|
Optik aloqaning afzalliklari
|
bet | 2/7 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #242897 |
Optik aloqaning afzalliklari
Istalgan aloqa tizimining asosiy vazifasi axborotlarni bir punktdan boshqasiga uzatishdan iborat. Optik to‘lqin va signallar yordamida axborotlarni m a’lum m asofalarga uzatishga m o‘ljallangan, boshqacha aytganda, optik signallarni shakllantirish, qayta ishlash va uzatishni ta'minlovchi optik qurilmalar va optik uzatish liniyasi yig‘indisiga optik aloqa tizimi (OAT) deb ataladi. Optik aloqa tizimlarida axborotlarni uzatish mos keluvchi axborot signallari bilan modulyatsiyalangan elektromagnit tebranishlar, yorug‘lik nuri yordamida amalga oshiriladi, ya’ni yorug‘lik nuri o‘zida elektromagnit tebranishlarni namoyon etadi. Elektromagnit tebranishlar esa o‘zida o‘zgaruvchan magnit va elektr maydonlarni namoyon etadi, bu maydonlarning tarqahsh yo‘nalishi bir-biriga perpendikulyar. Odatda, elektromagnit maydon sinusoidal egri chiziq sifatida tasvirlanadi (1.1-rasm) [2]. Yorug‘lik nurlanishlari chastota yoki to ‘lqin uzunligi biian tavsiflanadi. Chastota bir sekundda sinusoidal tebranishlar soni
bilan aniqlanadi va gersda (Hz) o ‘lchanadi. To‘lqin uzunligi — ikki ketma-ket to‘lqinlarning nuqtalari orasidagi masofa (yoki to‘lqin bir sikl tebranishda o‘tadigan masofa). To‘lqin uzunligi va chastota o‘zaro bogTiq. ToTqin uzunligi (X) toTqin tezligini (5) uning chastotasi (/) ga nisbatiga tenng
Demak, chastota qancha ortsa, toTqin uzunligi shuncha qisqa boTadi. Aloqa tizimlari ko‘pincha elektromagnit tebranishlar va tashuvchi chastota signallari egallagan diapazon bilan tasniflanadi (1.2-rasm). Spektral diapazonga mos holda radiodiapazon, o ‘ta yuqori chastota, millimetrli va optik diapazon tizimlari farqlanadi. Optik aloqa tizimlarida tashuvchi chastota tebranishlari spektrning optik diapazonini egallaydi. Optik diapazon 5 THz (100 mm)dan boshlanib, unga infraqizil, ko‘rinuvchi va ultrabinafsha diapazonlar kiradi. Bu diapazonlar yuqori chastota va qisqa toTqin uzunligiga ega. Infraqizil diapazon 3 1 0 12 dan 4-1014 Hz doirasida joylashib, 100 — 0,75 mkm toTqin uzunligiga mos keladi. Ko‘rinuvchi spektr 4 1 0 14 dan 0,751015 Hz (0,75 — 0,4 mkm) sohani egallaydi. Demak, inson ko‘zi 0,4 - 0,75 mkm spektrdagi nurlarga sezgir. Quyosh spektri 0,3 dan 1,5 mkm diapazonda joylashadi. Ultrabinafsha diapazon juda kichik toTqin uzunliklariga ega. Ko'pincha optik aloqa tizimlarida toTqin uzunligi 0,8—1,5 mkm oraliqli infraqizil diapazon qoTlaniladi, chunki shisha tola ko‘rinuvchi yorugTikka nisbatan infraqizil nurlanishlarga shaffofroq. YorugTik zarrachalari fotonlar deyiladi. Foton kvant yoki nurlanishni namoyon etadi. Kvant nurlanishning elementar birhgi hisoblanadi. Foton energiyasi uning chastotasiga bogTiq. Chastota ortgan sari energiya ortadi. Ultrabinafsha diapazonga yuqori chastota va bunga bogTiq holda yuqori energiya mos keladi. Bir foton energiyasi:
|
| |