• ELEKTR SIGNALLAR KUCHAYTIRGICHLARI REJA. I.KIRISH Kuchaytirgichlarning tavsifi va asosiy texnik ko‘rsatkichlari II.ASOSIY QISM
  • Kuchaytirgichlarning tavsifi va asosiy texnik ko‘rsatkichlari
  • Fakulteti “Elektronika va sxemalar.”




    Download 135,7 Kb.
    bet1/4
    Sana22.05.2024
    Hajmi135,7 Kb.
    #250684
      1   2   3   4
    Bog'liq
    botirjon


    MUHAMMAD AL­–XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    FARG’ONA FILIALI
    “ Kompyuter injineringi ”
    FAKULTETI
    Elektronika va sxemalar.”
    FANIDAN
    MUSTAQIL ISH

    BAJARDI: 610.22


    Abduqahorov Botirjon

    QABUL QILDI: JO‘RAYEVA G. F..

    FARG’ONA-2023
    ELEKTR SIGNALLAR KUCHAYTIRGICHLARI

    REJA.
    I.KIRISH
    Kuchaytirgichlarning tavsifi va asosiy texnik ko‘rsatkichlari
    II.ASOSIY QISM
    1.Kuchaytirgichlar haqida tushuncha
    2. Kuchaytirgichning tarkibiy tuzilish sxemasi
    III.XULOSA
    IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

    Kuchaytirgichlarning tavsifi va asosiy texnik ko‘rsatkichlari

    Kuchaytirish qurilmalar texnikaning keng sohalarida qo‘llaniladi. Televideniye, radioeshittirish, avtomatik boshqarish tizimlari, radiotexnika, radiolokatsiya va boshqa tizimlarda kichik quvvatli signallarni kuchaytirish uchun, shuningdek turli xil radioelektron apparaturalar, personal kompyuterlarning yetakchi qismi sifatida kuchaytirgichlardan foydalaniladi.


    Kichik quvvatli o‘zgaruvchan signalning parametrlarini buzmasdan, o‘zgarmas kuchlanish manbaining quvvati hisobiga kuchaytirib beruvchi qurilmaga elektron kuchaytirgich deyiladi. Quvvatni kuchaytirish samarasi qurilmada energiyasi chiqishda oshirilgan quvvatni hosil qilish uchun ishlatiladigan qandaydir tashqi manba bo‘lganida mumkin bo‘ladi. Energiyasi kuchaytirgichda kuchaytirilgan signallar energiyasiga o‘zgartiriladigan bu manba ta’minot manbai deyiladi.
    Ta’minot manbaining energiyasi kuchaytirish yoki aktiv elementlar yordamida foydali signal energiyasiga o‘zgartiriladi. Kuchaytirilgan signallar iste’molchisi hisoblanadigan qurilma kuchaytirgichning yuklamasi deyiladi, yuklama ulangan kuchaytirgichning zanjiri esa chiqish zanjiri yoki kuchaytirgichning chiqishi deyiladi. Kuchaytirilishi kerak bo‘lgan kirish signali manbai signal manbai yoki generator deyiladi, kirish signali kiritiladigan kuchaytirgichning zanjiri esa kirish zanjiri yoki kuchaytirgichning kirishi deyiladi.
    Kuchaytirgich qurilmasi kuchaytiruvchi element, rezistor, kondensator, chiqish zanjiridagi o‘zgarmas kuchlanish manbai hamda iste’molchidan iborat.
    Bitta kuchaytiruvchi elementi bo‘lgan zanjir kaskad deyiladi.
    Hozirgi vaqtda eng keng tarqalgan kuchaytirgichlarda kuchaytiruvchi element sifatida tranzistorlar va integral mikrosxemalar (IMS) ishlatiladi. Kuchaytirgichlarda kuchaytirish quyidagicha amalga oshiriladi. Boshqariladigan elementning (tranzistor) kirish zanjiriga kirish signalining kuchlanishi beriladi. Bu kuchlanish ta’sirida kirish zanjirida kirish toki hosil bo‘ladi. Bu kichik kirish toki chiqish zanjiridagi tokda o‘zgaruvchan tashkil etuvchini hamda boshqariladigan elementning chiqish zanjirida kirish zanjiridagi kuchlanishdan ancha katta bo‘lgan o‘zgaruvchan kuchlanishni hosil qiladi (1.1- rasm).



      1. rasm. Kuchaytirish jarayonining umumiy tarkibi

    Kuchaytirish diapazoni bo‘yicha kuchaytirgichlar tor va keng polosali kuchaytirgichlarga bo‘linadi (1.2- rasm). Tor polosa kuchaytirgichlari faqatgina past chastotada emas, yuqori chastotalarda filtr sifatida kerakli diapazondagi to‘lqinlarni ajratib olish uchun ishlatiladi. Shuning uchun, bu kuchaytirgichlar rezonansli kuchaytirgichlar ham deyiladi. Bajarayotgan vazifasiga qarab kuchaytirgichlar dastlabki kaskadda ishlovchi kuchaytirgichlarga va chiqish kuchaytirgichlariga bo‘linadi. Dastlabki kaskadda ishlovchi kuchaytirgichlar kuchlanishni oshirish uchun ishlatilsa, chiqish kuchaytirgichlari quvvatni oshirish uchun xizmat qiladi.


    Kuchaytirgichlarning asosiy texnik ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi:

    • kuchaytirish koeffitsienti (tok bo‘yicha, kuchlanish bo‘yicha, quvvat bo‘yicha):

    • kirish va chiqish qarshiligi;

    • chiqish quvvati;

    • foydali ish koeffitsienti;

    • nominal kirish kuchlanishi (sezgirlik);

    • chastota bo‘yicha kuchaytirish oralig‘i;

    • amplituda bo‘yicha dinamik diapazon;

    • signal shaklini buzilishi;

    • chastota, faza va nochiziqli buzilishlar

    Kirishdagi kam quvvatli elektr signalini shaklini buzmagan holda kata quvvatli elektr signaliga aylantirib beruvchi qurulmaga elektron kuchaytirgich deyiladi. Signal quvvatini oshirish qo’shimcha elektr manbai hisobiga amalga oshiriladi. Shunga ko’ra kuchaytrigich bu kirish signali vositasida taminlovchi manbaa energiyasini chiqish signali energiyasiga aylantirib beruvch qurulmadir Mikrofon, fotoelement, termopara, pezodatchik kam quvvatli kuchaytirgich va h.klar kirish signali vazifasini bajarishlari mumkin.


    Kuchaytirgich chiqishidagi signal istemolchi yoki yuklanish deb ataluvchi qurulmaga beriladi. Ko’p hollarda istemolchini yuklanish qarshiligi deb ham ataladi. Telefon, karnay, galvonometr, ossilograf, rele, elektrodivigetil va h.k qurulmalar istemolchi bo’lishi mumkin. Kuchaytirgich taminlash manbai, kirish signali manbai va istemolchi orasidagi bog’lanish 1.1-rasmda tasvirlangan.





    Taminlash manbai

    Kirish signali




    kuchaytir gich

    yuklanish

    Kuchaytirgichning tarkibiy tuzilish sxemasi.


    Kuchaytirish koeffitsenti. Chiziqli va nochiziqli buzulishlar.
    Elektron kuchaytirgichning asosiy parametri bu kuchaytirish koeffitsentidir. Kuchaytirish koeffitsenti kuchaytirgichning asosiy tavsifnomasi bo’lib, chiqish siganali quvvatning (kuchlanishning tokning) kirish signali quvvatiga (kuchlanishga, tokga) nisbati bilan aniqlanadi. Reaktiv elementlar bo’lmaganda, shuningdek uning ma’lum ish rejimlarida ya’ni reaktiv elementlar hisobga olinmaganda kuchaytirish koeffitsenti haqiqiy kattalik bo’lib chastotaga bog’liq bo’lmaydi. Bu vaqtda chiqish signali kirish signali shaklini takrorlaydi, amplitudasi esa K marta farq qiladi.
    O’zgaruvchan signallar kuchaytirgichlar chiqish parametrlariga qo’yiladigan talablarga ko’ra quvvat, kuchlanish va tok bo’yicha kuchaytirish koeffitsentlariga ajratiladi.

    1. Kuchlanish bo’yicha kuchaytirish koeffitsenti chiqish signali kuchlanishining kirish signali kuchlanishiga nisbati bilan aniqlanadi.

    Ku=Kch/Kkr (1.1)

    1. Tok bo’yicha kuchaytirish koeffitsenti chiqish signali tokining kirish signali tokiga nisbati bilan aniqlanadi.

    Ki=Ich/Ikr (1.2)

    1. Quvvat bo’yicha kuchaytirish koeffitsenti chiqish signali quvvatining kirish signali quvvatiga nisbati bilan xarakterlanadi. Kp=Pch/Pkr

    Quvvat:



    ,
    bo’lganidan quvvat bo’yicha kuchaytirish koeffitsentini quyidagicha yozzish mumkin.

    (1.3)
    Zanjirda reaktiv elementlar kondensator, induktivlik bo’lganda kuchaytirish koeffitsentini kompleks kattalik sifatida qarash kerak



    Bunda m va n kuchaytirish koeffitsentining kirish signali chastotasiga bog’liq bo’lgan haqiqiy va mavxum tashkil etuvchilari.

    Agar K kuchaytirish koeffitsenti kirish signali amplititudasiga bog’liq emas deb qaraladigan va kuchaytirgich kirishiga sinusoidal signal berilayotgan bo’lsa, u holda chiqish signali ham sinusoidal bo’lib, kirish signali amplitudasidan K marta katta
    fazasidan burchakka farq qiladi. Murakkab shakldagi davriy signallarni Fure teoremasiga ko’ra chekli yoki cheksiz sondagi turli xil amplituda, chastota fazaga ega bo’lgan garmonikalar yig’indisidan iborat deb qarash mumkin.
    Kuchaytirish koeffitsenti kompleks kattalik bo’lganidan garmonik tashkil etuvchilardan iborat kirish signali kuchaytirgich orqali o’tganda turli xil o’zgaradi va chiqish signali kirish signalidan shakli bo’yicha farq qiladi. Kuchaytirgich orqali signal o’tayotganda yuz beradigan buzulishlar, kuchaytirgich parametrlarining kirish signali chastotasiga bog’liq, amplitudasiga bog’liq bo’lmaganligi sababli sodir bo’lgan bo’lsa, u holda buzulishlar chiziqli deyiladi. O’z navbatida chiziqli buzulishlar chastotali va fazali bo’lishi mumkin. Chastotali buzulishlar kuchaytirgichdagi reaktiv elementlarning ta’siri tufayli tayinli chastota oralig’ida kuchaytirish koeffitsenti modulining o’zgarishini xarakterlaydi. Fazaviy buzulishlar esa reaktiv elementlar ta’siri tufayli kirish va chiqish signallari orasidagi chastotaga bog’liq bo’lgan fazalar siljishini xarakterlaydi.
    Signalning chastotali buzulishlarini amplituda chastotali tavsifnomasi bilan baholanishi mumkin. Amplituda chastota

    tavsifnoma kuchlanish bo’yicha kuchaytirish koeffitsenti modulining chastotaga bog’liqligini (1.2-rasm) xarakterlaydi. Kuchaytirgichning chegaraviy fp past chastotalar va fyu yuqori chastotalar oralig’ida kuchaytirish koeffitsenti o’zgarmas deb qaraladigan bo’lsa, kuchaytirgichning bu ishchi chastota diapazoniga o’tkazish oralig’i deyiladi. Chegaraviy chastotalarni kuchaytirish koeffitsentining Ku0, f0 o’rta chastotadagi maksimal qiymatidan kamaygan chastotalarda aniqlanadi.


    Tayinli f chastotadagi chastotali buzulishlar koeffitssentini kiritish bilan,

    (1.4)
    bunda Kuf—tayinli chastotadagi kuchlanish bo’yicha kuchaytirish koeffitsenti, amplituda-chastota tavsifnomadan foydalanib istalgan chastota diapazonidagi chastotali buzulishlarni aniqlash mumkin. Eng katta chastotali buzulishlar chegarviy chastotalarda yuz berishi sababli, kuchaytirgichlarni loyihalash vaqtida quyi va yuqori chegaraviy chastotalardagi chastotaviy buzulishlar koeffitsenti oldindan beriladi, ya’ni

    (1.5)
    bunda Ku.yu Ku.p mos ravishda yuqori va quyi chegaraviy chastotalardagi kuchaytirgichning kuchlanish bo’yicha kuchaytirish koeffitsentlari.
    Amalda deb qabul
    qilinadi, ya’ni chegaraviy chastotalarda kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsenti o’rta chastotadagidan 0,707 qadar kamayadi. Bu shartlardan kelib chiqqan

    holda tovush chastotasida kuchaytirgichlarning chastota diapazoni 20-20000 Hz oraliqda, keng sohali kuchaytirgichlarniki esa Hzning bir necha ulushidan bir necha MHzgacha.




    Kuchaytirgichning sifatini baholashda quyidagi ifoda bilan boholovchi ko’rsatgich kiritiladi.


    • Keng sohali kuchaytirgichlarda fyu>>fp bo’lganligidan bu ko’rsatgichni quyidagicha yozish mumkin. (1.4-rasm)




    • Keng sohali kuchaytirgichlarga teskari bo’lgan kuchaytirgich tanlovchi kuchaytirgich bo’lib ularning chastota bo’yicha o’tkazish sohasi tor bo’ladi. (1.3-rasm).

    O’zgarmas tok kuchaytirgichlari deb ataluvchi kuchaytirgichlar mumkin qadar kichik chastotali signallarni kuchaytirishga mo’ljallangan, bunday kuchaytirgichlarning chastota bo’yicha o’tkazish sohasi quyi chegaraviy chastotasi nolga teng bo’ladi. Bunday kuchaytirgichlarning amplitude- chastota tavsifnomasi 1.4-rasmda tasvirlangan.


    Download 135,7 Kb.
      1   2   3   4




    Download 135,7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fakulteti “Elektronika va sxemalar.”

    Download 135,7 Kb.