• Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari.
  • Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja




    Download 261,5 Kb.
    bet1/30
    Sana19.05.2024
    Hajmi261,5 Kb.
    #243442
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
    Bog'liq
    Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja


    Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari.


    Reja:

    1. Metod va metodologiya tushunchasi. Falsafiy metodlar

    2. Falsafiy qonunlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari

    3. Falsafiy kategoriyalar, ularning mohiyati va xususiyati

    4. Jamiyat tushunchasi. Jamiyatning mohiyati, kelib chiqishi va taraqqiyoti to‘g‘risidagi qarashlar.

    5. Hozirgi zamon jamiyati va uning global muammolari



    Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari.
    Metod (yunon metodos – tadqiqot yoki bilish yo‘li, nazariya, ta’limot) voqe’likni amaliy yoki nazariy o‘zlashtirish usuli. Metod aslida inson amaliy faoliyatining negizida yuzaga kelgan. Bilish predmetini o‘rganish yo‘lida tafakkurning anglash usullarini amaliy va mushohadaviy yo‘llarini chambarchas aloqasi hosil qilgan tajriba ilm-fanda o‘ziga xos metodlarni yaratadi. Falsafa fani boshqa fanlar uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Falsafa fani metodlari barcha fanlar uchun umumiy qo‘llash mumkin bo‘lgan metodlardir, shuningdek alohida fan doirasida qo‘llash mumkin bo‘lgan xususiy metodlar ham mavjud. Falsafaning predmeti tabiat, jamiyat va inson tafakkurining eng umumiy rivojlanish qonunlarini o‘rganishdan iborat ekan, falsafa fani bir vaqtning o‘zida tabiat, jamiyat va inson tafakkurining alohida jihatlarini o‘z ob’ekti doirasida o‘rganuvchi fanlarga metodologik yo‘nalish beradi. Alohida fanlar doirasida o‘rganilayotgan ob’ekt va predmet haqida to‘g‘ri bilim shakllanishi uchun, fanlar doirasida kashf etilayotgan qonuniyatlar to‘g‘ri anglanilishi uchun falsafiy bilimlar umumiy metodologik tamoyillarni shakllantirib beradi.
    Metodlar eksperimental fanlarning paydo bo‘lishi bilan izchil rivojlantirildi va o‘rganila boshlanadi. Hozirgi zamon fanlarining metodlari ilmning o‘zi kabi turli-tumandir. Shunga muvofiq metodlar turlicha klassifikatsiya qilinadi. Ilmiy nazariyalarni yaratish va ularni tekshirish metodi, ilmiy xulosalarni bayon etish metodi; falsafiy, umumnazariy va maxsus ilmiy metodlar; bulardan tashqari voqe’likni sifat va miqdor bo‘yicha o‘rganish metodlari farqlanadi. Fanlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning chuqurlashishi, muayyan fanlarning natijalari, modellari va metodlarni boshqa fanlarda qo‘llanilishiga olib kelmoqda.
    Inson amaliy harakatining usullari anglanuvchi uslubiy omilga aylangach, bu usullar oxir-oqibatda metodlar haqidagi ta’limot - metodologiyaning paydo bo‘lishiga olib keldi. Metodologik bilim, birinchidan, muayyan faoliyat turlarining mazmuni va izchilligini o‘z ichiga olgan odat va normalar shaklida, ikkinchidan, amalda bajarilgan faoliyatning ta’siri sifatida yuzaga chiqadi. Hozirgi zamon adabiyotlarida metodologiya deyilganda, avvalo, ilmiy bilish metodologiyasi, ya’ni ilmiy bilish faoliyatining shakllari va metodlari tushuniladi. Fan metodologiyasi ilmiy tadqiqot komponentlari – uning ob’ekti, analiz mavzui, tadqiqot vazifalari, ularni hal etish uchun zarur bo‘lgan vositalarni ifodalaydi, shuningdek masalani hal etish jarayonida tadqiqotchi faoliyatining izchilligi haqida tasavvur hosil qiladi. Masalani qo‘yish, tadqiqot mavzuini va ilmiy nazariyani shakllantirish, shuningdek olingan natijani uning haqiqiyligi, ya’ni o‘rganilayotgan ob’ektga muvofiqligi jihatidan tekshirish metodologiyani qo‘llanilishini eng muhim tomoni hisoblanadi. Metodologiyaning asoschisi ingliz filosofi F.Bekondir. U birinchi marta fanni metodlari sistemasi bilan qurollantirish g‘oyasini ilgari surdi. R.Dekart bilish muammosi sifatida ta’riflab, birinchi marta tafakkurning o‘ziga xosligi, uni reallikning shunchaki va bevosita in’ikosidan iborat qilib qo‘yish mumkin emasligi haqidagi masalani ilgari surdi. Nemis filosofi I.Kantga qadar metodologiya muammosi bilish nazariyasi bilan birga edi. Kant birinchi marta bilimning ob’ektiv mazmuni bilan shakli o‘rtasidagi farqni ajratib, metodologik bilimning alohida mavqeini asoslab berdi. Metodologiya muammosini o‘rganishda nemis klassik idealizmi erishgan muhim natija shu bo‘ldiki, u bilishning va umuman, ma’naviy faoliyatning umumiy metodi – dialektikaning rolini ko‘rsatib beradi.
    Agar ilgari metodologiya tushunchasi avvalo ilmiy bilish faoliyatidan falsafiy asoslar haqidagi tasavvurlarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, endilikda ilmning ko‘p tarmoqli, rivojlangan maxsus sohasini anglatadi. Umuman bilish nazariyasidan metodologiya bilish vositalariga jiddiy e’tibor berishi bilan farq qiladi. Fan sotsiologiyasi va fanshunoslikning boshqa sohalaridan farqli o‘laroq metodologiya, bilishning ichki tartib - qoidalari, logikasi va strukturasini o‘rganadi. 

    Download 261,5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




    Download 261,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja

    Download 261,5 Kb.