|
-Mavzu: Gazsimon va suyuq dielektriklar
Gazsimon
|
bet | 150/156 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 27,19 Mb. | | #106725 |
Bog'liq namuna11-Mavzu: Gazsimon va suyuq dielektriklar
Gazsimon dielektriklarning Volt-amper harakteristikasi
Elektr mustahkamlikning moy tarkibidagi suv miqdoriga
bog‘liqlik grafigi
Savollar
1. Gaz holatidagi dielektriklarning elektr mustahkamligini aytib bering?
2. Azot gazi muhitida joylashgan materiallar ish mobaynida qanday o‘zgaradi?
3. Transformator moyi tarkibidagi suv transformatorning elektr mustahkamligini qanday ta’sir etadi?
4. Gaz uzluksiz yuqori kuchlanish ta’sirida bo‘lganida uning xossalari qanday o‘zgaradi?
Javoblar
1. Gaz holatidagi dielektriklarning normal atmosfera bosimidagi elektr mustahkamligi suyuq va qattiq dielektriknikiga nisbatan ancha kichikdir.
2. Azot gazi muhitida joylashgan materiallar ish mobaynida oksidlanmaydi.
3. Transformator moyi tarkibidagi juda kam (0,05%) miqdordagi suv ham uning elektr mustahkamligini keskin (5-10 barobar) tushirib yuboradi.
4. Gaz uzluksiz yuqori kuchlanish ta’sirida bo‘lganida ham eskirmaydi va o‘z xossalarini o‘zgartirmaydi.
12-Mavzu: Organik dielektriklar
TARQATMA SAVOLLAR
JAVOBLAR
Chiziqli va fazoviy polimerlarning shartli tuzilishi
Savollar
1. Makromolekula deb nimaga aytiladi?
2. Sellyuloza atsetati nimadan olinadi?
3. Olevaks moddasi nimadan olinadi?
4. Organik moddalar deb nimaga aytiladi?
Javoblar
1. Yuqori molekulyar birikmalarning yuzta, mingta va undan ko‘p atomlarning o‘zaro kovalent bog‘lanishidan vujudga kelgan molekulasi makromolekula deyiladi.
2. Sellyuloza atsetati yaxshi tozalangan paxta sellyulozasidan olinadi.
3. Olevaks-kanakunjut moyini gidrogeneratsiya qilish usuli orqali olinadigan yaxshi dielektrik xossali moddadir.
4. Tarkibida uglerod moddasi bo‘lgan birikmalar organik moddalar deb ataladi.
|
| |