nfs - Bu tarmoq fayl almashish tizimining bir qismi bo'lgan kompyuterlar uchun zarur bo'lgan tarmoq faylini almashish xizmati. nfsfs




Download 12,61 Kb.
bet2/2
Sana18.05.2024
Hajmi12,61 Kb.
#241182
1   2
Bog'liq
Fan kompyuter tarmoqlari mavzu-azkurs.org

nfs - Bu tarmoq fayl almashish tizimining bir qismi bo'lgan kompyuterlar uchun zarur bo'lgan tarmoq faylini almashish xizmati.

  • nfsfs - Bu tarmoq fayl almashish tizimida server vazifasini bajaradigan kompyuterni quvvatlaydigan tarmoq fayl almashish serveridir.

  • nfslock - Bu tarmoq fayl almashish tizimida NFS fayllarni blokirovka qilish imkonini beruvchi xizmatdir.

  • saned - Bu tarmoq skaneri xizmati bo'lib, tarmoqdagi istalgan mashinaga skanerdan foydalanish imkonini beradi.

  • snmpd - Bu oddiy tarmoqni boshqarish protokoli bo'lib, u uy ofis tarmog'i kabi kichik tarmoq muhitida qo'llaniladi.

    Lokal tarmoqni sozlash.


    Lokal hisoblash tarmog'i kompyuterlarni bir bir joyga to'plagan holda ularning o'rtasida ma'lumot almashishini, ularni bir chop etish qurilmasiga ulanishini va internetg a ulanishini ta'minlab beradi. Biz ushbu mavzuda Lokal hisoblash tarmoqni sozlashni ikki aspektini ko'rib chiqamiz: qurilmalarni sozlash va dasturiy ta'minotni sozlash.
    Qurilmalarni sozlash. Har bir tizimda yoki lokal hisoblash tarmog'ining uzellarida tarmoq platalaridan iborat bo'ladi NIC (network interface card). Har bir tarmoq platalari tarmoqqa kabel yoki simsiz ulanish vositasida ulanadi, ikkala holatda ham har bir tizim markaziy hub ga ulanadi. Agar tarmoq, masalan internetga ulangan bo'lsa, unga router yoki gateway kerak bo'ladi.
    Kopmyuterlarni ulash. Hozirgi kunda lokal hisoblash tarmog'i bazasidagi zamonaviy ethernet tarmoqlari, kompyuterlar yoki markaziy uzel bilan ulanishga ega. Uzellar ikki xil ko'rinishda bo'ladi: passiv (hub) va kamutativ (switch). Passiv ulanishda (hub) barcha tizimni birgalikda ulab, barcha tizim uchun ma'lumot uzatish tezligi bir xil bo'ladi. Switch orqali ulanganda har bir tizimning o'zining routeri ma'lumot uzatish qobilyatiga qarab moslashadi. Quyuda oddiy 4 ta kompyuterning bitta hub orqali ulanishi ko'rsatilgan (5.1-rasm). Ushbu ulanish passiv holatda ulangan.
    Tizimni sozlash. Apparat ta'minotni sozlab bo'lgandan keyin, har bir tizim tarmoqqa ulangan tarmoq adapteri haqida ma'lumotga ega bo'lgan holda sozlanishi kerak. Odatiy holda Fedora OT tarmoq menegerini, tarmoq adapterlari haqida ma'lumot olish uchun ishlatadi.
    Tarmoq adapterni haqida, tizim quyidagi ma'lumotlarni bilishi kerak:  tarmoq IP addresi;
    tarmoq maskasi, IP address uchun;
     asosiy marshutizator IP addressi;
     DNS tizimi IP addresslari;
     Tizimning tarmiqdagi nomi hostname;
    Tarmoq menegeri appleti. Fedora OT da tarmoq menegeri appleti ishchi oynaning panelida o'ng yuqori qismida joylashgan bo'ladi
    Tarmoq menegeri appletini ustiga ikki marta bosish orqali tarmoq menegeri menyu oynasi ochiladi, ushbu menyuda tarmoqni yoki simsiz tarmoqni yoqib/o'chirib qo'yish mumkin
    Tarmoq menegeri appletini menyusidagi edit connection oynasini tanlab ikki marta bosish orqali the network connections window oynasi ochiladi (5.3-rasm). Alternativ tarzda terminal oynasida nm-connectioneditor komandasini terish ochmoqchi bo'lgan oynamizni chaqirib olishimiz mumkin.
    Tarmoqqa ulanish oynasida simli, simsiz va boshqa tarmoq ulanishlarni sozlash imkoniyatini beruvchi ilova mavjud.
    Tizim yangi tarmoq qurilmasini indentifikatsiya qlib, sozlashlarni amalga oshirgandan keyin, ushbu oynada tarmoqning sozlanmalarini o'zgartirish mumkin bo'ladi. O'zimizning tarmoq qurilmamizni sozlanmalarini o'zgartirish uchun edit oynasini belgilaymiz (5.4-rasm). nm-connection-editor komandasi edit oynasini ochib beradi. IPv4 sozlanma oynasida DHCP orqali avtanom tarzda IP sozlash yoki o'zimiz tomondan ma'lum bor oralqidagi IP addres sozlanmalarni amalga oshirgan holda ulanishni tanlash mumkin .
    NFS (Network file system) - tarmoq fayl tizimi protokoli Sun Microsystems tomonidan yaratilgan Unix ning standart protokoli bo'lib, serverlarning klient tomonidan belgilangan ma'lumotlarni taqsimlashga qaratilgan. NFS tizmi Unix, Dos, Windows, VMS, Linux va boshqa bir qator tizimlarda ishlaydi. Fayllarning fizik jihatdan qayerda joylashgani NFS ning foydalanuvchisiga hech qanday ta'sir qilmaydi. Quyida NFS tizimida, klient va server o'rtasida potok almashish jarayoni keltirilgan (5.5-rasm).
    NFS klient qismini sozlash. Bunda biz NFS ning klient qismini o'rnatib, ajratilgan katalog ierarxiyasini montirlaymiz. Dastlab quyidagi paketlarni o'rnatib olishimiz kerak bo'ladi.
    nfs-utils
     system-config-nf
    RHEL tizimida fayllarni ishonchli himoyalash uchun portmap utilitasi kerak bo'ladi. Fedorada bu funksiyasni rpcbind utilitasi bajaradi
    Ajratilgan katalog ierarxiyasini montirlash. Ajratilgan kataloglar ierarxiyasini montirlashda quyida misol tarzda tushintirib o'tamiz. Bizga /home katalogni /speedy.home ga, /export/progs katalogni /apps ga va /export/oracle katalogini /oracle kataloglariga montirlashimiz talab etilsin. Birinchi navbatda ushbu kataloglarni yaratib olamiz. Katalog yaratish komandasi mkdir foydalanib katalog yaratib olamiz.
    #mkdir /speedy.home /apps /oracle
    Biz har qanday katalogni export katalog ierarxiyasidan montirlashimiz mumkin. Ushbu misolimizda speedy /export katalogini export qladi va /export/progs va /export/oracle kataloglarini montirlaydi.
    #mount speedy:/home /speedy.home
    #mount -o ro,nosuid speedy:/export/progs /apps
    #mount -o ro speedy:/export/oracle /oracle
    Odatiy holatda kataloglar ierarxiyasi montirlashda o'qish-yozish (read-write) huquqi bilan montirlaydi. Birinchi qatordagi keltirilgan komandada speedy /homekatalog ierarxiyasini lokal katalog /speedy.homega montirlaydi. Ikkinchi va uchinchi qatorda keltirilgan komandada -o ro funksiyasi faqat o'qish (readonly) huquqi bilan montirlaydi. nosuid funksiyasi bajariladigan (executable) huquqi bilan montirlab beradi
    NFS ni server qismini sozlash. Birinchi mavbatda NFS server qismini o'rnatib olishimiz kerak bo'ladi. O'rnatish uchun quyidagilarni ketma-ket bajarib boramiz.
    Quyidagi paketlarni o'rnatib olamiz.
     nfs-utils
    system-config- nfs
    Tizim ko'pfoydalanuvchili rejimga o'tganida NFS chaqirib ishaltish uchun chkconfig ni ishga tushirib qo'yishimiz kerak.
    # /sbin/chkconfig nfs on
    NFS ni ishga tushirish:
    # /sbin/service nfs star
    NFS serverini system-config-nfs komandasi yordamida sozlash. NFS serveri sozlanmalari oynasini ochish uchun system-config-nfs komandasini bajargan holda yoki asosiy menyudan System/Administration/Server settings/NFS ni tanlab ochish mumkin (5.6-rasm).
    Ushbu oyna orqali NFS serveridagi barcha sozlanmalarni sozlash hamda /etc/export faylini generatsiya qlish mumkin. system-config-nfs utilitasi NFS orqali qaysi kataloglar umumiy va qaysilarini umumiy foydalanishga qo'yish kerakligini ta'minlab beradi. Har bir export ierarxiyasi resurs deb ataladi. Resurslarni umumiy foydalanishga qo'yish uchun qurilmalar panelida Add tugmasini bosib resursni ko'rsatib o'tamiz. Agar resursni o'zgartirmoqchi bo'lsak, o'zgartirilmoqchi bo'lgan resurs tanlanib qurilmalar panelidan Properties tugmasini bosib o'zgartiramiz
    NFS ning resurslar oynasi uchta qismdan iborat. Asosiy, umumiy va foydalanuvchilar ruxsatidan iborat (5.7-rasm). Asosiy oynada umumiy foydalanishga qo'yilishi kerak bo'lgan resurs ildiz katalogi ko'rsatiladi, undan keyin foydalanishi mimkin bo'lgan foydalanuvchilar host nomi yoki IP adresi yoziladi va umumiy foydalanishga qo'yilgan resursga nisbatan qanday huquq borligi ko'rsatiladi.
    /etc/exports: eksport qlinuvchi kataloglar ierarxiyasi. /etc/exports faylida NFS klient tomonidan montirlandigan kataloglar ierarxiyasi ro'yhati keltiriladi, bu fayl NFS serverini sozlashni amalga oshiradigan yagona fayl hisoblanadi. Export fayli quyidagi aspektlarni nazorat qladi:
     qaysi klient serverdagi fayllarga murojat qlishi mumkinligi;
     serverdagi qaysi katalog ierarxiyasiga, har bir klient murojat qlishi mumkinligi;
     qanday holatda har bir klient har bir katalog ierarxiyasiga murojat qlishi mumkinligi;
     qanday tarzda foydalanuvchilarning nomi serverda tasvirlanishi;
     NFS ning boshqa parametrlari
    Quyida har bir qatorning export faylida ko'rinishi tasvirlangan.
    export-point client1 (option )[client2 (option)...]
    export-point da export qlinayotgan katalog ierarxiyasi ildiz katalogi yo'li ko'rsatiladi, client -n da bir yoki bir nechta yoki bir qancha klientlarning nomi yoki IP addresi keltiriladi, ular bo'sh joy (spaces) bilan ajratilib ko'rsatiladi. systemconfig-nfs komandasi yordamida ham export qlinadigan kataloglar ierarxiyasini taxrirlash mumkin. Quyidagi misolda exports faylda, grapening /home katalogi ichidagi faylga nisbatan o'qish yozish (read and write) huquqi berilganligi, speedy ga faqat o'qish (readonly) huquqi berilganligi ifodalangan.
    # cat /etc/exports
    /home grape(rw,no_subtree_check)
    /home speedy(ro,no_subtree_check)
    Biz faylga nisbatan huquqni faqat tizimdagi bir foydalanuchiga IP adresini ko'rsatgan holda ham oshirish mumkin.
    # cat /etc/exports
    /home grape(rw,sync) 192.168.0.22(rw,sync)
    Umumiy qo'shimcha komandalar
    auth_nlm (no_auth_nlm) or secure_locks (insecure_locks) - Serverdan doimiy bo'ladigan cheklab qo'yish so'rovlarni autentifikatsiya qlishni talab etadi. mountpoint - montirlangan kataloglarni export qlishga ruxsat beradi.
    nohide (hide) - montirlanmagan katalogni ko'rinmaydigan qlib qo'yish.
    ro (rw ) - kataloglarni faqat o'qishga ruxsat beradi.
    secure (insecure) - root foydalanuvchisi ruxsatisiz katalog ierarxiyasini montirlab bo'lmaydi.
    subtree_check (no_subtree_check) - NFS serverga fayldan foydalanishga so'rov bo'lganda, ushbu faylning export katalog ierarxiyasida mavjud yoki mavjudmasligini tekshiradi
    no_root_squash - (по умолчанию) root foydalanuvchisi klient kompyuterida serverdagi ajratilgan kataloglarga ruxsati bo'lmaydi.
    exportfs: Exportga qo'yilgan kataloglar ierarxiyasga xizmat ko'rsatish. exportfs utilitasi exportga qo'yilgan kataloglar ierarxiyasiga xizmat ko'rsatish uchun mo'ljallangan. /etc/exports faylini o'zgartirmasdan, exportfs utilitasi exportga qo'yilgan kataloglar ierarxiyasi ro'yhatiga katalog qo'shish yoki o'chirish amallarini bajaradi. exportfs komandasi quyidagi ko'rinishda ifodalanadi.
    /usr/sbin/exportfs [option] [client:dir ...]
    http://azkurs.org
    Download 12,61 Kb.
  • 1   2




    Download 12,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    nfs - Bu tarmoq fayl almashish tizimining bir qismi bo'lgan kompyuterlar uchun zarur bo'lgan tarmoq faylini almashish xizmati. nfsfs

    Download 12,61 Kb.