• Fanlarni o’qitish jarayonida ta’lim texnologiyalarini tadbiq etish”
  • Kashfiyor usuli.”
  • Matbuot anjumani usuli”.
  • Tanqidiy tafakkur” uslubi.
  • Rolli o’yinda” uslubi.
  • Nuqtai nazaring bo’lsin.
  • Zahiriddin Muhammad Bobur
  • Foydalanilgan adabiyotlar.
  • Fanlarni o’qitish jarayonida ta’lim texnologiyalarini tadbiq etish”




    Download 39 Kb.
    bet1/3
    Sana10.04.2017
    Hajmi39 Kb.
    #4329
      1   2   3

    d:\chinoroy\мусика\копия рисунок41.jpg

    O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi

    Navoiy viloyati Navbahor tumani XTMFMTTEBga

    qarashli 4-umumiy o’rta ta’lim maktabi

    ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

    Yuldashova Nigoraning

    Fanlarni o’qitish jarayonida ta’lim texnologiyalarini tadbiq etish”

    mavzusida tayyorlagan metodik tavsiyasi



    d:\chinoroy\мусика\копия рисунок41.jpg

    Mavzu: Fanlarni o’qitish jarayonida ta’lim texnologiyalarini tadbiq etish.
    Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)
    Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
    Xalq - bu odamlar jamoasi boʻlib, ularning tili, madaniyati, sanʼati, dini boshqa jihatlarini birgalikda aks ettiradi. Xalq tushunchasi keng boʻlib jihatlari bilan birlashtiriladigan odamlar yigʻindisiga aytiladi.

    Reja:


    1. O’quv jarayonini boshqarishda interfaol uslublar va yangi pedogogik texnologiyalarning ahamiyati.

    2. Sog’lom avlod ma’naviyatini kamol toptirishda ona tili va adabiyot fanlarining o’rni.

    3. Yangi texnologiya asosida dars o’tish jarayonida o’quvchilarda milliy o’zlikni anglash hissini tarbiyalash.

    Har qaysi inson buyuk kuch sohibidir.

    Faqat uni uyg’ota bilish kerak.

    (I.Karimov)

    O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” Qonuni va “Kadrlash tayyorlash Milliy dasturi” butun ta’lim tizimini tubdan isloh qilish tamoyillari va strategik yo’nalishlarini belgilab berar ekan, asosiy islohot jarayonlarida muhim tamoyillaridan biri sifatida e’tirof etilgan tomonga e’tiborimizni qaratsak: Ta’limni demokratlashtirish – o’quv yurtlariga ta’lim-tarbiya metodlarini tanlashda erkinlik berish, shaxs manfaatlari ustivor bo’lgan ta’limni boshqarishning ijtimoiy-davlat tizimiga o’tishi, shuningdek, ta’lim bosqichlarining o’zaro bog’liqligi va izchilligi, shaxsning talab va qobiliyatlariga mos ta’lim shakllari, ta’lim-tarbiya jarayonini differentsiyatsiyalashtirish va individuallashtirish kabi jihatkarni nazarda tutadi. Demak, o’z – o’zidan ko’rinib turibdiki, bugungi ta’lim tizimini isloh etishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

    Pedagogik texnologiya o’quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriyadir.

    Interfaol degani bu – o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro hamkorligi asosida dars samadorligini oshirish, o’quvchilarda mustaqil fikrlash, fikr-mulohaza yuritish, munosabat bildirish, ko’nikmasini shakllantirish demakdir.

    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
    Bu usulda o’quvchi o’zifaol ishtirok etgan holda , yakka, juftlikda, guruhlarda muammo va savollarga javobtopishga harakat qiladi, fikrlaydi, baholaydi, yozadi, so’zga chiqadi, dalil hamda asoslar orqali qo’yilgan masalani yoritib berishga harakat qiladi. Bu esa o’quvchilarning xotirasida uzoq saqlanadi. Yangi mavzu o’zlashtirishda tanqidiy tahliliy yondosha oladi. O’qituvchi faqat fasilitator (yo’l yoriq ko’rsatuvchi, tashkil qiluvchi, kuzatuvchi) vazifasini bajaradi.

    Ilg’or pedagogik texnologiyalarning juda ko’p usullari mavjud. Bu usullardan o’quvchining yoshi, psixologik xususiyati, bilim darajasiga qarab foydalanish mumkin. V-VI-VII sinflarda “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Sinkveyn”, “B.B.B usuli”, “Menga oxirgi so’zni bering”, “Test usullaridan” foydalanish yuqori samara beradi. Yuqori sinflarda ushbu usullar bilan birga “Tanqidiy tafakkur”, “debatlar”,”Nuqtai nazar bo’lsin”, “Har kim har kimga o’rgatadi”,” Kubiklar”, “Insert” usullaridan o’rinli foydalanish dars sifatining yuqori bo’lishi bilan birga, o’quvchilarning shaxs sifatida shakllanishida, har qanday sharoitda ham o’z nuqtai nazariga ega bo’lgan, erkin fikrlovchi inson bo’lishda katta yordam beradi.

    II. Zamonaviy ta’lim tizimida bugungi kunda yangi qo’llanilayotgan pedagogic texnologiyalar to’g’risida t’xtalib o’tadigan bo’lsak, bugun ularga biz “Tanqidiy fikr”, “Debatlar”, “Masofadanboshqarib o’qitish, dars jarayonida axborot va kommunikatsion texnologiyalarni qo’llash kabi bir necha usullarni kiritish mumkin. Bu usullarning barchasi hozirgi ta’lim jarayonida interfaol metodlar deb nom olgan. Bu metodlarga ko’ra o’qituvchi o’quvchiga

    1. “chaqiriq” yuboradi, yani savollar, replika tashlanadi;

    2. tashlangan savol va replika jarayoni o’quvchi tomonidan fikrda qayta ishlanadi ;

    3.mushohada va mulohazalar bildiriladi. Asosiy jihat o’quvchini ko’proq ishlashga qaratiladi.

    O’zbek xalqining boy ma’naviy merosi tarixi uzoq asrlarga borib taqalib, bizning davrimizgacha qancha doonlar, to’siqlardan o’tib, bo’ronlarga dosh berib keldi. Har qanday davr, har qanday sharoitda ham xalqimiz tarixiy va madaniy merosini, milliy o’ziga xosligini sabot bilan saqlab qola oldi.

    Istiqlol tufayli qo’lga kiritilgan eng katta ma’naviy yutug’imiz bu–o’zligimizni anglab olganimiz,tilimiz, dinimiz, mafkuramiz, milliy qadriyatlarga munosabatimizning yangilanganligi bo’ldi.

    Holbuki, 74 yil davomida ma’naviy qashshoqlasha boshlagan, faqat buyruq mahtal, yuqorining ko’rsatmasi, chizgan chizig’idan chiqa olmaydigan, “qosh

    qo’y desa ko’z chiqaradigan” butun boshli avlodning shakllanganligi hech kimga sir emas.

    Hatto milliy adabiyotimiz ham o’zimizga buyurmadi. Sotsialistik realism atalmish soxta ijodiy metodning markazdan turib buyruq berishi natijasida badiiy asarlar ham buyurtma bilan yaratilgan asarlarga maxsus tavsiyanomalar orqali mavzu tanlandi.

    Vaholanki, Abdulla Qahho aytganidek: “Adabiyot ko’ngil ishi, ilhom samarasi. Tuyg’usiz, ilxomsiz yozilgan asarlar changlanmagan gulag o’xshaydi – meva tugmaydi”.

    Prezidentimiz I.A. Karimov ham “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida” nomli asarida: “ Biron – bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaymiz”, - deb buyuk so’z san’atkorining fikriga hamohang mazmunni, chuqur falsafiy fikrni aytgan edilar. Chunki yuksak istiqbolli davlatni yuksak ma’naviyatli avlod - zamonamiz yoshlari yarata oladilar. Ma’naviy barkamol avlod tarbiyasini esa adabiyotsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.

    Ba’zan qishloq maktabi haqida gap ketganda o’quvchilarning badiiy asarlarni yetarlicha o’qimasliklari, shu tufayli paydo bo’layotgan muammolar, yechimini topishi kerak bo’lgan ko’plab masalalar borligi haqida fikrlar bildiriladi, bahslar kelib chiqadi. To’g’ri, qishloq maktabi kutubxonalarida kitoblar zahirasi kam, yangi adabiyotlar bilan uzluksiz to’ldirish imkoniyati yo’q, bori ham hiyla eskirgan, ayrimlari foydalanishga yaroqsiz ahvoldaligi hech kimga sir emas. Lekin bu biz – qishloq muallimlari zimmasidan sog’lom avlodga yuksak ma’naviyat tarbiya berish majburiyatini soqit qila olmaydi.

    Men darslarimda quyidagi usullardan foydalanaman:

    Kashfiyor usuli.”

    Bu usulni ko’pincha adabiyot darslarida qo’llash mumkin. Bu usulda o’quvchilar tomonidan yozuvchi yoki shoirning yangi qirralari kashf qilinadi.

    8-sinfda men iste’dodli shoirimiz Muhammad Yusufning hayoti va ijodini “Kashfiyot usuli”da quyidagicha talqin etdim:

    Dars rejasi


    1. Xalq ardoqlagan shoir.

    2. Rimni alishmasman bedapoyangga.(Shoir qalamida Vatan madhi)

    3. Savol bizdan – javob sizdan (Shoir ijodi yuzasidan tezkor savollar).

    4. Qo’shiqlarga jo bo’lgan hayot.

    5. Yulduzlar mangu yonadi.

    Matbuot anjumani usuli”.

    Ushbu usulni men 7-sinflardagi Abdulla Qahhor hayoti va ijodi mavzusida qo’lladim.

    Dars rejasi


    1. Adabiyot adab demakdir.

    2. Muharrirlar savol beganda.

    3. Zukkolar bellashganda.

    • Bilimlarni sinaganda test

    • Men kichik journalist.

    • Atamalar o’yini.

    • Davom ettir o’yini.

    • O’yla, izla, top!

    1. Yozuvchi izdoshlari.

    Birinchi rejada adabiyotni odob-axloq haqidagi fan ekanligi o’quvchilar tomonidan aytiladi. Ikkinchi rejada o’quvchilar yani gazeta muharrirlario’tilayotgan mavzuni qamrab olgan savollarni Guruh a’zolariga beradi. Uchinchi rejada “Suxandon” va “Jurnalist” guruhlari o’zaro bellashadi. To’rtinchi rejada yozuvchi izdoshlari bo’lgan o’quvchilar o’zlari yozgan hikoyalar yuzasidan bahs munozara yuritadi.

    Tanqidiy tafakkur” uslubi.



    1. Aniq – raso belgilab qo’yilgan vaqtda o’quvchilar ko’rsatilgan topshiriq yoki chalkash masaladagi rollarni ijro etishlari lozim.

    2. Rol o’ynalishi natijalariga ko’ra o’yin muhokamasi va baholanishi amalga oshiriladi. Ishtirokchilar kuzatuvchilar o’yin paytida sodir bo’lganlarni tahlil qilib chiqish va muhokama qilish imkoniyatiga ega bo’lishi lozim.

    Bunda quyidagi savollarni berish mumkin:

    • Rolli o’yin o’tkazilayotganda qanday natijalarga erishildi?

    • Qaysi muammo tilga olindi, u o’z yechimini topdimi?

    • Bordi-yu o’yin shartlari o’zgartirilsa, natijalar qanday bo’lardi?

    Rolli o’yinda” uslubi.

    1. “Rolli o’yin”ni o’tkazish uchun belgilangan vaqt reglamentiga aniq-raso rioya etilishi lozim.

    2. Rolli o’yinda ishtirok etayotgan o’quvchilar kuzatuvchilar sifatida ishga solinishi yoki yordamchi rollarni (masalan, bayonnoma yozib boruvchi) ijro etishi lozim.

    3. O’yin muhokamasi paytida o’quvchilar aytgan fikrlar boshqa nuqtai nazarda bo’lgan o’quvchilar tomonidan nazarda turilgan reglament doirasida asosli tanqidga yoki muhokamaga tortilishi mumkin.

    4. Zarur bo’lib qolgan taqdirda bayon etilgan fikrga tuzatishlar kiritish kerakki, bu narsa g’oya yoki fikrga aniq raso va qisqacha ifodalash imkonini beradi.

    Nuqtai nazaring bo’lsin.

    Uslub maqsadi:

    - o’quvchilar muayyan muammoga o’z nuqtai nazarini asosli dalilab himoya qilishga o’rganadilar;

    - o’quvchiga muammo muhokamasi jarayonida o’z fikrini o’zgartirish imkonini beradi;

    - o’qituvchi barcha o’quvchilarni munozaraga jalb etishi va sinfdagi hamma o’quvchilar o’rtasida munozara jonlanishini yuzaga keltirishi mumkin.

    “Nuqtai nazaring bo’lsin” uslubi o’quvchilar o’rtasida munozara yuzaga kelishi va ular munozara jarayonida o’z fikrlarini o’z sinfdoshlaridan ularning nuqtainazarini o’zgartirishga ishontiradigan g’oyalarni eshitib o’zgartirish yoki avvalgisini mustahkamlash imkonini berish maqsadida qo’llaniladi.

    O’quvchilar shuningdek, maktab,mintaqa, respublika va jumla insoniyat uchun xarakterda bo’lgan eng dolzarb muammolarga o’z nuqtai nazarlarini asosli dalillash va himoya qilishga o’rganadilar.

    O’quvchi ochiqdan – ochiq savollar uslubi bilan odatda dars jarayonida faol bo’lmagan o’quvchilarni munozarada ishtirok etishga majbur qiladi.

    Mashqni o’tkazish uslubiyati:


    1. Tayyorgarlik: o’qituvchi sinfning to’rt burchagiga ma’lum ochiq makoniga to’rtta tablichka osib qo’yadi.

    2. Sinf o’lchami yoki o’quvchilar soniga bog’liq holda 6 yoki 8 ko’ngillini chaqiradi. Bordi-yu, o’yinda sinf o’quvchilarining bir qismiishtirok etsa, unda qolganlari o’z joylarida o’tiraveradi.

    3. O’yin paytida band bo’lishi uchun ishtirok etmayotgan o’quvchilarga ham topshiriq berish zarur.

    III Istiqlol sharofati bilanta’lim tizimida ham sifat jihatdan katta o’zgarishlar bo’lganihammamizga ma’lum. O’tgan o’n yil davomida “Ta’lim to’g’risi”dagi qonun, “Milliy dastur”ning qabul qilinganligi, umumiy o’rta ta’limning davlat standarti va yangi o’quv dasturining ishlab chiqilganligi mustaqillik odimlarining qanchalik ulug’vor quloch yoyganidan darak beradi. Umumiy o’rta ta’limni adabiy ta’limsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Adabiy ta’limni samarali o’rgatish esa mumtoz adabiyot bilan chambarchas bog’liq. Mumtoz adabiyot – milliy o’zlikni anglash vositasi, milliy qadriyatlar iftixor tuyg’usini singdiruvchi, o’quvchilarda yuksak ma’naviyxislatlarni shakllantiruvchi noyob chashma, uning zilol suvlaridan simirgan kishi ezgulik sari yo’lga otlanadi, yomonlik va gunohlardan uzoqlashadi.
    Suv Suv, vodorod oksid, H2O - vodorod (11,19%) va kislorod (88,81%)dan iborat eng sodda kimyoviy birikma. S. rangsiz, hidsiz suyuqlik (qalin qatlamda zangori rangli). Mol. m. 18,0160. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va obxavoning shakllanishida S.

    Mumtoz adabiyotning gultojisi Alisher Navoiy. She’riyat mulkining sultoni, buyuk insonparvar mutafakkir, davlat va jamoat arbobi hazrat Navoiy ijodi asrlar qa’rida chaqnagan yulduz bo’lib she’riyat osmonid mangu porlayveradi. Alisher NAvoiyni anglash va his qilish o’zbek xalqining tarixini, madaniyatini, qalbi ehtiyojlarini, o’zligini anglash va his etish demakdir. Uning beqiyos ijodi hamisha nur yanglig’ ko’ngillarga yorug’lik baxsh etaveradi, ruhiyatga poklanish olib kiradi. Shunday ekan Navoiy ijodini o’rganish har bir o’zbek farzandi uchun ham qarz, ham farzdir.

    Buning uchun o’qituvchi Alisher Navoiy ijodiga ajratilgan darslarni rang-barang usulda tashkil etish lozim. Shundagina o’quvchini Alisher Navoiy adabiy merosining rangin olamiga olib kirishi va u olam silaridan voqif etishi mumkin. Mustaqil ishlashga yo’naltirilgan mashg’ulotlarni quyidagicha tashkil etish maqsadga muvofiqdir:


    • Qo’shimcha adabiyotlardan foydalanish;

    • Lug’at bilan ishlash;

    • Didaktik materiallardan foydalanish;

    • Qiroat san’atini qo’llash;

    • Topqirlar va zukkolar musobaqasi;

    • Bahru bayt;

    • Noan’anaviy darslar(teatrlashgan, nazm, tahlil, konferensiya, seminar);

    • Ijodiy matn yaratish;

    • Navoiy ijodi yuzasidan ilmiy maqolalar tayyorlash;
      Maqola -publitsistik janr. M.da ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, il-gor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xoʻjaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi.


    Agar maktab dasturidagi Navoiy ijodiga ajratilgan soatlardan o’rinli foydalanilsa, yuqorida qayd etilgan tavsiyalar asosida darslar tashkil etilsa, yosh avlodning mumtoz adabiyotga qiziqishi uni muntazam organib borishi milliy o’zlikni anglash Davlat ta’lim standartiningtadbiq eta borishi, milliy o’zlikni anglashhatti-harakatiga ma’suliyatni oshirishga vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Buyuk shoir nomi blan ataluvchi bizning viloyatimizda ham Alisher Navoiydek ulug’ dahoning boy ma’naviy olami, minglarga ibrat bo’ladigan hayot yo’li va ijodidan zavq olib istiqlol davri farzandlarini buyuk ajdodi orzu qilgan komil insonlar qilib tarbiyalashga o’zlarining munosib hissalarini qo’shayotgan ijodkor o’qituvchilar anchagina topiladi. Ular o’z sohasining fidoiylari, kasbining bilimdonlari, o’quvchi ma’naviy olamiga ziyo taratuvchi ustozlardir.

    O’quvchilarda milliy o’zlikni anglashda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

    Bobur (taxallusi; toʻliq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon 1530.26.12, Agra) - oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda.
    Chunki, shoir o’z ijodida Vatan madhi, uning qadr-qiymati, Vatan sajdagoh kabimuqaddas ekanligi haqida kuylab o’tadi. Bobu hayoti va ijodini o’rganish uchun adabiyot darslarida sahna ko’rinishi usullaridan foydalansak, vatan sog’inchi uning har bir qarich turpog’i inson uchun bitmas, tuganmas gavhar ekanligini o’quvchilar ongiga singdira bilishimiz mumkin.



    Uzluksiz ta’lim tizimining jonkuyarlari o’z ma’ruza va mashg’ulotlarida o’quvchi – yoshlarga ozodligimiz, erkinligimiz va ezgu maqsadlarimizga erishsish, jahon miqyosida o’zimizga munosib o’rin egallash, Vatanimizning istiqlolini himoyalash haqidagi bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish lozim. Chunki, o’z oldimizga qo’ygan shior maqsadlarimiz biz uchun kuch-quvvat va ruhiy boylik manbai bo’lib, ertangi kunimizning ishonchli poydevori va kafolatiga aylanmog’i muqarrar. Albatta, bunda mustaqillik tafakkuri – qudratli kuch bo’lib xizmat qiladi.

    Foydalanilgan adabiyotlar.

    1. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. Toshkent , “Sharq” nashriyoti.1998 y

    2. I. A. Karimov. “Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotini poydevori” Toshkent 1998 y

    3. Xolboy Ibragimov “Xalq ta’limi” Toshkent 1998y

    4. M. Ochilov “Yangi pedagogik texnologiyalar”. Ma’ruzalar matni. Qarshi “Nasaf” 2000y

    5. Axadova D, Ibodullayev O, Shodiyeva M “Prdagogik mahorat va pedagogik texnologiya” ma’ruzalar matni, Navoiy 2003 yil.

    6. A’zarov Ye.R. “Bolalarni sevish san’ati”. Toshkent 1992 yil.

    7. Abdullayeva Sh, Axatova D. “Pedagogik texnologiya asoslari” Navoiy 2003

    8. Jo’raboy Ikromov “Xalq ta’limi” 4-son 2002 yil

    9. Komila Usmonova “Adabiy ta’limda ilg’or pedagogik texnologiyalar” Toshkent-2004

    Download 39 Kb.
      1   2   3




    Download 39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fanlarni o’qitish jarayonida ta’lim texnologiyalarini tadbiq etish”

    Download 39 Kb.