• Optik tola va uning tuzilishi
  • Optik aloqa tizimlarining tuzilish prinsiplari




    Download 0,53 Mb.
    bet5/7
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #242897
    1   2   3   4   5   6   7
    Optik aloqa tizimlarining tuzilish prinsiplari
    OAT da axborotlami yorug‘lik, ya’ni optik signallar ko'rinishida uzatish va qayta ishlash amalga oshiriladi. OAT uchun yorug‘lik nurlanishi va to'lqin uzunligi turini tanlash uzatilayotgan axborot xarakteri, shuningdek, nurlanish hosil qilish imkoniyatlari, undan signal shakllanishi, yorug‘lik to‘lqinini uzatish va qayta ishlash va nihoyat, axborotga ega signalni qabul qilishga bog'liq. OATning umumlashgan tuzilish sxemasi keltirilgan. Sxema OAT ning turlari TOAT va OOAT ga xos standart qurilma (element)lardan tashkil topgan. Uzatishdagi KHQU, MvQ, OUz va qabul qihshdagi KHQU, MvQ, OQq mos ravishda uzatish va qabul qilish traktlarini tashkil etadi. Oraliq stansiyalarda OR o‘matiladi. Tolali optik hniya traktiga OUz, OUM, OR, OQq kiradi. OATning umumlashgan tuzilish sxemasi tarkibiga quyidagi texnik vositalar kiradi: 1) uzatish traktining kanal hosil qhuvchi uskunasi (KHQU), u standart o'tkazish polosali yoki uzatish tezlikli aniq tipli kanallar yoki tipli gumhh traktlar sonining shakllanishini ta'minlaydi; 2) traktning muvofiqlashtiruvchi qurhmasi (MvQ), u KHQU chiqishidagi ko‘p kanalli signal parametrlarini optik uzatkich parametrlari bilan muvofiqlashtirish uchun zamr; 3) optik uzatkich (OUz), elektr signahni optik signalga o'zgartirishni ta’minlaydi; OUz tarkibiga quyidagilar kiradi:

    Optik tola va uning tuzilishi
    Tolali optik aloqa tizimida optik tebranishlarning tarqalishini chegaralovchi va yorug‘lik energiyasi oqimini berilgan yo'nalishda yo'naltiruvchi, uzatish va qabul qilish traktlarini bog'lab turuvchi m uhit optik yorug'lik uzatkichlar deyiladi. Optik yorug‘lik uzatkichlarning tavsiflari qisman aloqa tizimining sifatini aniqlaydi. Shuning uchun TOATni loyihalashtirishda nurlanish tarqaladigan uzatuvchi muhit — optik yorug‘lik uzatkichlarning tavsiflarini hisobga ohsh kerak. TOATda maxsus optik yorug‘lik uzatkichlar — optik tolalar (OT) qo'llaniladi. Kichik so‘nish koeffitsiyentiga ega bo‘lgan optik yorug‘lik uzatkichlar asosida optik signallarni uzoq masofalarga uzatishni ta’minlovchi optik kabellar yaratilgan. Yorug‘lik uzatuvchi optik tolalar o‘zak va qobiqdan iborat bo‘ladi. Ular qiymat bo‘yicha bir-biriga yaqin turli sindirish ko‘rsatkichlariga ega. 0 ‘zak uzatuvchi muhit, qobiq esa o‘zi va o‘zak orasida chegara hosil qiluvchi sifatida ishlatiladi. Bu chegara yorug‘likni yo‘naltiruvchi fizik kanalni shakllantirib, u orqali uzatilgan signalning tashuvchisi yorug‘lik nuri tarqaladi. Yorug‘lik nurining faqatgina o‘zak bo‘ylab tarqahshini ta’minlash uchun (2.1-rasm) quyidagi shart bajarilishi kerak: n,>n2>n3>n0, bunda: rij — o‘zakning sindirish ko‘rsatkichi; n2, n3 — qobiqlarning sindirish ko‘rsatkichlari; n0 — tashqi muhitning sindirish ko‘rsatkichi

    Optik yorug'lik uzatkichlarning sindirish ko‘rsatkichi: n = ^ e ~ jx , bunda e-fi — mos ravishda nisbiy dielektrik va m agnit o‘tkazuvchanlik. Yoki sindirish ko‘rsatkichi n, yorug‘likning vakuumdagi tezligini (c) materialdagi yorug‘lik tezligiga (cm) nisbati orqali ifodalanadi: n — c/c . Har xil moddalardan yorug‘lik turli tezliklarda tarqaladi. 2.1- jadvalda turli moddalarning sindirish ko'rsatkichlari va yorug‘likning tarqalish tezliklari keltirilgan 2.2-rasmda OTning tarkibiy qismlari tasvirlangan. OT uchun asosiy material juda toza va tiniq kvars shishasi, kremniy ikki oksidi (S i02) hisoblanadi. Agar dengiz suvi shunchalik tiniq boTsa, u holda Tinch okeanida joylashgan 33,177 futli Mariana cho‘kmasining eng chuqur joyini ko‘rish mumkin boTardi . 0 ‘zak va qobiqning kerakli sindirish ko‘rsatkichlarini olish uchun kvars shishasiga qo‘shimchalar qo‘shiladi. Masalan; germaniy va fosfor sindirish ko‘rsatkichini oshiradi, bor va ftor esa aksincha uni kamaytiradi. Tolaning qo‘shimcha qobiqlari himoya qobig'i hisoblanadi. 2.2-rasmda optik tolaning tuzilishi ko‘rsatilgan . Tashqi plastik qoplama optik tolaning xususiyatlariga ta'sir etuvchi mexanik va atrof-muhit ta’sirlaridan uni himoya qiladi.



    Download 0,53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Optik aloqa tizimlarining tuzilish prinsiplari

    Download 0,53 Mb.