|
Jarayonni boshqarish tizim osti asosiy tushunchalari
|
bet | 2/6 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 11,33 Kb. | | #228176 |
Bog'liq Fan Operatsion tizimlar 9-maruza. Operatsion tizimda jarayonlar
Multidasturli operatsion tizimlar bir vaqtda bir nechta jarayonlarni bajarishi mumkin.
Jarayonlar ko‘pincha foydalanuvchi tashabbusi va uning ilovalari bo‘yicha paydo bo‘lishi mumkin, va bu foydalanuvchi jarayoni deyiladi.
O‘zining funksiyalarini bajarish uchun operatsion tizim tashabbusi bilan bajariladigan jarayonlar tizim jarayoni deb ataladi.
Jarayonga ajratilgan operatsion tizim tezkor xotirasi sohasi majmui, manzilli fazosi deb ataladi.
Jarayonni yaratish va yo‘q qilish (jarayon bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar tuzilishi);
Resurslarga jarayon talabi navbatini qo‘llab-quvvatlash;
Birgalikda resurslardan foydalanishga tashkil qilingan boshqa jarayonlardan joriy jarayonga ajratilgan resurslarni himoya qilish;
Ayrim jarayonlarni to‘xtalishi va yangidan paydo bo‘lishini ta’minlash;
Jarayonlaro bog‘lanish vositasini taqdim etish.
Jarayonni boshqarish bloki (Process Control Block – PCB) – bu har bir jarayon bilan bog‘liq quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan jarayonni boshqarish uchun foydalanadigan tizim ma’lumotlari tuzilishi hisoblanadi
Jarayonni boshqarish bloki
Jarayon identifikator raqami (ID si);
Jarayon holati;
Buyruq hisoblagichining joriy qiymati (jarayonni bajarilishini davom ettirishda foydalaniladi);
Protsessor registeri qiymatlari (jarayonni qayta tiklashda ham foydalaniladi);
Protsessorni rejalashtirish uchun ma’lumot (jarayon stekiga ko‘rsatgich, jarayon raqami);
Xotirani boshqarish uchun ma’lumot (jarayon xotira maydonining chegaralari);
Resurslar (jarayon bajarilishi uchun ajratilgan);
Hisob ma’lumotlari (e’lon qilingan ijro vaqtidan qolgan jarayonning umumiy bajarilish vaqti, jami kiritish/chiqarish vaqti va boshqalar);
Kiritish/chiqarish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ochiq fayllar ro‘yhati).
|
| |