|
Fan: Dasturlash texnologiyalari
|
Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 5,75 Kb. | | #259315 |
Bog'liq 1-Ma’ruza Mavzu Mobil operatsion tizimlarning rivojlanish tarix-fayllar.org
1-Ma’ruza Mavzu: Mobil operatsion tizimlarning rivojlanish tarixi
Fan: Dasturlash texnologiyalari Fanining asosiy maqsadi – talabalarga dasturlash texnologiyalarini yetarli darajada o`qitish, shu bilimlarga tayangan holda kompyuter yordamida modellashtirishga keladigan tadbiqiy masalalarning dastur ta’minotini amalga oshirishga o’rgatish va ixtisоslik fanlarini o’zlashtirishda tayanch bilimlarga ega bo’lish. Fanni vazifasi – talabalarga masala yechishning algоritmik asоslarini, kompyuter ishlashining tamoyilini, dasturlash sinflashni, kоmpyuterda berilganlar va buyruqlarni tasvirlanishini, Visual C++, Visual C# tillari va Windows Forms, WPF, LINQ, ADO.NET va MVC texnologiyalarini qo`llash orqali dasturlashni, оb`ektga yo’naltirilgan dasturlash texnоlоgiyalarini, visual dasturlash muhitida ishlashni o`rgatishdan iborat.
Semestrlar
|
Auditoriya mashg’ulotlari turi bo`yicha o`quv yuklamasi taqsimoti (soat)
| | |
Mustaqil ish
| |
Jami
|
Ma`ruza
|
Amaliy
| |
VI
|
34
|
16
|
18
|
134
|
VII
|
68
|
34
|
34
|
272
|
Jami
|
102
|
50
|
52
|
406
| 1-Ma`ruza:Dasturlash tillari Reja: 1. Dasturlash tillari haqida 2. Quyi darajadagi dasturlash tillari 3. O`rta darajadagi dasturlash tillari 4. Yuqori darajadagi dasturlash tillari 1. Dasturlash tillari haqida Foydalanuvchi kompyuter bilan muloqat qilish uchun kompyuter “tili” ni bilishi ham talab qilinadi. Kompyuter tushunadiga “til” dasturlash tili deb ataladi. Biror masalani kompyuterda yechish uchun, avvalo, uning algoritmi tuzilishi va bu algoritmni kompyuter tushunadigan ko`rsatmalar va qonun-qoidalar asosida yozilishi kerak bo`ladi. Bu yozuv dastur bajarishi mumkin bo`lgan ko`rsatmalarning izchil tartibidan iborat ekan. Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dasturni tuzadigan kishi dasturchi deb ataladi. Kompyuter tushunadigan til esa dasturlash tili deb ataladi. Kompyuterda dasturlash bu – kompyuter mikroprotsessori uchun turli buyruqlar berish, qachon, qayerda nimani o'zgartirish va nimalarni kiritish yoki chiqarish haqida buyruqlar berishdir. Kompyuter dunyosida ko'plab dasturlash tillari mavjud bo'lib, dasturlash va unga qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Bir xil turdagi ishni bajaradigan dasturlarni Basic, Pascal, Ci va boshqa tillarda yozish mumkin. Pascal, Fortran va Kobol tillari universal tillar hisoblanadi, Ci va Assembler tillari mashina tiliga ancha yaqin tillar bo'lib, quyi yoki o'rta darajali tillardir. Algoritmik til inson tillariga qanchalik yaqin bo'lsa, u tilga yuqori darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali tildir. Mashina tili bu sonlardan iboratdir, Masalan: 010110100010101 Dasturlash tillari 2 ta katta guruhlarga bo'linadi, Quyi va Yuqori darajali dasturlash tili. Quyi darajali dasturlash tili ancha murakkab bo'lib ular juda maxsus sohalarda ishlatiladi va ularning mutaxassislari ham juda kam. Chunki quyi dasturlash tillari (masalan: assembler) ko'pincha miktoprotsessorlar bilan ishlashda kerak bo'lishi mumkin. Odatda turli dasturlash ishlari uchun yuqori darajali dasturlash tilidan keng foydalaniladi. EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) endi yuzaga kelgan paytda programma tuzishda, faqat mashina tillarida, ya'ni sonlar yordamida EHM bajarishi kerak bo'lgan amallarning kodlarida kiritilgan. Bu holda mashina uchun tushinarli sanoq, sistemasi sifatida 2 lik, 6 lik, 8 lik sanoq sistemalari bo'lgan. Programma mazkur sanoq sistemasidagi sonlar vositasida kiritilgan. Yuqori darajali dasturlashda, mashina tillariga qaraganda mashinaga moslashgan (yo'naltirilgan) belgili kodlardagi tillar hisoblanadi. Dasturlash tillari orasida C# tili ham ko`p qo`llaniladigan tillardan biridir. C# tili 2000 yilda Microsoft kompaniyasining Anders Xeylsberg (Anders Hejlsberg) boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan yaratilgan. Andersom Xeylsberg IBM oilasiga masub kompyuterlar uchun birinchi kompilyatsiya qiluvchi dasturlash tillaridan biri Turbo Pascal ni yaratgan dasturchi sifatida ko‘pchilikga tanishdir. O`zlashtirish uchun savollar 1.Dastur nima? 2.Dasturlash tili deganda nimani tushunasiz? 3.Quyi darajali dasturlash tili bilan yuqori darajadagi dasturlash tillari orasidagi farq qanday? 4.Obyektga yo`naltirilgan dasturlash tillari deganda nimani tushunasiz? 5. C# qanday dasturlash tili? Adabiyotlar
Troyelsen Endryu, Djepiks Filipp | Yazik programmirovaniya C# 7 i platformi .NET i .NET Core. Vilyams. 2018
Troelsen, P. Japikse. Pro C# 8 with .NET Core. Foundational Principles and Practices in Programming. Apress, 2020
E’tiboringiz uchun rahmat
http://fayllar.org
|
| |