• Uslubiy qo’llanma qo’lyozmalarini nashrga tayyorlash.
  • Uslubiy qo’llanma yaratishni rejalashtirish




    Download 2,26 Mb.
    bet8/35
    Sana10.12.2023
    Hajmi2,26 Mb.
    #115170
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus
    6-laboratoriya, laboratoriyaishi2ishaxzod, 75sAdApEii5qKQtNbEaNzxObwJQ0I5WRltF3E07k, Mutual-Non-Disclosure-Agreement, Abdulazizova Yorqinoy Shuxratjon qizining, krasword(10), Olimjonova Muyassarxon, 1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari, Pedagogik diagnostika va korreksiya, 1-tema, Nyutonning klasik fizikasi, Режа Замонавий ахборот сақловчилардаги ахборотни ўчириш усуллар-fayllar.org, Axborot xavfsizligi xavflarni boshqarishga kirish 2 amaliy, REKTOR NOMIGA ARIZA, mustaqil iw kamol
    Uslubiy qo’llanma yaratishni rejalashtirish.

    Uslubiy qo’llanmalar majmuini yaratish ta’lim tizimining har bir bosqichi(umumiy o’rta ta’lim, akademik litseylar va kasb hunar kollejlari hamda oliy ta’lim) uchun istiqbolga (masalan, 5 – 10 yilga) va bir yilga rejalashtiriladi. Istiqbol nashr uchun rejalshtirish oldindan har bir ta’lim vazirligi o’quvchi va talabalarning o’quv adabiyoti bilan ta’minlanganlik holatini tahlil qiladi.


    Uslubiy qo’llanmalarini yaratishda takliflar qilayotganda mualliflar tarkibiga o’quv yurtlarining eng malakali mutaxassislari jalb qilinishini ta’minlash lozim. Istiqbol rejaga tavsiya qilingan darslik va o’quv qo’llanmalarni yaratishda mualliflar ko’rsatilmagan hollarda ularni vazirliklarning tegishli fan sohalari bo’yicha o’quv – uslubiy kengashlari tanlashlari lozim.
    Uslubiy qo’llanma nashrining yillik rejalari istiqbol rejalari asosida tuziladi. Yillik rejalarga uni tuzish vaqtida ta’lim vazirliklarining tegishli o’quv – uslubiy kengashlari tegishlicha sinov va muhokamadan o’tkazib tavsiya qilgan qo’lyozmalar, o’quv jarayonida o’zini oqlagan kitoblar kiritiladi.


    Uslubiy qo’llanma qo’lyozmalarini nashrga tayyorlash.
    Darslik va uslubiy qo’llanmalari qo’lyozmalari namunaviy o’quv dasturlari asosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan reja – prostpektlar bo’yicha tayyorlanadi.
    Vazirlikning tegishli fan bo’yicha o’quv – uslubiy kengashi nashrning istiqbol rejasini tasdiqlagandan so’ng, reja – prospect muallifi bu haqda xabardor qilib, qo’lyozmani nashriyotga taqdim qilish muddatlarini belgilaydi.
    Uslubiy qo’llanmani yaratishga shartnoma tuzilgandan so’ng, o’quv dasturida o’zgarishlar yuz bergan hollarda muallif qo’lyozmaga tegishli o’zgarishlar kiritishi shartdir.
    Uslubiy qo’llanmalari mualliflari ishlaydigan o’quv yurtlarining rahbarlari qo’lyozmalari mualliflarining ishlarini nazorat qiladilar va ularga yordam beradilar, tegishli bo’limlarda qo’lyozmalar muhokamasi uyushtiradilar. O’quv adabiyotlari mualliflariga, ular qo’lyozmalar ustidan ish olib borayotgan davrda belgilanadigan tartibda ijodiy ta’tillar berish mumkin.
    Nashrga taqdim qilinayotgan qo’lyozma muallif ishlaydigan o’quv yurtining kengashida muhokamadan o’tkazilishi hamda majlis bayonnomasida tegishli ko’chirma unga ilova qilinishi lozim.
    Uslubiy qo’llanma va boshqa o’quv – uslubiy vositalarni sifatli baholash mezonlari:
    Ta’lim tizimining turli bosqichlari uchun tayyorlanayotgan hamda hozirda amalda foydalanilayotgan o’quv adabiyotlari, didaktik va eksperimental qurilmalarning xilma – xil xislatlarini obyektiv baholash mezonlarini ishlab chiqish muhimdir. Ushbu mezonlardan quyidagilardan iboratdir:
    1.Uslubiy qo’llanma qo’lyozmasi hajmi o’quv rejasi asosida me’yorlangan hajmga mos bo’lishligi;
    2.Fanning uslubiy qo’llanmada qamrab olingan mazmuni va bayoni uslublari muayyan bosqich ta’limining o’quv dasturiga mos bo’lishligi;
    3.O’quv materiali bayonining ilmiyligi, fanning asosiy tushunchalari, qonunlari va nazariyalarining fanning so’nggi yutuqlari talqiniga mos ravishda ochilganligi;
    4.Kurs zaminidagi ilmiy g’oyalar bayonining mantiqiy izchilligi, ulardan turli hodisalar va qonuniyatlarni tahlil qilishda foydalanilganligi, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga oid umumlashtirishlarning mavjudligi;
    5.Ushbu fanga xos bo’lgan ilmiy tafakkur uslublarining ochib berilganligi;
    6.Uslubiy qo’llanma bayonining tushunarliligi, o’quv materiali bayonining o’quvchining oldingi bosqichlarda ushbu fan bo’yicha erishgan rivojlanish darajasiga mosligi;
    7.Qo’llanmaga kiritilgan yangi o’quv materialining tushunarliligi;
    8.Uslubiy qo’llanmaning ochib berilish mantiqi;
    9.Materialni bayon qilishda turlicha mantiqiy tafakkur shakllaridan foydalanilganligi kabi mezonlardan tashkil topgan.


    XULOSA
    Bitiruv malakaviy ishining ushbu bobi “Uslubiy qo’llanma tayyorlash usullari” deb nomlanib, ikki qismdan iborat. Bu qismlar “O’quv adabiyotlarini yangi avlodlarini yaratish” va ”uslubiy qo’llanmaga qo’yiladigan talablar” deb nomlangan. Birinchi qismda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 31 maydagi "Umumta'lim maktablarini darsliklar bilan ta'minlashni takomillashtirish borasidagi qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida"gi PQ-362-sonli qarori ijrosini ta'minlash bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar hamda 2005-2009 yillarda umumta'lim maktablari uchun darsliklar va o'quv-metodik qo'llanmalar nashr etish dasturi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2004-2009 yillarda Maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to'g'risida" 2004 yil 21 maydagi PF-3431-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda davlat ta'lim standartlari talablariga javob beradigan zamonaviy o'quv adabiyotlari va o'quv-metodik qo'llanmalarni tayyorlash, nashr etish va umumta'lim maktablarini ular bilan ta'minlashning kompleks tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarorlari keltirib o’tilgan.
    Ikkinchi qismda esa “Uslubiy qo’llanmalarni yaratishni rejalashtirish va nashrga tayyorlash tartibi”,”Uslubiy qo’llanma yaratishga oid umumiy tavsiyalar”,”Mazmun bo’yicha paragraflarni ishlab chiqish”,”Uslubiy qo’llanma va boshqa o’quv – uslubiy vositalarni sifatli baholash mezonlari” kabi talablar keltirib o’tilgan.



    Download 2,26 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




    Download 2,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uslubiy qo’llanma yaratishni rejalashtirish

    Download 2,26 Mb.