ifodalash mumkin (1.3.4-rasm).
1.3.4-rasm. Innovatsion faoliyatni tashkil etuvchi jarayonlar
Innovatsion faoliyatni mazmun va mohiyatiga, pirovard olinadigan natijasiga ko’ra korxonalar tomonidan olib boriladigan ichki investitsiya faoliyatining tarkibiy qismi, ya‘ni uning bir bo’lagi deb hisoblash mumkin. Ichki investitsiya faoliyati innovatsion faoliyatdan tashqari kapital qurilish, yangi texnika va texnologiyalarni sotib olish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, kengaytirish, rekonstruksiya qilish kabi ishlarni ham bevosita o’z ichiga oladi. Demak, ichki investitsion faoliyat innovatsion faoliyatga nisbatan mazmunan keng tushuncha hisoblanadi. Innovatsion faoliyatga sarflangan mablag’lar jami kapital investitsiyalarini yangi g’oya, ishlanmalar, jarayonlar, mahsulot, xizmat turlarini yaratish, o’zlashtirish va tatbiq etishga taalluqli bo’lgan qismidir.
Shunday qilib, innovatsion faoliyat makon va zamonda yuz bergan va berayotgan, o’zining moddiy va nomoddiy ko’rinishdagi hamda pulda baholanadigan mulk shaklidagi pirovard mahsuliga ega bo’lgan, bunga erishish uchun ma‘lum sarf-xarajatlarni talab qiladigan xo’jalik faoliyatining bir turi hisoblanadi. Aynan shu mazmunda korxonalarning innovatsion faoliyati ularda yuritilayotgan buxgalteriya hisobi hamda o’tkaziladigan audit predmetini tashkil qiluvchi ob‘ektlardan biri hisoblanadi.
Innovatsion faoliyat sub‘ektlari quyidagilardan iborat:
 innovatsion faoliyat bilan shug’ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslar;
 innovatsiyalarni amalga oshiruvchi turli mulkchilik shaklidagi innovatsion korxonalar;
 innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan intellektual mulk egalari, korxonalar loyihalari, qurilmalar, sanoat namunalari, texnologik jarayonlar, ―nou-xau‖, kashfiyot va ixtirolar mualliflari, dizaynerlar;
 innovatsiyalar amalga oshirishga kapital kirituvchi investorlar hisoblangan banklar, fondlar, koorporatsiyalar, lizing firmalari va h.k.;
 innovatsion jarayonga xizmat ko’rsatadigan va uning infratuzilmasini ta‘minlaydigan vositachilar: konsalting va injiniring firmalari, texnologik inkubatorlar, texnoparklar, texnopolislar, axborot markazlari va h.k.;
 innovatsion faoliyatni boshqarish, muvofiqlashtirish va tartibga solishda ishtirok etadigan davlat organlari va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari.
XXI asrda innovatsion loyihalar va yangi g’oyalarning hayotga keng tatbiq etilishi jamiyat va insoniyat taraqqiyoti uchun samarali hisoblanadi. Texnologiya taraqqiyoti asrida ilmiy loyihalarni ishlab chiqarish va hayotga joriy etish, mamlakat iqtisodiyotining yuksalishida va yangilanishida muhim omil sanaladi. Innovatsion faoliyat infratuzilmasining rivojlanish darajasi innovatsion siyosatni amalga oshirishga ta‘sir etuvchi asosiy omillardan biridir.
Xorijiy adabiyotlarda ―innovatsion infratuzilma‖ atamasi yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotni, texnologik jarayonni yaratish, ishlab chiqarishda o’zlashtirish va amaliyotda qo’llash bo’yicha xizmatlar ko’rsatadigan korxonalar yig’indisi sifatida ta‘riflanadi.
Innovatsion faoliyat infratuzilmasi - innovatsion faoliyat sub‘ektlariga innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan xizmatlar ko’rsatuvchi korxonalar jamlanmasidir.
Xulosa qilib aytganda, iqtisodiy tizimlarda innovatsion faoliyatning samarali tashkil etilishi, uni uzoq muddatli, raqobatdosh rivojlanishining asosiy shartlaridan biriga aylanib qoladi. Bu esa o’z navbatida innovatsion faoliyat sohasidagi yig’ilgan jahon tajribasini milliy xususiyatlarga moslashtirgan holda iqtisodiyotimizda foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Takrorlash uchun savollar


1. Innovatsiyalarni amalga oshirishda tanlovning ahamiyati nimada.
2. Innovatsion faoliyatning bugungi infratuzilmasini tushuntiring.
3. Iqtisodiyotning tarmoq korxonalari faoliyatini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta‘minlash bo’yicha qanday davlat dasturlari ishlab chiqilgan.
Mavzu bo„yicha tavsiya etilgan adabiyotlar
1. Sengupta J.Theory of Innovation, A New Paradigm of Growth, 2014 by Pearson Education, Inc.p.154.
2. Christine G. Mark R. Innovation, intellectual property, and economic growth, 2014 by Pearson Education, Inc.p.385.
3. Salixov S.A. Innovatsion faoliyatni boshqarish. Darslik. T.: TDIU, 2013 y.
4. Atkinson, Robert D. Innovation economics : the race for global advantage Robert D. Atkinson and Stephen J. Ezell. USA: Yale University Press, 2012.
5. https://www.youtube.com/watch?v=vWM08DzTuhY Innovation Economics: The Race for Global Advantage.
Download 40.82 Kb.




Download 40.82 Kb.