|
Fan nomi: O’qish Dars mavzusi: Maktab – oftob qo’shig’i dars maqsadi
|
Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 45 Kb. | | #155877 |
Bog'liq 1 sinf maktab oftob qoshigi mavzusid
DARS ISHLANMASI (KONSPEKT)
Dars sanasi:_____________ Sinf: ___________
Fan nomi: O’qish
Dars mavzusi: Maktab – oftob qo’shig’I
Dars maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, mavzu haqida bilim va ko’nikma hosil qilish
tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga tabiatni asrash, avaylash unga mehr-mubabbatini uyg’otish, va milliy urf-odatlarimizni o’rgatish, ajdodlarimiz merosini asrab-avaylashga o’rgatish
rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning o’qishga va yozishga, bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish, fikrlash qobiliyatini shakllantirish
Dars turi: aralash
Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash
Darsda foydalaniladigan jihozlar: rangli rasmlar, ko’rgazma, kesma harflar, darslik, tarqatma materiallar
Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli,
dono va albatta, baxtli bo’lishlari shart.
I.A. Karimov
Dars jarayoni va texnologik xaritasi
Ishning nomi
|
Bajariladigan ishning mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich
Tashkiliy qism
|
Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi
|
Suhbat
|
2 minut
|
2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash
|
O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid tushunchalar beriladi.
“Navro’z” urf-odatlarini so’rash
|
Savol-javob
|
5 minut
|
3-bosqich Yangi mavzu bayoni
|
Maktab - oftob qo’shig’ini ifodali o’qish
Mavzu ustida ishlash
Bizning maktab mavzusida suhbat o’tkazish
|
Tushuntirish, izlanish
Og’zaki savol-javob
|
25 minut
|
4-bosqich Mustahkamlash
|
She’rni zanjir usulida ifodali o’qish
Dam olish daqiqasi
|
Ifodali o’qish
|
10 minut
|
5-bosqich rag’batlantirish
|
O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi
|
|
2 minut
|
6-bosqich
Uyga vazifa
|
Maktab - oftob qo’shig’ini yod olish
|
izlanish
|
1 minut
|
Darsning borishi:
1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi
O’tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi:
- Bahorda qanday gullar ochiladi?
- Bahorda ilk bor qaysi qush uchib keladi?
- Bahorda qanday bayramlar nishonlanadi?
- Navro’z qachon bayram qilinadi?
- Navro’zni odamlar qanday nishonlaydilar?
Takrorlash orqali o’quvchilar bilimini mustahkamlash.
3. Yangi mavzuni tushuntirish
O’quvchilar diqqati doskaga jalb qilinadi. Yangi mavzu e’lon qilinadi.
She’r ifodali o’qib beriladi.
Maktab - oftob qo’shig’I Quddus Muhammadiy
Dunyoda eng sevgan joying
Qayer? – dedi.
Dedim: Maktab! Dedim: Oftob!
Sababin ayt, dedi. Dedim:
O’rgatadi ilm-u odob.
Ota-onam sevar meni,
Qarog’im, quvonchim, deb
O’qituvchim sevar meni,
O’quvchim, a’lochim, deb.
Dunyoda eng sevgan joying
Qayer? – dedi.
Dedim: Maktab! Dedim: Oftob!
V.Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
- Siz qaysi maktabda ta’lim olyapsiz?
- Maktabda nimalarni o’rgandingiz?
- Maktabga kelishni yoqtirasizmi?
- Maktab dargohiga kelishingizdan maqsadingiz nima?
V. O’quvchilarni darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiriladi.
Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganing.
She’rni yod oling
|
| |