Этнографиядан тестлар




Download 116 Kb.
Sana18.12.2023
Hajmi116 Kb.
#121971
Bog'liq
Antropologiya va etnologiya


Antropologiya va etnologiya

1. “Etnografiya” fani qadimgi qaysi soʻzdan olingan va u qanday manoni anglatadi?


*a) Qadimgi fransuz tilidan olingan boʻlib, “Etnos” –“xalq”, “grafos” “chizaman” manolarini anglatadi.
b) Qadimgi yunon tilidan olingan boʻlib, “Etnos” –“xalq”, “grafos” “yozish, tariflash” manolarini anglatadi.
c) Qadimgi irbit tilidan olingan boʻlib, “Etnos” –“qabila”, “grafos” “yozaman” manolarini anglatadi.
d ) Qadimgi nemis tilidan olingan boʻlib, “Etnos” –“xalq”, “grafos” “chizaman” manolarini anglatadi.

2. Avtoxton va aborigen nima?


a) Avtoxton urugʻ, aborigen tub aholi
b) Avtoxton kelgindi xalqlar, aborigen tub aholi
c) Avtoxton yoki aborigen soʻzi bir ma'noga ega boʻlib tub aholiga nisbatan aytiladi.
*d) Avtoxton antropologik atama, aborigen tub aholi

3. “Xalq” soʻzi qaysi tildan olingan va uning oʻzak manosi nima?


a) “Xalq” soʻzi fors tildan olingan va uning oʻzagi “qabila”
*b) “Xalq” soʻzi arab tildan olingan va uning oʻzagi “yaratmoq”
c) “Xalq” soʻzi arab tildan olingan va uning oʻzagi “omma”
d) “Xalq” soʻzi soʻgʻd tildan olingan va uning oʻzagi “elat”

4. Etnografiyada “statsionar usuli” qanday usul?


*a) Bir joyda uzoq yashab kuzatish yoʻli bilan oʻtkazilgan tadqiqotlar
b) Bir joyda uzoq yashab aborigen aholini davolash yoʻli bilan oʻtkazilgan tadqiqotlar
c) Bir joydan ikkinchi joyga koʻchish orqali oʻtkazilgan tadqiqotlar
d) a va b

5. Mavsumiy usul...


a) Ekspeditsiya usuli
b) qisqa muddatli usul
c) ayrim mavsumlarda qoʻllaniladi
*d) barcha javob toʻgʻri

6. Migratsiya nima?


*a) Xalqlarning bir joydan ikkinchi joyga koʻchishi
b) Xalqlarning boshqa davlatga koʻchib ketishi
c) Xalqning assimiliyatsiyalashuvi
d) Xalqlar sonining koʻpayishi

7. Agnat nima?


*a) Ota nasabi boʻyicha qarindoshlik
b) Ona nasabi boʻyicha qarindoshlik
c) Togʻa nasabi boʻyicha qarindoshlik
d) Xola nasabi boʻyicha qarindoshlik

8. Assimilyatsiya...


a) Xalqlarning alohida millat sifatida ajralib chiqishi
*b) Xalqlarning birgʻbiriga qoʻshilib singib ketishi
c) Xalqlarning bir joydan ikkinchi joyga koʻchishi
d) Xalqlarning ajralib ketishi

9. Genezis...


a) xalqlarning kelib chiqishi.
b) kelib chiqish
c) xalqlarning aralashib ketish jarayoni
*d) a va b

10. “Irq” soʻzining asl manosini toping.


*a) ildiz, tomir
b) xalq, elat
c) tana rangi
d) gen

11. Dunyoda nechta irq bor?


a) 2 ta
b) 3 ta
*c) 4 ta
d) 5 ta

12. Levirat bu...


a) akasining qiziga uylanish
b) beva ayolning qaynogʻasiga turmushga chiqishi
*c) akasi yoki ukasining bevasiga uylanish
d) farzand uchun vafot etgan opa yoki singlisining eriga turmushga chiqish

13. Matrilokol soʻzi etnografiyada qanday manoni bildiradi?


a) Onalarning urugʻlarga asos solishinining dastlabki davri
b) ona atrofida toʻplanish
c) bu nikohda er xotinnikiga koʻchib oʻtgan
*d) b va c

14. Mulat...


*a) yevropaliklar bilan qora tanlilar nikohidan tugʻilgan farzand
b) nikohsiz bola
c) indeyslar bilan yevropaliklardan tugʻilgan farzand
d) qora tanlilar

15. Etnonim...


a) xalqlarning nomini anglatuvchi atama.
b) hududlarning nomini anglatuvchi atama
c) millatlarga nisbatan qoʻllanadigan ilmiy atama
*d) a va c

16. Etnopolitologiya qanday fan?


a) rivojlanmagan xalqlarning siyosiy hayotini oʻrganuvchi fan
*b) etnik va siyosiy hayot oʻzaro bogʻliqligini oʻrganuvchi fan
c) xalqlarning siyosiy neografiyasini oʻrganuvchi fan
d) milliy mentalitetlarni oʻrganuvchi fan.

17. Inson tomonidan hayot uchun oʻzlashtirilgan yerning quruqlik qismi......


*a) “Oykumena” deyiladi
b) oʻzlashtirilgan yer deyiladi
c) “hayot yeri” deyishadi
d) barcha javoblar toʻgʻri

18. Makroetnosga keltirilgan misollarni toping.


*a) Oʻzbekiston xalqi
b) barlos qabilasi
c) Fargʻona shevasida soʻzlashuvchi aholi
d) barchasi ham toʻgʻri.

19. Negroid irqiga kiruvchi guruhlarni toping.


a) negrilli
b) negrlar
c) bushmenlar va gutentotlar
*d) barcha javoblar toʻgʻri

20. Efiop tipi, Sudanliklar va mulatlar qaysi irqqa mansubdirlar?


a) mongoloid
*b) negroid
c) yevropeoid
d) avstroloid

21.Metislar, mulatlar qasi Irq vakillari hisoblanadilar?


a) negroid
*b) yevropeoid
c) avstroloid
d) oykumena

22. Yevropeoid irqidagi ikkita tipni aniqlang


a) shaten, blondin
*b) blondin, bryunet
c) shaten, bryunet
d) mulat, bryunet

23. Hind-Yevropa til oilasi nechta til guruhiga boʻlinadi?


a) 6
b) 8
c) 10
*d) 11

24. Katalan tili qanday tillar guruhiga mansub?


*a) Roman tillari guruhi
b) German til guruhi
c) Boltiq til guruxi
d) Alban til guruhi

25.Bur va afrikanslar qanday til guruhiga mansub?


a) Roman tillari guruhi
*b) German til guruhi
c) Hind-Yevropa til oilasi
d) Xett til guruhi

26.Semit-xamit til oilasi qaysi hududlarni oʻz ichiga oladi?


a) Shimoliy Afrika
b) G’arbiy Osiyo
c) Sharqiy Osiyo
*d) a va b

27.Zamonaviy semit tillarida taxminan qancha aholi soʻzlashadi?


a) 20 mln
b) 40 mln dan ortiq
*c) 50 mlnyudan ortiq
d) taxminan 70 mln.

28.Afrika til oilalari qaysilar?


a) 1 ta-nigero kardofan,
b) 2 ta nigero-kardofan, Nil-Saxara
*c) 3 ta-nigero-kardofan, nilgʻsaxara, Koysan
d) 4 ta nigero-kardofan, bur, afrikan, xett

29. Beruniyning qaysi asari etnografik malumotlarga boy?


a) Suratul arz
*b) Osorul boqiya
c) Geodeziya
d) Xalqlar xaqidagi malumotlar

30.Bilingvizm nima?


a) bir tillik
*b) ikki tillik
c) koʻp tillik
d) bita til xukmronligi

31. Kros-kuzen nima?


a) togʻaning qizi bilan nikohda boʻlish
b) ammaning qizi bilan nikohda boʻlish
c) boshqa ammavachchaning qizi bilan nikohda boʻlish
*d) a va b

32. Integratsiya nima?


a) tiklanish
b) toʻldirish
c) turli xalqlarning birlashuvi
*d) barcha javoblar toʻgʻri

33. Akkulturatsiya soʻzining manosini toping


a) madaniyatdan orqada qolish
*b) madaniyatlarning oʻzaro birgʻbiriga oʻtish jarayoni
c) madaniyatlarning oʻzaro birgʻbiridan uzilish jarayoni
d) madaniyatlarning oʻzaro bir-birini rad etish jarayoni

34.Dislokal atamasining manosini toping


*a) er-xotinning ajralgan xolda yashashi
b) er-xotinning ikki nikohda yashashi
c) er-xotinning farzandlarni boʻlishib yashashi
d) er-xotinning birgalikdagi xayoti yashashi

35.Metislar kimlar?


*a) Indeyslar bilan yevropaliklarning aralash nikohidan tugʻilgan avlod
b) Indeyslar bilan mulatlarning aralash nikohidan tugʻilgan avlod
c) Indeyslar bilan mulatlarning aralash nikohidan tugʻilgan avlod
d) negrlar bilan yevropaliklarning aralash nikohidan tugʻilgan avlod

36.Monogamiya…


a) oʻzaro kelishilgan nikoh
*b) bir nikohlilik
c) kup nikohlilik
d) ikki nikohlilik

37. Poligamiya…


a) oʻzaro kelishilgan nikoh
b) bir nikohlilik
*c) ko’p nikohlilik
d) ikki nikohlilik

38. Poliandriya…


a) Koʻp farzandlik
*b) koʻp erlilik
c) koʻp xotinlik
d) a va b

39. Politeizm nima?


*a) koʻp xudolilik
b) bir xudolilik
c) ikki xudolilik
d) xudoga ishonmaslik

40. Monoteizm nima?


a) koʻp xudollilik
*b) bir xudolilik
c) ikki xudolilik
d) xudoga ishonmaslik

40. Sororat….


a) togʻa va ammalar farzandlari oʻrtasidagi nikoh
b) bir necha singillar bilan bir paytning oʻzida nikohda boʻlish
c) oʻlgan xotinning singlisiga uylanish
*d) b va c

41. Urbanizatsiya….


a) aholi sonining oshishi
b) shaharlar sonining oshishi
c) sanoatning yirik shaharlarda toʻplani jarayoni
*d) a va c

42. Fetishizm…


*a) jonsiz buyumlarga siginish
b) jodugarlikning bir koʻrinishi
c) jonli narsalarga sigʻinish
d) barcha javob toʻgʻri

43. Folklor nima?


a) xalq bilimi
b) xalq musiqasi
c) xalq ogʻzaki ijodi
*d) a va c

44. Ekzogamiya bu -


*a) tashqari nikoh
b) ichki niko
c) ko’p nikohlilik
d) ikki nikohlilik

45. Endogamiya…


*a) ichki nikoh
b) tashqi nikoh
c) qabilalar aro nikoh
d) Yakka nikoh

46. Epigamiya nima?


*a) aralash nikoh
b) yakka nikoh
c) tashqi nikoh
d) ichki nikoh

47.Yurtimizda “Boy bosh” deb ataladigan boy ayollar kiyadigan ayollar sallasi necha metrdan iborat boʻlgan?


a) 10 metr
b) 12 metr
c) 13 metr
*d) 14 metr

48.Yurtimizda ayol birinchi farzand tugʻilgandan keyin...


*a) roʻmol oʻrab yurgan.
b) salla oʻrab yurgan
c) doʻppi kiyib yurgan
d) belini boylab yurgan

49.Koʻkrakka taqib yuriladigan taqinchoqlar guruhini toping.


a) zebigardon,Tapishe dil
b) tavk, kalit bogʻi
c) tumor, nozigardon
*d) barcha javoblar toʻgʻri

50. Ayollar jevakni qayeriga taqqanlar?


a) burunga
*b) boʻyinga
c) koʻkrakka
d) sochga

51.Yurtimizda ayollar burniga taqib yuradigan sirgʻa nima deb atalgan?


a) jevak
b) tavk
*c) arabak
d) tumor

52.Ayollar chakkasiga taqib yuradigan “qush duo” gajagi qaysi hududga tegishli boʻlgan


*a) Buxoro
b) Samarqand
c) Xorazm
d) Qashqadaryo

53. “Tufak” deb ataladigan taqinchoq sochga nima uchun taqilgan?


*a) katta soch oʻramlarini tutib turish uchun
b) chiroy berish uchun
c) jamalak oʻrnida taqilgan
d) barcha javoblar toʻgʻri

54.Yurtimizda peshonaga taqiladigan taqinchoqlar nima deb atalgan?


a) jevak
b) zebigardon
*c) manglaydoʻzi
d) tavk

55.Tojik erkaklarining koʻylagi nima deb atalgan?


a) cholvar
*b) kurtai kiftak
c) chopon
d) gardon

56.Qoraqalpoqlarning soʻnggi etnogenezida katta rol oʻynagan xalqlarni toping


a) massagetlar
b) Kushonlar
*c) Dashti Qipchoqlar
d) saklar

57. Qoraqalpoq xalqining shakllanishida katta rol oʻynagan qanday guruhlarga boʻlinadi?


a) oʻn toʻrt urugʻ arisi
b) Qoʻngʻirot arisi
c) xitoy arisi
*d) A va B

58. Qoqra nima?


*a) Qoraqalpoqlarning loysuvoq uyi
b) Qoraqalpoqlarning oʻtovi
c) Qoraqalpoqlarning chorva turadigan yeri
d) Qoraqalpoq mahallasi

59. Qozoq xonligi qachon paydo boʻlgan?


a) X asrning oxiri va XI asr boshlarida
b) XIV-XV asr oxri va asr boshlarida
c) XII asr oxiri va XIII boshlarida
*d) XV asr oxiri va XVI asr boshlarida

60. Qozoqlarda qabilalar qanday yirik guruhlarga boʻlinadilar?


a) 1, katta juz
b) 2, katta juz, kichik juz
*c) 3, katta juz, oʻrta juz, kichik juz.
d) 4, Oliy juz, katta juz, oʻrta juz, kichik juz

61. Turkmanlarning yetti qavmini toping


*a) teke, yovmut, ersari, sariq, chovdur, goklan, salir
b) teke, yovmut, ersari, sariq, chovdur, tangit, mangit
c) teke, surx, chavmiq, chovdur, goklan, salir
d) teke, yovmut, gizilja, gurama, chovdur, goklan, salir

62. Turkmenlardagi ichmekning manosini toping.


*a) poʻstin
b) toʻn
c) ovqatlanish marosimi
d) kamzul

63. Qrigʻizlarning urugʻ-aymoqlari asosan qanday guruhlarga boʻlinadi?


a) Oʻttiz uul (oʻttiz oʻgʻil)
b) Oʻng qanot, soʻl qanot
c) ichkilik
*d) barcha javoblar toʻgʻri

64. Qirgʻizlarda ayollar bosh kiyimi nima deb ataladi?


*a) quloqchin
b) jevak
c) tuvak
d) zebigardon

65. Qirgʻizlarda maqsim taomi qanday taom hisoblanadi?


a) soʻli talqonidan tayyorlangan
b) tuyilgan arpa unidan tayyorlangan
c) jarma ovqati
*d) A va B

66. Uygʻurlarda ar china va apkur china soʻzi nimalarga nisbatan ishlatiladi?


*a) katta va kichik piyolalar
b) katta va kichik laganlar
c) katta va kichik qoshiqlar
d) katta va kichik choynak

67. Doʻngonlar qanday shevada soʻzlashadi?


*a) xitoy shevasida
b) oltoy shevasida
c) moʻgʻul shevasida
d) sahro shevasida

68. Oʻzbekistonda yashaydigan arablar qaysi shevada gaplashadilar?


a) Buxoro shevasida
b) Fargʻona shevasida
c) Qashqadaryo shevasida
*d) Yuqoridagi javoblardan a va c

69. Loʻlilar chodirlarini qanday ataydilar?


a) chodiri zimiston
b) chodiri soyabon
c) chodiri baland
*d) a va b

70. Loʻlilarda qanday nikoh hukmron?


*a) endogam
b) poligam
c) epigam
d) ekzogam

71. Yaxudiylarda erkaklarning uzun koʻylagi nima deb atalgan?


*a) kurta
b) ezar
c) uzun
d) barcha javoblar toʻgʻri

72. Koreyslarda gurunch qaynatib pishirlgan taom nima deyiladi?


a) shirgurunch
*b) pap
c) chu
d) li

73. “Etnografiya” soʻzi qaysi olim tomonidan taklif etilgan?


a) Meri Boys
b) Dyupperon
*c) Jan Jak Amper
d) Beruniy

74. “Badaviy” soʻzining manosini toping.


a) dashtlik, yovvoyi
b) qoʻpol, dagʻal
c) koʻchmanchilar
*d) A va B

75. Ellada qaysi davlatning nomi?


*a) Gretsiyaning
b) Rimning
c) Forsning
d) Misrning

76. “Kultura” soʻzi qaysi tildan olingan?


*a) lotin
b) yunon
c) vizantiy
d) arab

77. Etnografiyamizga oid eng qadimiy yozma manba?


a) Bexistun yozuvlari
b) Gerodot asarlari
*c) Avesto
d) Xitoy manbalari

78. Inglizlarda bigmenlar kimlar edi?


*a) jamoda mavqei baland erkaklar
b) onalar
c) ayol harbiylar
d) oqsoqollar

79. Kasta soʻzining manosi...


*a) tabaqa
b) xunarmandchilik rastasi
c) hindular bosh oqsoqoli
d) harbiylar kiyimi

80. Klan bu...


a) oʻzbeklarda toʻp atamasiga toʻgʻri keladi
b) urugʻ
c) bir-birini qoʻllab-quvvatlovchi jamoa
*d) barchasi toʻgʻri

81.Kognat qanday qarindoshchilik?


a) tugʻilishi boʻyicha qarindoshchilik
b) ota nasabi boʻyicha qarindoshchilik
c) ona nasabi boʻyicha qarindoshchilik
*d) barchasi toʻgʻri

82. “Kuvada” marosimining mazmunini tushuntiring


*a) Ayoli tugʻayotganda erkakning ham koʻrpaga oʻranib kuchanib yotishi
b) ayollarning kuvi pishish paytidagi jarayon
c) erkaklarning birinchi farzand koʻrgandagi raqsi
d) qizlar taqinchogʻini taqish marosimi

83.Sambo nima?


*a) indeyslar bilan qora tanlilarning aralash nikohidan tugʻilgan avlod
b) mongoloidlar bilan qora tanlilar nikohidan tugʻilgan avlod
c) indeyslar bilan yevropaliklar nikohidan tugʻilgan avlod
d) indeyslar bilan indeyslar nikohidan tugʻilgan avlod

84. Travestizm nima?


a) qayta koʻrinish
b) erkaklarning oʻz jinsidan voz kechishi
c) erkaklarning ayollar kiyimini kiyib yurishi
*d) javoblarning hammasi toʻgʻri

85. Endokannibalizm nima?


a) ichki odamxoʻrlik
b) oʻlgan qarindoshlarni yeyish
c) oʻlgan urugʻ-qabila yoʻlboshchilarini yeyish
*d) yuqoridagi javoblarning barchasi toʻgʻri

86. “Etnologiya” qanday manoga ega?


*a) talimot+xalq
b) xalq+yozaman
c) xalq+marosim
d) xalq+chizaman

87. Xalqlarning nomini anglatuvchi atamani toping.


a) toponim
*b) Etnonim
c) atama
d) barchasi toʻgʻri

88. Etnopsixologiya nimani oʻrganadi?


a) muayyan xalq, elat, qabilaning ruhiyatini oʻrganadi
b) psixologiyaning bir yoʻnalishi
c) etnologiyaning bir yoʻnalishi
*d) A va B

89. Etnografiyada etnoslar qanday klassifikatsiyaga boʻlinadilar?


a) Geografik, antropologik
*b) Geografik, antropologik, lingvistik
c) Geografik, antropologik, irqiy
d) Geografik, antropologik, nasliy

90.Etnoslarning geografik klassifikatsiyasini yaratishda nimalarga etibor beriladi?


*a) aholi yashaydigan etnik hududlarga
b) hududlarga
c) rivojlanmagan xalqlar hududiga
d) “Oykumena”ga

91. Mikroetnoslar...


a) katta etnoslar
*b) mayda etnoslar
c) elatlar va qabilalar
d) bazi urugʻlar

92. Osiyo-Amerika irqi bu...


*a) mongoloid irqi
b) yevropeoid irqi
c) avtraloid irqi
d) negroid irqi

93. Blondinlar va bryunetlar oraligʻidagi irqiy guruhlar nima deb ataladi?


a) oraliq irqi
*b) shaten
c) metis
d) mulat

94. Roman tillari guruhiga kiruvchi tillarni toping


a) fransuz, ispan, italyan
b) retro roman, rumin
c) moldova, portugal, sardin
*d) barchasi toʻgʻri

95. Gʻarbiy slavyanlar kimlar?


*a) chexlar, slovaklar, polyaklar
b) ruslar ukrainlar, beloruslar
c) bolgar, serb, xorvat, slavyan tili, makedon dialekti
d) polyaklar, lujichanlar, serblar, bolgarlar

96. Janubiy slavyanlarni toping...


a) bolgar, serb, xorvat,
b) slavyan tili, makedon dialekti
*c) bolgar, serb, xorvat, slavyan tili, makedon dialekti
d) bolgar, beloruslar, xorvat, slavyan tili, makedon dialekti

97. Xett tili qanday til hisoblanadi?


a) jarangdor til
*b) oʻlik til
c) rasmiy til
d) norasmiy til

98. Qadimgi semit tillariga kiruvchi tillarni toping.


a) Finikiy, Bobil
b) Akkad tili, Shumer tili
c) oʻlik tillar
*d) A va V

99. Oltoy til oilasi necha guruhga boʻlinadi?


a) ikkita –turkiy, moʻgʻul
*b) uchta turkiy, moʻgʻul, tungus-manjur
c) toʻrtta-ta pomir, turkiy, moʻgʻul, tungus-manjur
d) A va V

100. Xitoy-Tibet tillari oilasi necha guruhga boʻlinadi?


a) 2-tay xitoy, tibet tillari
*b) 3-tay xitoy, tibet tillari, gʻarbiy ximolay tili
c) 3-tay xitoy, tibet tillari, Tyan-shan
d) 4-tay xitoy, tibet tillari, pomir, Ximolay tili

101. Antropologiya necha bo’limdan iborat?


a) bir
b) ikki
c) uch
*d) to’rt

102. Madaniy antropologiya nimani o’rganadi?


*a) inson jamiyati va madaniyati hamda undagi o’zaro o’xshash va farqli xususiyatlarini o’rganadi.
b) Suyak qoldiqlarni o’rganadi.
c) Yer qatlamini o’rganadi
d) Madaniyat evolyusiyasini o’rganadi.

103. Suyaklarni o’rganuvchi fan qaday nomlanadi?


*a) Osetologiya
b) kalliografiya
c) geniologiya
d) antropologiya

104. Antropologiyaning qaysi sohasida til va tildagi o’xshashliklar, vaqt, makon va madaniyat sharoitida tarkib topuvchi tildagi tafovutlar, tasviriy, qiyosiy va tarixiy yondashuv bilan tadqiq etiladi?


a) Madaniy antropologiya.
b) Ijtimoiy antropologiya.
c) Biologik (jismoniy antopologiya)
*d) Lingvistik antropologiya

105. Antropologiya necha qismga bo’linadi?


a) bir
*b) ikki
c) uch
d) to’rt

106. Tarixni ashyoviy manbalar asosida o’rganadigan fan?


a) antropologiya
*b) arxeologiya
c) etnografiya
d) xronologiya

107. “Odam haqidagi fan” qaysi biri?


a) arxeologiya
b) anatomiya
c) demografiya
*d) antropologiya

108. “Arxeologiya” so’zining tarjimasi?


a) “qadimgi fan ”
*b) “qadimiyat to’g’risidagi fan”
c) “qazishmalar to’g’risidagi fan”
d) “ashyolar to’g’risidagi fan”

109. “Xalqlar tavsifi” haqidagi fanni aniqlang?


a) demografiya
*b) etnografiya
c) arxeologiya
d) antropologiya

110. Yunon tilidagi qaysi so’z “odam” degan ma’noni anglatadi?


a) “etnos”
b) “demos”
c) “logos”
*d) “antropos”

111. Etnograf dala ishi davomida to’plagan ma’lumotlarini qay tarzda e’lon qiladi?


a) dala ishi davomida to’plagan ma’lumotlarini tasvirlaydi
*b) dala ishi davomida to’plagan ma’lumotlarini tasvirlaydi, tahlil qiladi
c) dala ishi davomida to’plagan ma’lumotlarini tasvirlaydi, tahlil qiladi va umumlashtirilgan ma’lumotlarni kitob, maqola yoki hujjatli film ko’rinishida e’lon qiladi.
d) dala ishi davomida to’plagan ma’lumotlarini jamlaydi, kitob shaklda nashr etadi

112. Uzoq muddatli etnografik ekspedisiya o’tkazish qanday nomlanadi.


a) Marshurutli
*b) Stasionar
c) To’pli
d) Guruhli

113.Ijtimoiy antropologiyani boshqa ijtimoiy fanlardan tadqiq qilish borasida ajratib ko’rsadigan jihati qaysi javobda berilgan?


*a) unda madaniyat va ijtimoiy hayotga oid etnografik dala tadqiqotlariga asosiy urg’u beriladi
b) Anketa so’rov usulidan keng foydlaniladi
c) Kontent tahlil usuli mavjud emas
d) Sifatli ma’lumotlardan ko’ra miqdoriy ma’lumotlarga ko’proq urg’u beriladi

114. Antropolog tadqiqotchi dala tadqiqotlarida ko’pincha nima yuzasida muammolarga duch keladi?

a) Ma’lumotlarni qayd qilish borasida
*b) Mahalliy tilni va madaniyat qoidalarini bilmasligi borasida
c) Sifatli tadqiqot o’tkazish murakkabligi yuzasidan
d) Miqdoriy ma’lumotlarga ko’proq urg’u bera olmaslik yuzasidan

115. Quyidagi metodlardan qaysi biri samarali va tabiiy xulosalarni chiqarish borasida afzalliklarga ega?


a) Intervyu
b) Fokus grupp
*c) Kuzatuv
d) So’rov usuli

116. Chikago sosiologik maktabi tamonidan ko’p qo’llanilgan tadqiqot usulini aniqlang?


*a) Bevosita kuzatuv
b) Fokus grupp
c) Bilvosita kuzatuv
d) So’rov usuli

117. Bevosita kuzatuv usulini Britaniyada samarali qo’llagan antropolog olimni aniqlang?


a) Gerber Spenser
b)Margaret Mid
c) Frans Boaz
*d) Boris Malinovski

118. XIX asr oxirlarida Zuni deb nomlangan hindu qabilalarini o’rgangan olim qaysi qatorda berilgan?


*a) Frank Galminton
b)Margaret Mid
c) Frans Boaz
d) Boris Malinovski

119. Quyidagi javoblardan biri antropologiyada qo’llaniladigan kuzatuv usulining tarkibiga kirmaydi?


a) Bilvosita ishtirok
b) Passiv ishtirok
c) Faol ishtirok
*d) Murakkab ishtirok
120. Quyidagi metodlardan qaysi biri sifatli tadqiqotlar olib borish usuli hisoblanadi?
a) Anketa so’rovi
*b) Fokus grupp
c) Xujjatlar tahlili
d) Yopiq anketa so’rovi

121. Qaysi javobda ma’lumotlarni obyektivligi, sezuvchalik, xaqqoniyligi , detallar boyligini ko’rsatib bera olishida ifodalanadigan atama berilgan?


*a) Sifatli ma’lumotlar
b) Fokus grupp
c) Miqdoriy ma’lumotlar
d) Statistik ma’lumotlar

122. Yig’ilgan ma’lumotlarni takrorlanish va ahamiyatiga qarab raqamlarda va turli statistik shakllarda o’lchash mumkin bo’lgan ma’lumotlarni nomlashda qo’llaniladigan atama qaysi javobda berilgan?

a) Sifatli ma’lumotlar
b) Fokus grupp
*c) Miqdoriy ma’lumotlar
d) Statistik ma’lumotlar

123. O’zbek elati shakllangan davrini toping.


a) VII-VIII asr
b) VIII-IX asr
c) VIII asr oxiri
*d) IX-XII asr

124. Qoraqalpoqlar ajdodlari kirgan uyushmani toping.


a) Pomir tojiklari
b) Dunganlar
c) Uyg’urlar
*d) sak-massagetlar

125. Qozoqlarning hududiy bo’linishi qanday ataladi?


a) viloyat
b) tuman
*c) juz
d) beklik

126. Qoraqalpoqlar tili qaysi til guruhia mansub?


a) uyg’ur til guruhiga
b) qarluq til guruhiga
c) o’g’uz til guruhiga
*d) qipchoq til guruhiga

127. Markaziy Osiyo lo’lilarining asl vatani qayer?


a) Afg’oniston
b) Eron
*c) Hindiston
d) Pokiston

128. Ko’chmanchi qozoq xalqining an’anaviy turar-joy majmuasi qanday ataladi?


a) paxsali uy
b) yerto’la
*c) o’tov
d) chayla

129. Turk xoqonligi hukmronlik davrini belgilang.


a) III-IV asrlar
b) V-VI asrlar
*c) VI-VII asrlar
d) VII-IX asrlar

130. Markaziy Osiyoda fors tilida so’zlashuvchi xalqlarni toping.


a) rus, ukrain, o’zbek, lo’li
b) tojik, qozoq, lo’li, qirg’iz
*c) tojik, baluj, eroniy, kurd
d) tojik, o’zbek, uyg’ur, lo’li

131. Markaziy osiyoning tub aholisi antropologik jihatdan qaysi irqqa mansub?


a) yevropoid va avstroloid
b) yevropoid va negroid
c) mongoloid va negroid
* d) yevropoid va mongoloid

132. Qoraqalpog’iston Respublikasining o’zbeklar ko’p yashaydigan tumanlarini belgilang.


a) Nukus, To’rtko’l, Shumanay
b) Nukus, Beruniy, Taxtako’pir
c) Mang’it, Chimboy, Kegayli
*d) To’rtko’l, Beruniy, Amudaryo

133. O’zbek an’anaviy xo’jaliging eng asosiy tarmoqlarini belgilang.


*a) dehqonchilik va chorvachilik
b) ovchilik va baliqchilik
c) chorvachilik va baliqchilik
d) hunarmandchilik va baliqchilik

134. Shaxrisabz vohasida eng ko’p tarqalgan qavmni toping.


a) qarluq
b) qo’ng’irot
*c) kenagas
d) nayman

135. Boysun hududida yashovchi yirik turkiy qavm qaysi?


a) barlos
* b) qo’ng’irot
c) saroy
d) qatag’on

136. Eroniy va forsiy xalqlar O’zbekistonning qaysi shaharlarida istiqomat qiladi?


a) Toshkent va Samarqand
b) Xiva va Urganch
*c) Shahrisabz va Kitob
d) Samarqand va Buxoro
137. Markaziy Osiyoda eng ko’p aholi yashaydigan mamlakatni aniqlang?
*a) O’zbekiston
b) Tojikiston
c) Qirg’iziston
d) Qozog’iston

138. Markaziy Osiyo tub turkiy xalqlari qaysi til oilasiga mansub?


a) Oltoy
b) Hind-yevropa
c) Ural
d) Semit-xomit

139. Jahonda turkiy tilli xalqlar salmog‘i qancha?


a) 50 mln
b) 30 mln
c) 250 mln
*d) 150 mln

140. Mintaqadagi hind-yevropa tillari oilasiga mansub xalqni aniqlang?


a) Dunganlar
*b) Tojiklar
c) Qirg'izlar
d )Uyg‘urlar

141. O‘g‘uz tillar guruhiga kiruvchi xalqni belgilang?


a) Qozoqlar
*b) Turkmanlar
c) Qirg‘izlar
d) Tojiklar

142. Qipchoq tillar guruhiga kiruvchi xalqlarni toping?


*a) Qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq
b) O‘g‘uz, tojik, dungan
c) O‘zbek, tojik, uyg‘ur
d) Qoraqalpoq, tojik, uyg‘ur

143. O‘zbek xalqining ilk ajdodlari qaysilar?


*a) Saklar, xorazmiylar, sug‘diylar
b) Xorazmiylar, forslar, quramalar
c) Eroniylar, hiyoniylar, qang‘lilar
d) Qovchinlar, arablar, eftaliylar

144. Qaysi manbada 92 ta o‘zbek urug‘i ro‘yxati keltirilgan?


a) “Boburnoma”
b) “Аvesto”
c) Urxun-Enasoy bitiklari
*d) “Majmua аt-tavorix”

145. Qirg‘izistonda o ‘zbeklar eng ko‘p yashaydigan viloyami toping?


a) Aravon
b) Bishkek
*c) O‘sh
d) Norin

146. Qozog‘istonda o ‘zbeklar ko‘p yashaydigan viloyatni toping?


a) Olma-Ota
b) Semipalatinsk
c) Oqmola
*d) Chimkent

147. Tojikistonda o‘zbeklar eng ko‘p yashaydigan viloyatni toping?


a) Darvoz
b) Tog‘li Badaxshon
*c) Xo‘jand
d) Ko‘lob

148. Afg‘onistonda o‘zbeklar eng ko‘p yashaydigan viloyatni aniqlang?


a) Shibirg‘on
*b) Balx
c) Hirot
d) Qandahor

149. “Тo’rt ulus tarixi” asarining muallifi kim?


a) Zahiriddin Muhammad Bobur
b) Ali Qushchi
*c) Mirzo Ulug‘bek
d) Qozizoda Rumiy

150. Abulg‘oziy Bahodirxon qalamiga mansub asami toping?


a) “Devon-u lug’otut-turk”
*b) “Shajarai Turk”
c) “Qobusnoma”
d) “To’rt ulus tarixi”
Download 116 Kb.




Download 116 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Этнографиядан тестлар

Download 116 Kb.