|
Fan: Matematika Mavzu: 50 dan 59 gacha bo`lgan sonlar. Darsning maqsadi: Ta`limiy maqsad
|
bet | 1/2 | Sana | 28.09.2023 | Hajmi | 8.62 Kb. | | #85159 |
Bog'liq Ochiq dars ishlanmasi-kompy.info Kompleks sonlar nazariyasi tayyor, 2-Amaliy, Falsafa 21-mavzulari mundarija, ABC, 8-lekciya, O’zbekiston Respublikasi pul tizimi va uning elementlari, 3-Mavzu Boshlangich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fan, MO\'M -1 new, jurnal (3), 9-sinf.kimyo test, 9-sinf.kimyo test, Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari – mobt-azkurs.org, 002-mavzu (1), 001dars
Ochiq dars ishlanmasi
Navoiy shahar 5-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi Raxmatova Yulduz Djuraqulovnaning matematika fanidan ”50 dan 59 gacha bo`lgan sonlar” mavzusidagi
OCHIQ DARS ISHLANMASI
Sana: 26.02.2016
Sinf: 1-”b”
Fan: Matematika
Mavzu: 50 dan 59 gacha bo`lgan sonlar.
Darsning maqsadi:
Ta`limiy maqsad:O`quvchilarga 50 dan 59 gacha bo`lgan sonlarni xona birliklari hamda ularni hosil qilish yo`llari haqida atroflicha tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad:O`quvchilar ongiga milliy istiqlol g`oyasini singdirish. Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Vatanga munosib farzand bo`lib kamol topishlariga hissa qo`shish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilardagi matematikaga bo`lgan qiziqishlarini rivojlantirish. O`quvchilarni matematik nutqini rivojlantirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars usuli: Noan`anaviy,guruhlarda ishlash, “Matematik estafeta”,”Hushyor bo`l”
Dars jihozi: Kompyuter, slayd, darslik va ko`rgazmalar, tarqatmalar, avtobus maketi, quyon va bo`ri rasmlari.
Darsning blok sxemasi. |
№
|
Darsning borishi
|
Vaqti
| |
1
|
Tashkiliy qism
|
6 daqiqa
| |
2
|
O`tgan mavzuni so`rash va mustahkamlash
|
10 daqiqa
| |
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
10daqiqa
| |
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
15 daqiqa
| |
5
|
O`quvchilarni baholash
|
2 daqiqa
| |
6
|
Uyga vazifa berish
|
2 daqiqa
|
Darsning blok sxemasi.
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism:
O`quvchilar bilan salomlashish. Sinf xonasining gigiyenik holatini nazorat qilish. Navbatchidan ma`lumot qabul qilish. Sinfda psixologik iqlim yaratish.
Darsimiz:
Matematika fanlar ichra shoh,
Uning sirlaridan bo`lamiz ogoh.
Maqsadimiz:
O`rgangaymiz hisob-kitob ilmini,
Matematika jumboqlarning tilsimi.
Sinfimiz shiori:
Kamol topib,halol o’sib zo’r bo’lamiz,
Bilim olib xalq yo’liga nur bo’lamiz.
Maqsad sari intilamiz,adashmaymiz,
Yurt deganning yuragiga qo’r bo’lamiz.
Sinf 3-guruhga bo`linadi:
Kamalak 2. Bilag`on 3. Yangi avlod guruhlari
Qaysi guruh o`quvchilari darsda faol bo`lsa, sayohat uchun avtobusga chiptalarni qo`lga kiritadilar.
II. O`tilgan mavzuni takrorlsh:
O`tilgan mavzu 40dan 49 gacha bo`lgan sonlar “Hushyor bo`l” ta`limiy o`yini va “Matematik estafeta ” orqali mustahkamlanadi.
|
| |